1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi


Organik olam evolyutsiyasining asosiy yo’nalishlari. Aramarfoz, idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiyasi



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə80/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#82598
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Evolyutsion tex xarita

Organik olam evolyutsiyasining asosiy yo’nalishlari. Aramarfoz, idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiyasi.


Reja

  1. Biologik yuksalish.

    1. Aramorfoz.

    2. Idiadaptasiya.

    3. Umumiy degenerasiya.

  2. Evolyusion jarayonda hosil bo`lgan moslanishlar.

  3. Evolyusiyasining turli yo`nalishlari orasidagi bog`lanishlar.



1. Biologik yuksalish

Hayot yerda abiogen yo'l bilan paydo bo'lib, keyinchalik million yillar mobaynida takomillashib, turlituman bo'lgan. Siz botanika, zoologiya o'quv fanlarida o'simlik, hayvonot dunyosining har xil tiplari, sinflari, turkum, oila, avlod, turlarga mansub vakillari bilan tanishdingiz. Ularning tuzilishi bir xil emasligiga ishonch hosil qildingiz. Haqiqatdan ham, hozirgi paytda oddiy organizmlar: bakteriyalar, bir hujayrali o'simlik va hayvonlar bilan bir qatorda tuzilishi nihoyatda murakkab qushlar, sutemizuvchilar, ochiq urug'lilar va gulli o'simliklar keng tarqalgan.


Agar organik olam evolutsiya qilar ekan, u holda nima sababdan barcha tirik mavjudotlar oddiydan murakkablanish tomon bir xil rivojlanmagan. Ular orasida sodda va murakkab tuzilishga ega mavjudotlar uchraydi, degan savol tug'ilishi tabiiy. Fan oldidagi bu muammoni rus olimlaridan A.N.Seversov va I.I.Shmalgauzen ijobiy hal qildilar.
Ma'lumki, darvin o'z davrida evolutsion jarayon organizmlarning tinmay muhit sharoitiga mumkin qadar ko'proq moslanishdan iborat ekanligini aytib o'tgan edi. Organizmlar atrofidagi muhit sharoitining tarixiy davrlar mobaynida keng yoki tor doirada o'zgarishi odatda ularda umumiy yoki xususiy moslanishlarni keltirib chiqaradi. Umumiy moslanish hayot uchun nihoyatda zarur bo'lgan organlar sistemasining takomillanishi bilan aloqador.
Agar muhit sharoitining o'zgarishi bilan: 1) bir turga mansub individlar soni orta borsa; 2) ular ishg'ol qilgan areal kengaya borsa;3) tur zaminida yangi populyatsiyalar, kenja turlar, turlar va boshqa taksonlar hosil bo'lsa, jarayon biologik yuksalish (progress) deb ataladi.
Hozirgi va qtda Markaziy Osiyo mintaqasida boshqa qushlarga nisbatan Hindiston maynasi biologik progress holatdadir. Yashash joyiga nisbatan instinktning yo'qligi, tanasining birmuncha yirikligi, tajovuzkorligi, xilmaxil oziqlar bilan oziqlanishi, tez urchishi ularning yashash uchun kurashda g'olib kelishiga, son jihatdan tobora ko'paya borishiga, tarqalish arealining kengayishiga sababchi bo'lmoqda. Dastlab XX asr boshlarida Hindiston maynasi Markaziy Osiyoning chegara tumanlarida uchragan bo'lsa, hozirgi vaqtga kelib, u shimoliy qismlariga tarqalgani sababli uni barcha respublikalarda, viloyatlarda ko'rish mumkin.
Organik olam rivojlanishida biologik yuksalishga (progressga) qaramaqarshi o'laroq biologik regress ham uchraydi.
Biologik regressda muhit sharoitiga organizmlar yetarlicha moslasha olmaganliklari sababli: 1) bo'g'indan - bo'g'inga o'tgan sari individlar soni kamayadi; 2) tarqalgan areali torayadi; 3) po­pulyatsiyalar, turlar soni ozayadi.
A.N.Seversov va I.I.Shmalgauzenlar biologik yuksalish progressining asosiy yo'nalishlari haqida mulohaza yuritib, uni aromorfoz, idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiya asosida bo'lishini aniqladilar.
Evolutsiyaning biologik progressi har xil usulda amalga oshadi. Uning birinchi usuli tarixiy jarayonda organizmlar hayot faoliyati uchun nihoyatda muhim bo'lgan organ sistemasi takomillashishidan iborat. Shuning uchun u morfofizologik yuksalish deb nomlanadi.
Boshqa usulda tarixiy jarayonda organizm hayot faoliyati uchun ikkinchi darajali organlar sistemasi o'zgaradi. Shu bois, organizmlar tuzilishi murakkablashmaydi. Uchinchi usulda tarixiy jarayonda organizmlar tuzilishi murakkabdan soddaga o'zga­rishi natijasida biologik progressga yo'liqqan bo'ladi. Har uch holatda ham organizm­lar atrof-muhitga moslashadi.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin