Mavzuga oid tayanch iboralar. Dizruptiv – bir populyasiya doirasida bir – biridan farqlovchi bir necha polimorf formalarning hosil bo`lishiga keluvchi tabiiy tanlanishning bir shakli.
Shaxsiy o`zgaruvchanlik – Avlod ota – onadan, shundek, o`zaro ayrim belgi – xossalari bilan farq qilishi.
Shubxali turlar – Turga xos belgi – xossalar yaxshi ifodalanmagan organizmlar guruhi. Gambuziya – ahamiyati bo`lmagan baliq turi. Podoliya – tugmacha qo`ng`iz.
11-Nazorat savollar 1. Darvinni tabiatda qiziqtirgan masala? Har bir o`simlik, hayvon turi ko`p belgilari bilan bir-biridan farq qilishi, ular urchiganda nihoyatda ko`p nasl qoldirishi
2.Darvin tabiiy tanlanish deb nimani nomladi? Foydali belgi-xossalarga ega organizmlarni yashab qolishi, bunday belgi xossalarga ega bo`lmaganlarini nobud bo`lishiga
3.Tabiiy tanlanish turlari? Stabillashtiruvchi, harakatlantiruvchi, dizruptiv tanlanish.
4.Tashqi muhitning deyarli o`zgarmas mo`tadil sharoitda avlod-ajdod belgilariga ega individlar saqlanib qolib o`zgarganlari qirilib ketishi qanday tanlanish? Stabillashtiruvchi.
5.O`zgargan muhitda organizmlarning yangi belgi-xossalari hosil bo`lishi va rivojlanishini ta`minlaydigan tanlanishning qaysi turi? Harakatlantiruvchi .
6. Dizruptiv tanlanish nima? Bir joyda tarqalgan bir turga mansub organizmlar orasida bir-biridan farq qiluvchi ikki va undan ortiq organizmlarnng uchrashishi
7.Relikt formani saqlanib qolishi qaysi tanlanishga misol? Stabillashtiruvchi.
8.Ayolning urug`langan tuxum hujayrasi 44ta autosoma va bittasi Y bo`lsa, X xromasoma yetishmasa xomila 2-3 oydan so`ng rivojlanmay tabiiy abort ro`y beradi bu qanday tanlanishga misol? Stabillashtiruvchi.
9.1982-yilgi shimoliy Amerikadagi qattiq bo`ronda tirik qolgan chumchuqlar qanday qanotli edi? O`rtacha qanotli edi.
10.1 metrli butalar yostiq hosil qilib o`sishi qanday tanlanish? Harakatlantiruvchi .
11.Xonqizining qizg`ish va qoramtir formalari uchrashi qanday tanlanish? Dizruptiv