1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi


MAVZU: Evolyutsiyaning sintetik nazariyasi va uning qoidalari. Turlarning paydo bo’lishi



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə34/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#82598
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85
Evolyutsion tex xarita

MAVZU: Evolyutsiyaning sintetik nazariyasi va uning qoidalari. Turlarning paydo bo’lishi.


REJA:

  1. Evolyusiyaning sintetik nazariyasi.

  2. Populyatsiya – evolyusiyaning boshlang`ich birligi.

  3. Evolyusiyaning boshlang`ich materiali.

    1. Mutatsion o`zgaruvchanlik.

    2. Kombinativ o`zgaruvchanlik.

  4. Evolyusiyaning boshlang`ich hodisasi.

  5. Evolyusiyaning boshlang`ich omillari. Genlar dreyfi.

    1. Populyasiya to`lqini.

    2. Alohidalanish.

  6. Xulosa.

1. Evolyusiyaning sintetik nazariyasi
XX asrga kelib, irsiyat va o'zgaruvchanlik, bir va har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi munosabatlar, tur strukturasi kabi masalalar atroflicha o'rganila boshlandi.
Genetika, ekologiya, molekulyar biologiya singari biologiyaning yangi sohalari shakllandi. Mazkur fanlarning klassik darvinizm bilan qo'shilishi natijasida evolutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi
Bu nazariyaning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
1. Evolutsiyaning boshlang'ich materiali — mutatsion va kombinativ, rekombinativ o'zgaruvchanlik.
2. Evolutsiyaning boshlang'ich hodisasi — mutatsion jarayon.
3. Evolutsiyaning boshlang'ich birligi — populyatsiya.
4. Evolutsiyaning boshlang'ich omillari — populyatsiya to'lqini, genetikoavtomatik jarayonlar, alohidalanish.
5. Har bir tur populyatsiyalardan tashkil topgan.
6. Tur — morfologik, biokimyoviy, ekologik, genetik jihatdan nisbatan farqlanuvchi jinsiy jihatdan alohidalashgan organizmlardan iborat.
7. Turlar tarkibida kenja turlar, populyatsiyalar uchraydi.
8. Evolutsiya divergent, ya'ni bir ajdod turdan bir nechta yangi turlar kelib chiqishi, ayrim hollarda esa yagona ajdod turdan yagona yangi tur paydo bo'lishi mumkin.
9. Evolutsiya astasekin uzoq muddatli jarayon bo'lib, bunda turlarning kelib chi­qishi bir populyatsiyaning boshqa yangi populyatsiya bilan almashinishi bilan tavsiflanadigan evolutsion bosqich sanaladi.
10. Turning asosiy mezoni jinsiy alohidalanish ekanligi e'tiborga olinsa, mazkur mezonni jinsi yaxshi ifodalanmagan organizmlarga nisbatan tatbiq etib bo'lmaydi.
2. Populyasiya – evolyusiyaning boshlang`ich birligi
Mikroevolutsiya tur doirasidagi evolutsion jarayondir. Bu haqda so'z yuritilar ekan, avvalo evolutsiyaning boshlang'ich birligi bo'lgan populyatsiyani yoritish joizdir.
Populyatsiya evolutsiyaning boshlang'ich birligi. Har bir turga kiruvchi organizmlar areal doirasida bir xil tarqalmagan. Arealning ba'zi joylarida siyrak, boshqa joylarida esa ular zich joylashgan. Masalan, qayin g'arbiy sibirning o'rmondashtida kichikkichik daraxtzor holida uchraydi. Bir turga kiruvchi individlarning arealda bir xil tarqalmasligi turli yerlarida hayot sharoitining har xil bo'lishi bilan ifodalanadi.
Populyatsiya deganda, bir tur tarqalgan arealning muayyan joyida uzoq muddat mavjud bo'lgan, erkin chatisha oladigan, ayrim belgi xossalari bilan farq qiluvchi, nisbatan alohidalashgan individlar yig'indisi tushuniladi.
Populyatsiya evolutsiyaning boshlang'ich birligi deyilishiga sabab shuki, u tur doirasidagi mustaqil evolutsion rivojlanish mumkin bo'lgan organizmlarning kichik yig'indisidir. Tur doirasida organizmlar oila, gala, poda bo'lib yashaydilar. Lekin ular uzoq muddat shunday holatda bo'lmay, tezda tarqalib ketishlari mumkin. Shunga binoan ular evolutsiyaning boshlang'ich birligi bo'la olmaydi. Turning arealda egallagan joyiga qarab, unda populyatsiyalar soni har xil bo'ladi. Keng arealda va sharoiti xilmaxil joylardagi turlarda populyatsiyalar soni ko'p bo'lib, tor arealda tarqalgan turlarda populyatsiyalar soni kam bo'ladi. Har xil turga kiruvchi populyatsiyalar birbiridan avvalo egallagan areal hajmi bilan farq qiladi. Areal hajmi hayvonlarning harakatlanish tezligi, o'simliklarning esa chetdan changlanish masofasiga bog'liq. Chunonchi, tok shilliqqurtining harakatlanishi bir necha o'n metr radiusga, shimol tulkisining harakatlanish radiusi bir necha yuz kilometrga cho'ziladi.
Populyatsiyadagi organizmlar soni ham har xil turlarda turlicha bo'ladi. Ochiq yerlarga tarqalgan hasharotlar, o'simliklarning ba'zi populyatsiyalarida individlar soni juda oz bo'ladi. Masalan, uzoq sharqda tarqalgan yo'lbars, o'zbekistonda ilvris populyatsiyasi hozirgi vaqtda 300—400 individdan iborat, xolos.
Organizmlarni bir populyatsiyaga birlashtiruvchi omil avvalo ularning erkin chatishuvidir. Bir populyatsiyaning individlari barcha belgi va xususiyatlari bilan o'zaro nisbatan o'xshash. Shunga ko'ra, populyatsiya ichida chatishish imkoni qo'shni pop­ulyatsiyalar bilan chatishishiga qaraganda yuqoridir. Bir turga mansub populyatsiyalar aralashib ketmasligiga turli to'siqlar xalaqit beradi. Bular asosan 2 xil: geografik va biologik to'siqlardir. Populyatsiyalarni tavsiflash bo'yicha yuqorida bayon etilgan ta'riflar asosan chetdan changlanadigan, ikki jinsli organizmlarga taalluqlidir. Jinssiz, vegetativ va o'zo'zidan changlanadigan turlardagi populyatsiyalar hali to'la o'rganilmagan.
3. Evolyusiyaning boshlang`ich materiali
Evolutsiyaning boshlang'ich materiali mutatsion va kombinativ, rekombinativ o'zgaruvchanlik hisoblanadi.
a) Mutatsiyalar gen, xromosoma, genom va sitoplazmatik xillarga bo'linadi.
Gen tushunchasi sizga sitologiya, genetika asoslaridan ma'lum. Gen tarkibidagi nukleotidlar sonining ortishi, kamayishi yoki o'rin almashishi mutatsion o'zgaruvchanlikni keltirib chiqaradi. Mutatsion o'zgaruvchanlik tasodifan va ahyonahyonda uchraydi. Gen mutatsiyalarining takrorlanishi 106—108 ga teng.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin