Ishlab chiqarish texnik tayyorlashning mohiyati va mazmuni.
«Ishlab chiqarishni tayyorlash» tushunchasi juda keng tushuncha bo’lib, u
turli xil boy xususiyatlarga hamda belgilarga egadir. Shuning uchun ham
uning hamma tomonlarini hisobga oluvchi tushuncha berish qiyin. Ishlab
chiqarishni tayyorlash ob`yektiv bo’lib, yangi mahsulot va uni ishlab
chiqarish texnologiyasi hisoblanadi.
Texnik rivojlantirish fan-texnika taraqqiyotiga suyanib amalga
oshiriladi va ishlab chiqarishga yangi texnikani joriy qilish, progressiv
texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg’or shakllarini
joriy qilishda ko’rinadi.
Xo’jalik yuritishning yangi shakllari kengayib borayotgan bir davrda
korxonalarning texnik qayta tayyorlash ishlarini (tadbirlarini) korxonaning
o’z mablag’i hisobiga va bank kreditlaridan foydalanib amalga oshirish
imkoniyatlari kengayib bormoqda. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni rejalashtirish. Ishlab
chiqarishni texnik tayyorlashni rejalashtirish uchun boshlang’ich ma`lumot
bo’lib, ishlab chiqarish ob`yektlari tarkibi, har bir ob`yekt bo’yicha ishlab
chiqarish dasturi, yangi mahsulotni o’zlashtirish muddatlari normativlari
hisoblanadi.
Korxonalarda texnik nazoratni tashkil etish. Korxonalarda ishlab
chiqarilgan mahsulotlar sifatining talabga javob berishini ta`minlash uchun
texnik nazorat xizmati tashkil etadi.
Texnik nazorat - ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida
amalga oshiriladigan nazorat operasiyalari majmuidir.
Texnik nazorat ob`yekti bo’lib korxonaga chetdan keltiriladigan
materiallar, ehtiyot qismlar, agregat va mexanizmlar, stanoklar mashinalar,
instrumentlar va boshqa mehnat vositalari, mahsulot ishlab chiqarish
texnologik jarayonlari, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar hisoblanadi.
12-mavzu ; Meyoriy hujjatlarni joriy etish ,monitoring qilish dolzarblikka tekshirish, o’zgartirish va qo’shimchalar kiriish , bekor qilish va nashr etish
Dostları ilə paylaş: |