Mustaqil ish Mavzu: monografiya darslik o'quv uslubiy adabiyotlarni rasmiylashtirish va ularga qoyiladigan talablar Bajardi: Muminjonov m toshkent – 2023 Reja
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Mustaqil ish Mavzu: monografiya darslik o'quv uslubiy adabiyotlarni rasmiylashtirish va ularga qoyiladigan talablar Bajardi: Muminjonov M
TOSHKENT – 2023 Reja: 1.monografiya darslik o'quv uslubiy adabiyotlarni rasmiylashtirish 2. monografiya darslik o'quv uslubiy adabiyotlarga qo’yiladigan talablar
Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitish ikki yil mobaynida amalga oshirilishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qarorining 10-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylarida o‘quv jarayonini yuridik fanlar va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha chuqurlashtirilgan ta’limni nazarda tutgan holda takomillashtirish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari (keyingi o‘rinlarda — akademik litseylar) faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: Ichki ishlar vazirligining akademiyasiga kirish uchun huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasi yuqori, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak, jismonan yetuk, irodasi kuchli va shijoatli nomzodlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun malakali kadrlarni tayyorlash; o‘qitishning innovatsion shakl va metodikalarini joriy etish asosida milliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, o‘quv adabiyotlarini zamon talablari asosida takomillashtirish va ularning yangi avlodini yaratish, o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida o‘quv va ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish; o‘quvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlash qobiliyatini yanada o‘stirish maqsadida o‘quv jarayoniga o‘quvchilarda olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi, yuzaga kelgan turli muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qilish tajribasi hamda tegishli ko‘nikmalar hosil qilishni nazarda tutuvchi “case-study” metodikasini tatbiq etish; o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlar fondini, o‘qitishning texnik vositalari, shuningdek, global axborot-huquqiy bazalar va ta’lim resurslarini muntazam yangilab borish. 3. Belgilab qo‘yilsinki: akademik litseylarga 2019/2020 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar amaldagi ta’lim dasturlariga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar esa ikki yillik ta’lim dasturlarini bir yilda o‘zlashtirish asosida o‘qishni tugatadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son qaroriga muvofiq akademik litseylar bitiruvchilariga akademik litseyni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom hamda ijtimoiy-gumanitar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassisliklar bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi. 4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: akademik litseylar va ixtisoslashtirilgan maktab-internatdagi bo‘sh pedagog lavozimlarini egallash uchun tanlovlarni adolatlilik, xolislik, oshkoralik va kollegiallik prinsiplari asosida tashkil etish va o‘tkazish tartibi; O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan tuziladigan komissiya tomonidan tanlovlarni test va suhbat shakllarida o‘tkazish tartibi; tanlov natijalarini belgilangan mezonlar asosida rasmiylashtirish, nomzodlarni ishga qabul qilishga tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik yuzasidan komissiya qarorini qabul qilish tartibi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi zimmasiga akademik litseylar faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha quyidagi vazifalar yuklansin: akademik litseylar o‘quv-uslubiy jarayonini tashkil etishning samarali mexanizmini joriy etishga ko‘maklashish; akademik litseylarning ilmiy, o‘quv va o‘quv-uslubiy yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirib borishda har tomonlama yordam ko‘rsatish; akademik litseylar o‘rtasida fan olimpiadalari va sport musobaqa (spartakiada)larini tashkil etish va o‘tkazishda amaliy yordam berish; ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlashi, huquqiy bilimlarini, kasbiy va jismoniy tayyorgarligi hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash; o‘qitishning zamonaviy shakl va usullari, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va qo‘llash borasida ko‘maklashish; akademik litseylarni yangi avlod darsliklari, maxsus o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash. 6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: bir oy muddatda ta’lim va tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida akademik litseylar ichki intizom ustavini tasdiqlasin va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin; 2021-yil 1-sentabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda akademik litseylarning o‘quv jarayoni ikki yillik tizimga o‘tkazilishini inobatga olgan holda yuridik fanlar va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha chuqurlashtirilgan ta’limni nazarda tutuvchi o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini qayta ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.