b) Neoarktik biogeografik viloyatiga Shimoliy Amerika, Grenlandiya, Bermud va Amut orollari kiradi.
Neoarktik biogeografik viloyatining o'ziga xos hayvonlariga sixshox kiyik, tog' echkisi, ilvirs, muskusli qo'y, badbo'y kaltadum, yonot, daraxt jayralarini kiritsa bo'ladi. Mazkur viloyatning hayvonot olami ko'p tomondan paleoarktikanikiga o'xshash. Har ikki viloyatda ham qunduzlar, bug'ular, loslar, tulkilar, susarlar, oq ayiqlar, oq sichqonlar, oq tovushqonlar, yumronqoziqlar, silovsinlarni ko'rish mumkin.
Yevropa zubrasi, shimoliy amerikadagi bizonga, sibir bug'isi — maral amerika bug'usi — vapitaga, yevropa yovvoyi qo'yi — muflan amerika tog' qo'yiga ko'p jihatdan o'xshashdir. O'simliklari ham paleoarktik biogeografik viloyat o'simliklarini eslatadi. O'rmonlarda pixta, qoraqarag'ay, boshqa ninabargli o'simliidar, yopiq urug'lilardan eman, buk, zarang va boshqa turli oilalarga mansub o't o'simliklar tarqalgan.
c) Neotropik biogeografik viloyati Janubiy va Markaziy Amerika va Meksikaning tropik qismi, karib arxipelagidan iborat.
Mazkur viloyatda sutemizuvchilardan — gajak dumli maymun, gajak dumli ayiq, pampas mushugi, skuns, dengiz cho'chqasi, Janubiy Amerika tulkisi, tuban vakillardan — opossum, zirxlilardan — chumolixo'r, yalqov, qushlardan — kalibralar, yapaloq qush, tasqaralar, tuyaqush nandu, sudralib yuruvchilardan — alligatorlar, kaltakesak iguan, daraxtda yashovchi ilonlar uchraydi.
d) Hindomalay biogeografik viloyati Hindiston, Hindixitoy, Seylon, Yava Sumatra, Barneo, Tayvan, Filippin orollaridan tashkil topgan.
Barcha orollarda o'rmonlar nihoyatda ko'p. Faqat hindistonning g'arbiy qismi cho'l zonasidan iborat. Hayvonlar orasida odamsimon maymun — oranguton, gibbon, chala maymunlar — tupaylar, kengtovonlilar, hind fili, yo'lbars, jirafalar, bambuk ayig'i, bug'ular, antilopalar, tapir, nosaroglar, qushlardan — yovvoyi bankiv tovuqlari, qirg'ovullar, to'tilar, tovuslar, sudralib yuruvchilardan — zaharli ilonlar, har xil kaltakesaklar, timsohlar ko'zga tashlanadi. O'rmonlarda bambuk, banyan, qora daraxt va boshqa o'simliklar o'sadi.
Dostları ilə paylaş: |