1 mavzu;Fanning maqsadi va vazifalari, Meyoriy xujjatlar turlari va toifalari Texnik hujjatlar


Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari faoliyati bilan tanishish



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə11/20
tarix22.12.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#190411
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
texnik hujjatlarni tadim etish (amaliyot) (1)

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari faoliyati bilan tanishish

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalarni ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari huzurida tuziladi.


Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalarni ishlab chiqish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari huzurida tuziladi. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarining faoliyati O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarni shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari va huquqlarini, shuningdek a’zolarining majburiyatlari va javobgarligini maxsus nizomda belgilangan.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar (keyingi o‘rinlarda Komissiyalar deb yuritiladi) ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat vakolatli organlari (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb yuritiladi) huzurida tuziladi.
Komissiyalar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu sohada ishlab chiqilgan Nizomga amal qiladi.
Sanab o‘tilgan barcha hujjatlar, ilova qilingan xatdan tashqari, elektron shaklda ham (kelishilgan formatda) taqdim etiladi.
Komissiya texnik reglament loyihalarini ko‘rib chiqish jarayonida qo‘shimcha materiallarni, masalan, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha hisobotlarni, ishlab chiqarishni texnologik jihatdan tayyorlash natijalarini, sinash bo‘linmalari akkreditatsiyasi, ishlab chiqarish laboratoriyalari attestatsiyasi, xodimlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rashga haqlidir.
Texnik reglamentlar loyihalari Komissiyaga tushgandan keyin ekspertizaning quyidagi turlari amalga oshiriladi:
a) texnik ekspertiza — texnik reglament nomining texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturiga, shuningdek texnik topshiriqqa (u mavjud bo‘lganda) muvofiqligini aniqlaydi, shuningdek standartlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq texnik reglamentlar bayoni va mazmunining to‘g‘riligi tekshiriladi;
b) iqtisodiy ekspertiza — texnik reglament joriy etilishining texnik-iqtisodiy samaradorligi hisob-kitobi, shuningdek tushuntirish xatida ko‘rsatilgan tasdiqlovchi hujjatlarning to‘g‘riligini tekshiradi;
v) ekologik ekspertiza — texnik reglamentlar mazmunining ekologik normalar va talablarga muvofiqligini tekshiradi;
g) sanitariya-gigiena va epidemiologik ekspertiza — texnik reglamentlar mazmunining sanitariya-gigiena hamda epidemiologik normalar va talablarga muvofiqligini tekshiradi;
d) metrologik ekspertiza — O‘zbekiston Respublikasining o‘lchovlari bir xilligini ta’minlash tizimining normativ hujjatlari talablariga muvofiq o‘tkaziladi;
e) terminologik ekspertiza — hujjatning davlat tilida va rus tilida ekanligini, texnik reglamentda belgilangan ilmiy-texnik atamalar qo‘llanilishi to‘g‘riligini, davlat va tarmoq terminologik standartlariga rioya qilinishini tekshirish bosqichi hisoblanadi;
j) huquqiy ekspertiza — texnik reglamentlar mazmunining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini belgilangan tartibda tekshiradi.
Komissiyaning har bir a’zosi Nizomning ko‘rsatilgan bandida zarur hujjatlar olingan paytdan boshlab ekspertiza natijalari bo‘yicha o‘z mulohaza va takliflarini Komissiya kotibiyatiga 15 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatda yuboradi.
Taqdim etilgan materiallar ishchi organ tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ishchi organ ushbu materiallarni Komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtiradi, Komissiya majlisi kun tartibini tayyorlaydi va hujjatlar to‘plamini Komissiya kotibiga taqdim etadi.
Komissiya kotibi Nizomdagi ilovaga muvofiq umumiy yoki maxsus texnik reglament loyihasini ekspertizadan o‘tkazish natijalari, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek amal qilish muddati tugagan texnik reglamentlarni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar bo‘yicha Komissiya a’zolarining fikr-mulohazalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani tayyorlaydi. Taqdim etilgan materiallarni Komissiya majlisida ko‘rib chiqish ishlab chiquvchi tashkilotlarning vakillari jalb etilgan holda amalga oshiriladi.
Komissiya majlisining kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha hujjatlar turkumida qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan materiallar (ekspert xulosalari, tahliliy ma’lumotlar, jadvallar va hokazolar) va Komissiya qarori loyihasi bo‘lishi kerak.
Komissiya kotibi taqdim etilgan materiallar to‘g‘risida Komissiya raisiga axborot beradi. Komissiya raisi kun tartibi va taqdim etilgan materiallar ma’qullangan taqdirda Komissiya majlisi o‘tkaziladigan vaqt va sanani, shuningdek Komissiya majlisiga taklif etiladigan shaxslar ro‘yxatini belgilaydi.
Komissiya kotibi ishchi organ bilan birgalikda majlis materiallarining protokol loyihasi bilan birgalikda Komissiya a’zolariga, zaruriyat bo‘lganda esa — majlisga taklif etilgan boshqa shaxslarga yuborilishini ta’minlaydi.
Ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosaga Komissiyaning barcha a’zolari tomonidan viza qo‘yiladi, u kotib tomonidan imzolanadi, Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Komissiya a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Texnik reglamentning kiritilgan loyihasi bo‘yicha Komissiya xulosasini berishning umumiy muddati loyiha ko‘rib chiqish uchun tushgan sanadan boshlab 30 kalendar kundan oshmasligi kerak.
Komissiyaning xulosasi ijobiy bo‘lgan taqdirda umumiy texnik reglamentlar loyihalari belgilangan tartibda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, maxsus texnik reglamentlar loyihalari esa — tasdiqlash uchun tegishli vakolatli organlarga kiritiladi.
Komissiya raisi qarorlarning tezda qabul qilinishi uchun so‘rab chiqish yo‘li bilan Komissiya a’zolari bilan kelishilgan ayrim masalalar bo‘yicha Komissiya qarorini tasdiqlashi mumkin.
Komissiya xulosasining asl nusxasi va unga doir materiallar vakolatli organ Komissiyasi kotibiyatida saqlanadi.
Komissiya qabul qilingan qarorlarning bajarilishini o‘z majlislarida muntazam ravishda ko‘rib chiqadi.
Komissiya qarorlarining ijrosini nazorat qilish ishchi organ va Komissiya kotibi tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin