Texnik hujjatlar — sanoat mahsulotlarini loyihalash, tayyorlash, sinash va ulardan foydalanish, shuningdek, binolar (inshootlar)ni loyihalash, qurish va taʼmirlash uchun zarur boʻladigan grafik va matnli qujjatlar majmui. Asosiy xillari: loyigʻalash va ishchi hujjatlar (qurilishda), konstruktorlik va texnologik qujjatlar (sanoatda), meʼyoriytexnik hujjatlar (standartlar, texnik shartlar, umumiy texnik talablar, yoʻriqnomalar, sinovlar uslubiyati va boshqalar). Texnik hujjatlar maxsus standartlar orqali belgilab qoʻyiladi. Bu standartlarda Texnik hujjatlarni ishlab chiqish, rasmiylashtirish, butlash, ularga oʻzgartirishlar kiritish va sakdash tartibi va qoidalari koʻrsatiladi
Standart (ing . standard — meʼyor, namuna, oʻlcham) — keng maʼnoda — boshqa obʼyektlarni taqqoslash uchun dastlabki obʼyekt deb qabul qilingan namuna, etalon, model; standartlanadigan obʼyektga qoʻyiladigan va vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan meʼyorlar, qoidalar, talablarni belgilovchi meʼyoriytexnik hujjat. S. inson faoliyatining barcha sohalari: fan, texnika, sanoat, qishloq xoʻjaligi., ishlab chiqarish, qurilish, transport va boshqa ga taalluqli. Koʻllanish sohasiga qarab, davlat standarti (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi), tarmoq standartlari (tarmoklar vazirliklari tasdiqlaydi), korxona va birlashmalar standartlari (korxonalar va birlashmalar boshqaruvi tasdiqlaydi) kabi turlarga boʻlinadi. Xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlari boʻyicha respublika, viloyatlar va boshqa ga qarashli korxona, tashkilot va muassasalar uchun S.larni qoʻllash majburiy. Vazifasiga qarab, S. quyidagi turlarga boʻlinadi: umumtexnik va tashkiliymetodik qoida hamda meʼyorlar; mahsulotga qoʻyiladigan umumiy talablar, koʻrsatkichlar, sifat meʼyorlari, ekspluatatsion xossasi va texnik tafsiloti, tarmoklararo ishlatiladigan bir jinsli mahsulotlar guruxini nazorat qilish usuli; fizik kattalik birliklari va boshqa Bularni qoʻllash natijasida mahsulotlarning sifati oshadi, detallarni birxillashtirish va oʻzaro almashuvchanlik darajasini oshirishga imkon tugʻiladi, i. ch. jarayonlarini avtomatlashtirish osonlashadi, mahsulotlardan foydalanish va ularni taʼmirlash samaradorligi oshadi, mahsulot qaysi korxonada ishlab chiqarilganligidan qatʼiy nazar istalgan joyda ishlataveriladi va boshqa Oʻzbekistonda S.lar Oʻzbekiston Respublikasi "Uzstandart" agentligi (Respublika metrologiya xizmatlari koʻrsatish agentligi) tomonidan belgilanadi.
Standartlash — standartlar belgilash hamda ularni fan va texnika, xalq xoʻjaligi tarmoqlarida qoʻllash jarayoni. S. fan, texnika va amaliy tajribalarning umumlashtirilgan yutuqlariga tayanadi. S.ning vazifasi: kattaliklar birliklarini, termishtar va belgilarni qabul qilish; mahsulotlar va ishlab chiqarish. jarayonlariga texnik talablar qoʻyish; xavfsizlikni taʼminlaydigan va moddiy boyliklarni asraydigan shartlarni belgilash. S. xalq xoʻjaligini boshqarishda muhim rol oʻynaydi. S. tizimi xoʻjalik tarmoqlarini, korxonalardagi i. ch. jarayonlarini, meʼyoriytexnik hujjatlarning joriy etilishi va ularga amal qilinishini, savdo korxonalaridagi oʻlchov vositalarini nazorat qilish va boshqa ishlarni ham oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasida S. masalalari bilan "Uzstandart" agentligi shugʻullanadi