1 mavzu;Fanning maqsadi va vazifalari, Meyoriy xujjatlar turlari va toifalari Texnik hujjatlar


HUQUQIY MONITORINGNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI ASOSIDA QONUN HUJJATLARI IJROSINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə16/20
tarix22.12.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#190411
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
texnik hujjatlarni tadim etish (amaliyot) (1)

HUQUQIY MONITORINGNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI ASOSIDA QONUN HUJJATLARI IJROSINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.
Mamlakatimizda islohotlarning faol amalga oshirilishi munosabati bilan davlat va jamiyatni rivojlantirishga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning soni va ko‘lami oshdi.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlillar qonun hujjatlarini qo‘llash samaradorligini tahlil qilish va baholash faoliyati yetarlicha tashkil qilinmaganligi, ularning natijadorligini monitoring qilishning ta’sirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmi to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligini ko‘rsatmoqda.
Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash samaradorligini yanada oshirish, noto‘g‘ri yoki ziddiyatli huquqni qo‘llash amaliyotiga olib keladigan normalar paydo bo‘lishining oldini olish, ularni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 42-moddasiga muvofiq davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi amalga oshirilishi lozimligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringini o‘tkazish tizimini (keyingi o‘rinlarda — huquqiy monitoring) joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Quyidagilar huquqiy monitoringning asosiy vazifalari etib belgilansin:
normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining yagona amaliyotini joriy etish;
huquqni qo‘llash amaliyotining normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish maqsadlariga muvofiqligini o‘rganish;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning to‘liqligini ta’minlash;
normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va xalqaro majburiyatlariga muvofiqligini ta’minlash;
normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar, korrupsiyaga oid omillar, bir-birini takrorlovchi va kollizion normalarni aniqlash va bartaraf etish;
normativ-huquqiy hujjatlardagi yagona tushuncha va atamalar tizimini yaratish.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
normativ-huquqiy hujjatlarni to‘laqonli ijro etish davlat boshqaruvi organlarining ustuvor vazifasidir;
normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish samaradorligi ularni amalda qo‘llash bo‘yicha huquqiy monitoring o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi;
huquqiy monitoring davlat boshqaruvi organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida tartibga solish predmeti bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha amalga oshiriladi;
huquqiy monitoring O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan huquqiy monitoring o‘tkazish rejasiga (keyingi o‘rinlarda — monitoring rejasi) muvofiq amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga asosan qo‘shimcha huquqiy monitoring o‘tkazish talab etilgan taqdirda, huquqiy monitoring davlat boshqaruvi organlari tomonidan monitoring rejasiga qo‘shimcha kiritilmasdan amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat boshqaruvi organlari tomonidan huquqiy monitoring o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tanlab olib, takroriy huquqiy monitoring o‘tkazishga haqli;
huquqiy monitoringni o‘tkazishda davlat boshqaruvi organlari advokatlar, ilmiy-ta’lim muassasalari mutaxassislari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini, shuningdek, fuqarolarni shartnoma asosida jalb qilishga haqli. Ushbu tadbirlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat boshqaruvi organlarining huquqiy monitoringni o‘tkazish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi huquqlar berilsin:
davlat boshqaruvi organlari tomonidan o‘tkaziladigan huquqiy monitoringda ishtirok etish;
davlat boshqaruvi organlari tomonidan huquqiy monitoring yakunlari bo‘yicha o‘z vaqtida taqdim etilmagan, noto‘g‘ri, ishonchsiz yoki to‘liq bo‘lmagan axborot taqdim etilgan taqdirda, ularga nisbatan huquqiy monitoringni o‘tkazishdagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish.
13-mavzu; Hujjatlarni ishlab chiqishni rejalashtirish



Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin