1 mavzu;Fanning maqsadi va vazifalari, Meyoriy xujjatlar turlari va toifalari Texnik hujjatlar


Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə6/20
tarix22.12.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#190411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
texnik hujjatlarni tadim etish (amaliyot) (1)

Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida
(yangi tahriri)
Umumiy qoidalar
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasini, turlarini, o‘zaro nisbatini aniqlashdan, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibiga va ularning mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilashdan, shuningdek ularning ijrosi tashkil etilishini ta’minlashdan iborat.
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining turlari va o‘zaro nisbati, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibiga hamda ularning mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablar va ularning ijrosi tashkil etilishini ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham belgilanadi.
Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi
Normativ-huquqiy hujjat ushbu Qonunga muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.
Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslar (bundan buyon matnda organlar deb yuritiladi) hisoblanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash
Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda noto‘g‘ri yoki ziddiyatli tarzda qo‘llanilgan taqdirda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharhni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi beradi.
Qonun osti hujjatlari normalariga rasmiy sharhni ularni qabul qilgan organlar beradi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash jarayonida ularga normalarni aniqlashtirishga qaratilgan tuzatishlar, o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin