12.Mavzu: Voqea joyida tergov eksperimentining va koʻrsatmalarni tekshirishning psixologik xususiyatlari
Mavzu rejasi:
Voqea joyida tergov eksperimenti oʻtkazish talab va qoidalari. Eksperiment qatnashchilarining psixologik xususiyatlarini aniklash.
Yuz berishi mumkin boʻlgan psixologik ehtimollik holatlarini hisobga olish (adaptatsion, stenik, astenik, sensibilizatsion hissiyotlar).
Eksperiment usuli bilan dalillarni tekshirishda ayblanuvchining bilim, malaka, koʻnikma va qobiliyatini aniqlash.
Tayanch so’zlar: Sud - psixologik ekspertiza – jinoyatni obyektiv baholash uchun
mutaxassislar tomonidan o’tkaziladigan tadbir
Affektiv holat – kuchli fiziologik va psixologik qo’zg’alish, shuuriy
Suisid holat – o’z joniga qasd qilish holati
Stress holati – kuchli hayajonlanish holati
Vahima holati – kuchli qo’rquv, irodaning kuchsizlanishi.
Yuridik psixologiyasi xodimlari o`z faoliyatlarida ko`pincha asabiy taranglik xolatlarinya boshdan kechiradilar Shuning uchun bu soxa xodimlari o`zlarini jismoniy va ruxiy jixatdan asrashi, qobiliyatlarini yuqotmaslik uchun xar qanday sharoitda xis-tuyrularini jilovlashi, boshqara bilishi zarur.
Xissiyot (emosiya - lotincha xayajonlanish, kuzralish demakdir) kishining real borliqqa nisbatan shaxsiy munosabatiga oid kechinmalaridir. xissiyot tushunchasi boshdan kechirilayotgan xis-tuyrularning aniq nisbatan oddiy shaklini anglatadi va faoliyatni boshqarishda yetakchi jarayon sifatida namoyon bulishi mumkin.Xis-tuyrular ijobiy va salbiy ma’no-mazmunga ega buladi.Ijobiy xis-tuyrular qoniqish, quvonch, xayrat, shodlik, g`ururlanish, o`ziga ishonch, yoqtirish, nazokat, muhabbat, minnatdorlik, xotirjamlik, yengil tortish va xokazolarni bildiradi.Salbiy xis-tuyg`ular sirasiga g`am-qayg`u, qoniqmaslik, zerikish, g`am-g`ussa, nochorlik, xafalik,xavfsirash, qurquv, daxshatga tushish, afsus, qayg`urish, xafsalaning pir bo`lishi, g`azab, nafrat, rashk, shubxa, uyat va xokazolar kiradi.Ijobiy xis-tuyular asab tizimiga o`z navbatida ijobiy ta’sir ko`rsatib, organizmning norlomlashuviga sabab bo`lsa, salbiy xis-tuyrular esa uning yomonlashuviga, xastalanishiga olib keladi. Kishi xayotida xis-tuyrularning kayfiyat, extiros va affekt singari ko`rinishlari mavjud.
Kayfiyat - eng muxim ahamiyatga ega emosional xolatlardan bulib, kechinmalarning ma’lum vakt mobaynida davomiyligi va ixtiyorsizligini belgilaydi. Yurist kayfiyatini boshqara olishi, zarurat tutilganda esa ta’sir o`tkazilayotgan, muloqotda bo`linayotgan obyekt (kishi)da muayyan kayfiyatni uyg`ota bilishi lozim.Kayfiyat tug`diruvchi sabab va shart-sharoitlar to`rt guruxga bulinadi:
1.0rganizmdagi jarayonlar (bemorlik, charchok, kayfiyatni tushiradi, aksincha tansixatlik, tulak,onli uyku kayfiyatni yaxshilaydi).
2.Tashqi muhit (ifloslik, shovk,in-suron, dimiqqan xavo, asabni buzadigan tovushlar, xonaning yoqimsiz buyori kayfiyatga yomon ta’sir kiladi.
Ozodalik, sokinlik, toza xavo, yoqimli musiqa, xonaning yorqin bo`yoqdari kayfiyatni ko`taradi).
3.Kishilar urtasidagi munosabatlar (atrofdagi kishilarning xushmuomalaligi, ishonchi va odobi, qullab-quvvatlashi insonni tetiklashtiradi va xayotga muhabbatni oshiradi, qo`pollik, befarqlik, ishonchsizlik, beodoblik esa kishi kayfiyatini buzadi).
