kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot — go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, baliq va baliq mahsulotlari, tuxum va tuxum mahsulotlari, shuningdek asalarichilik mahsulotlari;
kelib chiqishi hayvonotga mansub xomashyo — hayvonlardan olinadigan, qayta ishlashga mo‘ljallangan mahsulotlar;
nobop punkt — hayvonlar yuqumli kasalliklarining o‘chog‘i aniqlangan hudud;
ozuqa — hayvonlarni oziqlantirish uchun foydalaniladigan, kelib chiqishi o‘simlik va hayvonotga mansub mahsulotlar;
ozuqabop qo‘shimchalar — hayvonlar ratsionida yetishmaydigan ozuqaviy va mineral moddalar hamda vitaminlarning manbalari sifatida foydalaniladigan, kelib chiqishi organik, mineral va sintetik moddalar;
cheklovchi tadbirlar (karantin) — hayvonlar yuqumli kasalliklari o‘choqlarining doirasi kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka va ularni tugatishga, ular tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakati cheklanishini nazarda tutuvchi ma’muriy, epizootiyaga qarshi chora-tadbirlar hamda boshqa chora-tadbirlar;
epizootiya — tegishli hududda hayvonlarning o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklari tarqalishi;
epizootiyaga qarshi tadbirlar — epizootiyaning oldini olishga, uni aniqlashga yoki tugatishga doir tashkiliy va maxsus veterinariya tadbirlari tizimi;
hayvonlarning yuqumli kasalliklari — paydo bo‘lishiga hayvonlarga kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari ta’siri sabab bo‘ladigan, tarqalishi hamda boshqa hayvonlarga va odamga o‘tishi ehtimoli mavjud bo‘lgan kasalliklar.
10-mavzu;Texnik tavsiflar,texnologik yo’riqnomalar va retsepturalar
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (kimyo, neftkimyo va oziq-ovqat sanoati) ta’lim yo‘nalishi fan va texnika sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, u ishlab chiqarish tarmoqlaridagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, ularning boshqarish ob’ektlari va tizimlarini loyihalash, ishga tushirish, texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish jarayonlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan nazorat vositalari majmualari, texnologik ob’yektlarni rostlash va boshqarish tizimlarini, shuningdek, texnologik ob’ektlarni samarali boshqarish uchun mo‘ljallangan nazorat va boshqarish tamoyillarini o‘z ichiga oladi.
Loyihalash, jumladan avtomatlashtirilgan loyihalash, loyihalash jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimallashtirish, mahsulot sifatini ta’minlash va sertifikatlashtirish (shu jumlada xalqaro) usullarini qo‘llash;
Ishlab chiqarish sohasidagi texnologik jarayonlar bo‘yicha matematik modellarini qo‘llash;
Ishlab chiqarish sohasidagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari, ularning hisoblari, algoritmlari va matematik ta’minotini ishlab chiqish;
Kompyuter texnologiyalari va dasturlashdan foydalanish;
Bilimlar injeneriyasi;
Tizimli yondoshuv mexanizmlarini tadbiq etish;
Dasturiy ta’minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va injeneriyasi;
Kasbiy ta’lim didaktikasi;
Kasbiy ta’lim pedagogikasi va tashxis texnologiyasi;
O‘qitishning didaktik vositalari;
Ta’limning elektron vositalari;
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimidagi o‘rni va roli.
11-mavzu; Tashkilotlar ,idoralar va ishlab chiqarish korxonalarining texnik hujjatlari