1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi


e) Xabashiston biogeografik viloyati



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə71/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#82598
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   85
Evolyutsion tex xarita

e) Xabashiston biogeografik viloyati Afrikaning Markaziy Janubiy qismini, Madakaskarni egallagan.
Bu viloyatning o'ziga xos hayvonot dunyosi gorilla, shimpanze, martishkalar, lemurlar, arslonlar, fillar, begemotlar, oq va qora ikki shoxli nosaroglar, jirafalar, zebralar, giyena itlaridan iborat bo'lib, ularning aksariyati boshqa biogeografik viloyat­larda uchramaydi. Qushlardan — bulduruqlar, afrika tuyaqushlari, kotib qushlar, to'tilar, sesarkalar, nektar yig'uvchilar, sudralib yuruvchilardan — afrika timsohi, echkiemarlar, kaltakesaklar, agamalar, xameleonlar keng tarqalgan.
Afrikaning g'arbiy va tog'li joylari tropik o'rmonlar, qolgan qismi esa savannalardan iborat. Ularda baobob, qizil daraxt, palmalar, akatsiyalar, paporotniklar va daraxtlarda o'suvchi o'simliklar — epifitlar keng o'rin olgan.
f) Avstraliya biogeografik viloyatiga Avstraliyadan tashqari Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya, Polineziya, tasmaniya orollari kiradi.
Bu viloyatda boshqa biogeografik viloyatlarda uchramaydigan sutemizuvchilar sinfining tuban vakillari tuxum qo'yib ko'payuvchi — o'rdakburun, yexidna, qopchiqli hayvonlardan — kenguru, qopchiqli krot, qopchiqli tiyin, qopchiqli bo'ri, qopchiqli ayiq tarqalgan.
Yo'ldoshli sutemizuvchilar nihoyatda kam. Ular sichqonsimon kemiruvchilar, ko'rshapalaklar, dingo itidan iborat bo'lib, keyingi ikki hayvon turi o'zga qit'alardan o'tgan deb taxmin qilinadi. Avstraliyadagi nihoyatda rang-barang qushlardan — jannat qushlari, kapachi qushlar, lira qushi, qanotsiz kivikivi, tuyaqushlardan — yirik gavdali emu tarqalgan. Sudralib yuruvchilardan tuzilishi jihatdan paleozoy erasidagi sudralib yuruvchilarga nihoyatda o'xshash bo'lgan yangi zelandiya gatteriyasi uchraydi.
O'rmonlarda ekvaliptlar, janubiy qoraqayin, daraxtsimon paporotniklarni ko'rish mumkin.
2. Biogeografik viloyatlardagi hayvonot va o`simliklar olamining o`xshashlik va farqi
Turli viloyatlardagi hayvonot va o'simliklar olami o'zaro taqqoslansa, tiplar, sinflar o'rtasida tafovutni deyarli ko'rmaymiz. Chunki har bir biogeografik viloyatda xordali hayvonlar tipi, ochiq va yopiq urug'li o'simlik tiplari, sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar, bir pallali, ikki pallali o'simlik sinflarini uchratish mumkin. Biogeografik viloyatlardagi hayvon va o'simliklar orasidagi tafovut turkum, ayniqsa, oila, avlod vakillarini o'zaro taqqoslaganda namoyon bo'ladi. Chunonchi, Xabashiston biogeografik viloyatidagi primatlar, xartumlilar, tuyaqushlar, to'tilar, tovuqsimonlar turkumining vakillari Paleoarktik viloyatida uchraymaydi.
