protsessor – asosiy mikrosxema bo`lib, matematik va mantiqiy operatsiyalarni (amallarni) bajaradi;
chipset (mikroprotsessorli komplekt) – mikrosxemalar majmuyi bo`lib, ShK ning ichki qurilmalarining ishini boshqaradi va tizimli blokining asosiy funktsional imkoniyatlarini aniqlaydi;
shinalar – qurilmalarni bog`lovchi simlar bo`lib, ulardan kompyuterning ichki qurilmalari orasidagi berilganlarni ayriboshlovchi signallar o`tadi;
tezkor xotira qurilmasi – mikrosxemalar majmuyi bo`lib, ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun mo`ljallangan;
doimiy xotira qurilmasi – uzoq vaqtgacha ma’lumotni o`zida saqlovchi mikrosxema;
slot – qo`shimcha qurilmalarni ulash qurilmasi.
Protsessor
Protsessor – bu kompyuterning asosiy mikrosxemasidir yoki boshqacha aytganda kompyuterning “miyasi”. U xotirada joylashgan dasturiy kodlarni bajarishni va barcha qurilmalar ishini boshqaradi. Uning ishni bajarish tezligi kompyuterning tezligini anqlaydi. Protsessor maxsus yacheykalardan tashkil topgan bo`lib, ular registrlar deb ataladi. Shu registrlarda buyruqlar joylashgan bo`lib, protsessor tomonidan boshqariladi. Protsessorning ishi shundan iboratki xotiradan ma’lum bir buyruqlar ketma – ketligi va ma’lumotlarni tanlanib bajariladi.
ShK larda albatta, markaziy protsessor (Central Processing Unit - CPU ) bo`lishi shart. U barcha asosiy operatsiyalarni (amallarni) bajaradi. Ko`pincha ShK qo`shimcha soprotsessorlardan tuzilgan bo`lib, ular ma’lum bir maxsus funktsiyalarni effektiv bajarish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Masalan, matematik soprotsessor raqamli berilganlarni qayta ishlaydi, grafik soprotsessorlar grafik tasvirlarni qayta ishlaydi va h.z.
Mikroprotsessor
Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi bo`lib, u ma’lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi. Birinchi mikroprotsessorlar 1971 yilda amerikaning Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Mikroprotsessor asosan arifmetik - mantiqiy va boshqarish qurilmalaridan tashkil topgan. Mikroprotsessor 140 tacha turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Arifmetik – mantiqiy qurilma boshqaruv qurilmasi boshqaruvida protsessorga kelayongan berliganlarni arifmetik va mantiqiy ko`rinishga aylantiradi.
ShK larning tezligi mikroprotsessorlar tezligiga bog`liqdir. Mikro-protsessorning tezligi esa o`z navbatida uning raziryadiga va taktik chastotasiga bog`liqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Discovering Computers 2016. Tools, Apps, Devices,and the Impact of Texnology. 55 pg.)
2. Karimov A.A. Qurilishda axborot texnologiyalari. O’quv qo’llanma. TDPU. Toshkent. 2020 yil. 418 bet.
Dostları ilə paylaş: |