4.Fikrlash jarayoni (obrazli tasavvurlarda aks etgan ijobiy xis-tuyrular ko`tarinki kayfiyatni belgilaydi, salbiy xis-tuyrular uyg`otuvchi obrazlar, tasavvurlar kayfiyatga salbiy ta’sir qiladi).Extiros muayyan faoliyat turiga kuchli intilish bilan bog`liq davomli va barqaror emosional xolatdir.
Faoliyat esa ijobiy yoki salbiy mazmun kasb etishi mumkin.
Affekt (lotincha aiieks-r xiy hayajon) - kuchli, jo`shqin va nisbatan qisqa muddatli emosional kechinmalar tariqasida ro`y beradigan psixologik holat xisoblanadi.Yurist xar qanday extiroslarga, shart- sharoitlarga bo`liq ravishda kayfiyatni moslashtirishi va affekt darajasiga tushmaslikka xarakat kilishi lozim.Yurist faoliyatida estetik xis-tuyrular katta ahamiyat kasb etadi. Ular muomalada yanada yaqqol namoyon bo`lib, suxbatdoshining estetik kechinmalarini xis etgan va ularga lozim darajada munosabat bildira olgan kishi odatda, obru-e’tibor va xurmatga sazovor bo`ladi.Vaziyatning ta’siroti odam organizmida kuchli xayajonlanish xolatish,- vujudga keltirishi za bu xuquqshunos ishchanligini oshirishi yoki bemorlik xolatiga tushirib qo`yishi mumkin. Ko`pincha kuchli xayajonlanish oqibatida kishiining kasallikka duchor bo`lib qolishi extimoli bo`ladi. Hissiyotlarni jilovlay oladigan xuquqshunos xavf-xatar bosqichini yengib o`tib, stress omillari bilan faol kurasha oladi va o`zini qo`lga ola biladi. Hissiyotga beriluvchi xuquqshunoshda xavf-xatar xissi qo`rquvga aylanadi va oxir-oqibatda kishini vahimaga, xolsizlikka duchor qiladi. Kishilarning stress xolatlariga bardoshliligi ikki yo`l bilan, ya’ni xissiyotlarini jilovlashni mashq qilish va o`qib- o`rganish bilan ta’minlanishi mumkin. Umuman olganda xar qanday nokulay vaziyat- noxush xolatning o`tkinchiligini doimo xisobga olish insonning qiyinchiliklar oldida dovdiramasligi,xotirjamligini saqlashi, kayfiyatining ko`tarinki bulishiga olib keladi. Bu esa o`z navbatida ish unumdorligiga. ijobiy ta’sir ko`rsatadi, jamoa va oilada sog`lom psixologik muxitning barqaror bo`lishini ta’minlaydi.Inson his-tuyrularini tarbiyalash faqat faoliyat maxsus ishlab chiqilgan trening - «xis-tuyular gimnastikasi»dan foydalaniladi. Shuningdek, autotrening mashkdari xam `ullanilib, muayyan samaralarga erishishi mumkin. Bu mashqning asosiy quroli - o`ziga aytilgan so`z bo`lib, kishi o`zini o`zi ishontirish orqali katta natijalarga erishishi tajribalarda isbotlangan.Muntazam va sabot bilan o`tkazilgan mashg`ulotlar orqali asablarni bo`shashtirib olsa bo`ladi. Autotrening ko`nikmalarini xosil qilgan yurist turli vaziyatlarda uz istagiga ko`ra nafas olishini sekinlashtirishi, yurak urishini bir maromga solishi, qon tomirlarini kengaytirishi yoki toraytirishi, jiddiy vaziyat, xolatlarda sovuqqonligicha qolishi mumkin. Amaliyotchi yurist autogen mapiulotlar yordamida orttirgan ko`nikmalari tufayli o`z kuchiga ishonchi mustaxkamlanadi, bu esa uning irodaviy barqarordigini ta’minlaydi xamda doimiy o`zgarib turuvchi shart-sharoitlarga darxol moslashish imkonini beradi.
Nazorat savollari.
1. Psixolog - ekspertning vazifasi nimalardan iborat?
2. Kishi qachon affekt holatiga tushadi?
3. Inson stress holatida jinoiy harakatlar qilishi mumkinmi?
4. Kishilar qachon o’z jonlariga qasd qiladilar?
5. Psixologik ekspertizaning predmeti nimalardan iborat?
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Arifxodjaeva I. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyati psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma.Toshkent 2008 yil. 432 bet.
2.Vasilbev B.JI. Yuridicheskaya psixologiya. Uchebnik dlya vuzov. «Piter» Sankt-Peterburg. 2014. 656 str.
3.Umarov Bahriddin.Umarali Qodirov. Huquqshunoslik faolyati psixologiyasi.
Dostları ilə paylaş: |