Primatlar turkumiga kiruvchi gibbonlar oilasining vakillari Hindomalay iogeografik viloyatda tarqalgan bo'lib Afrikada uchramaydi, aksincha, martishkalar oilasi afrikada tarqalgan bo'lsada, Hindomalay biogeografik viloyatda bo'lmaydi. Xuddi shuningdek, Neotropik biogeografik viloyatdagi oz tishlilar turkumiga mansub chumolixo'r, yalqov, zirxlilar oilasi, neoarktik biogeografik viloyatida tarqalmagan. Plearktik va Neoarktik biogeografik viloyatlardagi o'simliklar va hayvonlar turkum, tartib oilalari bilan o'xshasalar ham, ular o'rtasidagi tavovut faqat avlod va turlarda ekanligi ma'lum bo'ldi.Turli biogeografik viloyatlardagi hayvonlar va o'simliklar orasidagi o'xshashlik va tafovutlarni bir tomondan qit'alarning paydo bo'lish tarixi, ikkinchi tomondan, organik olam evolutsiyasi bilan tushuntirish mumkin.
Tabiatshunos olimlarning e'tirof etishlaricha, bizning ko'hna sayyoramiz turli era, davrlarda shunday ko'rinishda bo'lmagan. Daniyalik olim A.Vegener qayd etishicha, taxminan yuz million yillar ilgari yer yuzida alohidaalohida qit'alar bo'lmay, say­yoramiz yagona quruqlik — Pangeya va yagona okeandan tashkil topgan.
Mezozoy erasining trias davrida yagona quruqlik bo'lgan Pangeya ikki bo'lakka — Lavraziya va Gondvanaga ajragan. Oqibatda yagona quruqlikdagi hayvonot va o'simliklar olami ham ikki tomonga bo'lingan.
Gondvana quruqligi xuddi muz parchalari singari bir qismi suvdan tashqari holatda janubga tomon siljigan. Keyinchalik yerostki kuchlarining ta'siri tufayli gondvana o'z navbatida bo'laklarga ajragan. Natijada Antarktida, Avstraliya, Hindiston, Afrika, Janubiy Amerika qit'alari paydo bo'lgan. Lavraziyaning bo'linishi tufayli Yevrosiyo, Shimoliy Amerika qit'alari kelib chiqqan. Yevrosiyo bilan Shimoliy Amerikaning yagona qit'a sifatida bo'lishi kaynozoy erasigacha, ya'ni 65 mln yil davom etgan. Yagona quruqlik Pangeyaning qit'alarga ajralishi tabiiy ravishda o'simlik va hayvonlarning evolutsiyasiga ta'sir etmay qolmagan . Masalan, Avstraliya Gondvanadan ajragan davr triasning o'rtalarida sutemizuvchilarning faqat tuxum qo'yib ko'payuvchi hamda qopchiqlilar tarqalgan. Masalan: sutemizuvchi hayvonlarning yo`ldoshlilar kenja sinf vakil­lari paydo bo'lmagan edi. Shu sababli tuxum qo'yib ko'payuvchilar va qopchiqlilar Avstraliyada qopchiqlilarning ayrim vakillari Neotropik beogeografik viloyatda hozirgi davrgacha saqlanib qolgan. Boshqa qit'alarda tuxum bilan ko'payuvchilar, qopchiqlilar yashash uchun kurashda ularga nisbatan murakkab tuzilishga, ko'payishga ega bo'lgan yo'ldoshlilar kenja sinf vakillari tomonidan siqib chiqarilgan.
Yangi Zelandiya asosiy quruqlikdan Avstraliyaga nisbatan ham ilgari ajralgan. Shuning uchun u yerda paleozoy erasida keng tarqalgan qadimiy kaltakesak — gatteriya hanuzgacha yashab kelmoqda. Kaynozoy erasining to'rtlamchi davriga qadar Yevrosiyo va Shimoliy Amerika Bering bo'g'ozi orqali birlashgan bo'lgan. Bu esa o'z navbatida Neoarktik va Paleoarktik biogeografik viloyat hayvonot va o'simliklar olamining o'xshash bo'lishiga olib kelgan.
Shunday qilib, biogeografik fan dalillari organik olam tarixiy jarayonda o'zgarganligini, turli qit'a hayvonot va o'simliklar olami kelib chiqish jihatdan yagona ekanligi, alohidalanish, atrofdagi sharoit ta'siri tufayli turli qit'a hayvonlari va o'simliklar o'rtasida tafovutlar paydo bo'lganligini ko'rsatadi.
Mavzuga oid tayanch iboralar.
1. Biogeografiya – yunoncha bios – hayot. O`simlik va hayvonlarning yer shari bo`yicha tarqalishini o`rganuvchi fan.
2. Valita – Amerika bug`isi. 3. Maral – Sibir bug`isi.
4. Muflan – Yevropa yovvoyi qo`yi. 5. Pangeya – yagona quruqlik.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin