1 mavzu;Fanning maqsadi va vazifalari, Meyoriy xujjatlar turlari va toifalari Texnik hujjatlar


-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə3/20
tarix22.12.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#190411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
texnik hujjatlarni tadim etish (amaliyot) (1)

5-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari
Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
konstitutsiyaviylik;
qonuniylik;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ustuvorligi;
oshkoralik;
ilmiylik;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va kompleksliligi;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning barqarorligi.

3-mavzu ; Meyoriy hujjatlarni taqdim etish , kelishish tasdiqlash va davlat royhatidan o’tkazish



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish, qabul qilish, shuningdek ularni huquqiy ekspertizadan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kuchga kirish tartibini belgilaydi.
Umumiy qoidalar
Asosiy tushunchalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
qonunchilik texnikasi — huquq ijodkorligi faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish uchun foydalaniladigan qoidalar, metodlar, vositalar va usullar (instrumentlar) majmui;
idoraviy normativ-huquqiy hujjat — vazirlik, davlat qo‘mitasi va idora tomonidan belgilangan tarzda qabul qilingan, umum majburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat

Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin