1 mavzu;Fanning maqsadi va vazifalari, Meyoriy xujjatlar turlari va toifalari Texnik hujjatlar


Quyidagilar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə10/20
tarix22.12.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#190411
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
texnik hujjatlarni tadim etish (amaliyot) (1)

Quyidagilar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etish, eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan tartibga solish yukini kamaytirish, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni maqbullashtirish;

  • texnik jihatdan tartibga solish sohasida eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarga uyg‘unlashtirish;

  • jismoniy va yuridik shaxslarning texnik jihatdan tartibga solish bilan bog‘liq muammolarini tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish orqali texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish;

  • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro norma va standartlarga muvofiqlashtirish.

Hujjat bilan Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi.
Quyidagilar komissiya asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • komissiya tarkibiga kiruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘zaro kelishilgan holda faoliyat yuritishini ta'minlash;

  • loyiha ofisini tashkil etish, uning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik yordam ko‘rsatish;

  • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish, tahlil qilish, qayta ko‘rib chiqish va zaruratga qarab yangilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlarining mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablar belgilash, qo‘llash va bajarish bilan bog‘liq faoliyatiga ko‘maklashish;

  • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi muammolarni kompleks tahlil qilish, shuningdek Vazirlar Mahkamasiga, vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga takliflar kiritish va boshqalar.

Hujjat bilan Adliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining idoralararo komissiya huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan loyiha ofisini tashkil etish haqidagi taklifi ma'qullandi.
Qarorda belgilanishicha, loyiha ofisining moliyaviy barqarorligiga erishilgunga qadar, lekin 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda uni saqlash Adliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Toshkent shahar hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga Adliya vazirligi bilan birgalikda loyiha ofisi tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini ta'minlash topshirildi.

8-mavzu; Umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqish



Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin