1 mavzu;Fanning maqsadi va vazifalari, Meyoriy xujjatlar turlari va toifalari Texnik hujjatlar



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə13/20
tarix22.12.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#190411
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
texnik hujjatlarni tadim etish (amaliyot) (1)

biologik chiqindilar — hayvonlarning jasadl ari, veterinariya-sanitariya jihatidan xavfli deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo, veterinariyaga oid biologik sanoat chiqindilari;
veterinariya — hayvonlarning hayoti va sog‘lig‘i muhofaza qilinishini, hayvonlar kasalliklari paydo bo‘lishining, tarqalishining oldini olishni va ularni tugatishni, aholini hayvonlar va odam uchun umumiy bo‘lgan kasalliklardan muhofaza qilishni, O‘zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilishni ta’minlashga, hayvonlarga veterinariya xizmati ko‘rsatilishini amalga oshirishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududining veterinar osoyishtaligini, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya, veterinariya-sanitariya xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy va amaliy faoliyat sohasi;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari — veterinariya sohasidagi talablarni belgilovchi, davlat organlari va boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar rioya etishi shart bo‘lgan hujjatlar;
veterinariya dori vositalari — kelib chiqishi tabiiy va sintetik bo‘lgan dori moddalaridan (substansiyalardan) yoki dori moddalarining (substansiyalarning) aralashmasidan olingan, hayvonlar kasalliklari profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash, shuningdek hayvonlar organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan vositalar;
veterinar osoyishtalik — hayvonlarning sog‘lig‘iga salbiy omillarning zararli ta’sirlari, epizootiya mavjud bo‘lmagan, shuningdek hayvonlarning yashashi uchun qulay shart-sharoitlar ta’minlanadigan holat;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar — hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo, veterinariya dori vositalari, mikroorganizmlar shtammlari, ozuqalar va ozuqabop qo‘shimchalar, veterinariya texnika vositalari, shuningdek bozorlarda realizatsiya qilinadigan o‘simlik oziq-ovqat mahsulotlari;

Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin