1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari. Menejmentning ilmiy maktablari


Tizimli yondashuv (50 yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha)



Yüklə 237,5 Kb.
səhifə6/11
tarix08.06.2023
ölçüsü237,5 Kb.
#126882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Menejmentning paydo bo`lish tarixi

Tizimli yondashuv (50 yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha). 50-yillarning oxirida boshqaruvda tizimlar nazariyasini qo'llanishi menejmentga boshqaruv fani maktablari va xususan, amerikalik olimlar J.Pol Getti va Piter F. Drukerlarning muhim ulushi bo'lgan. Bu yondashuv nisbatan yaqindan qo'llana boshlaganligi tufayli, hozirgi vaqtda ushbu maktabning boshqaruv nazariyasi va amaliyotiga haqiqiy ta'sirini to'liq darajada baholashning iloji yo'q. Shunga qaramasdan bugun uning ta'siri juda katta va bundan keyin ham u o'sib boradi. Tizimli asosda, ehtimol, kelajakda ishlab chiqiladigan yangi bilimlar va nazariyalarni sintez qilish mumkin bo'lar.
O'zgaruvchanlar va ularning tashkilot samaradorligiga ta'sirini aniqlash menejmentga tizimlar nazariyasining mantiqiy davomi bo'lgan tizimli yondashuvning asosiy ulushi bo'ladi.
Rahbarlar tizimlar nazariyasini boshqaruv jarayoniga nisbatan qo'llashlari uchun tashkilotni o'zgaruvchan tizimlar sifatida bilishlari kerak. Ular tashkilotga o'zgarayotgan tashqi muhit sharoitlarida har xil maqsadlarga erishishga mo'ljallangan odamlar, tuzilma, vazifalar, texnologiya kabi o'zaro bog'langan elementlarning majmuasi sifatida qarashlari kerak.
Jarayonli yondoshuv (1920 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuv hozirgi vaqtda keng qo'llaniladi. U birinchi marta ma'muriy boshqaruv maktabi vakillari tomonidan taklif qilingan bo'lib, ular menejerning vazifasini ta'riflashga harakat qilganlar. Bu konsepsiyani dastlabki ishlab chiqilishi A.Fayolga tegishlidir. Ushbu yondashuvga ko'ra, boshqaruv uzluksiz o'zaro bog'liq harakatlar (xizmatlar) jarayoni sifatida ko'rib chiqiladi, ularning har biri ham, o'z navbatida bir necha o'zaro bog'langan harakatlardan iborat bo'ladi. Ular kommunikatsiyalar va qaror qabul qilishning bog'lovchi jarayonlari bilan birlashganlar. Bunda rahbarlik (yetakchilik) mustaqil faoliyat sifatida ko'rib chiqiladi. U xo dimlarga ta'sir ko'rsatishning shunday imkoniyatini ko'zda tutadiki, ular maqsadlarga erishish yo'nalishida mehnat qilsinlar.
Boshqaruv maktablaridagi ilmiy bilimlarni tizimga tushirish.


Maktablar nomi

Asosiy namoyendalar

Fanning yutugi

Tashqi muxit

1. Ilmiy boshkaruv (1885y.-1920y.)

F.Teylor.
F.Gilbert.
G.Gant.
X.Emerson.

Ilmiy menejment ishtiyekni tarakkiyet etishi vazifalar va takdirlash tiimi Samarali inshiniring

Ommaviy ishlab chikarish
Standart maxsulot
Tarmoklar chegaralangan
Tashkilotlar usaetgan
Tovarlar bozori kengaetgan

2. Ma’muriy (1920y.-1950y.)

A.Fayol,
L.Urvik.
M.Veber

Menejmentning birligi nazariyasi,
Funktsional,
Printsiplar,
Sotsial psixologiya

Menejerlar ta’siri yuksalishi, ularning kasbiy maxoratini tan olinishi

3. Insoniy munosabatlar
(1930y.-1950y.)

E.Meyo,
A.Maslou,
U.Bernard

Guruxlar sotsiologiyasi.Tashkil etish nazariyasi
Menejmentning sotsiologik tomonlari

Extiyetning tuyinishi
Differentsiyalangan takomillashgan maxsulot
Tayyor menejerlarga extiyej

4. Xulkiy (xatti xarakat) (1950y-xozirgacha)

D. Mak Gregor,
F.Gersberg,
F.Abrams

“X” va “U” nazariyasi menejerlar fikrlashlarida boshkaruv san’ati

Bozorga yunaltirilgan



5. Boshqa ruv fani (1950y.-xozirgacha)

N.Viner,
I.Eshbi,
V. Leontev
I.Ansoff

Tizimli taxlil menejmentga axborot nazariyasi
Balans modeli strategik rejalashtirish

Korporatsiyalar xajmi yunali shi, konglomeratlar
Xarbiy sanoat majmuasi rivojlanishi
Bozorga yunaltirilgan rivojlanishi. Inflyatsiya

6. Xolatiy maktab (1950y.-xozirgacha)

D. Tomson,
P.Lorens,
V.Ouchi,
G.Mintsberg
M.Porter.
T.Dil,
A.Keniyedi

Xolatiy kurinishi
“Z” nazariyasi
Tashkiliy strukturalar
Rakobat strategiyasi
Korporativ madaniyat

Iktisodiy farovonlik yuksak
Koinotdagi rakobat
Xalkaro savdo
Texnik tarakkiyet yukori texnologik munosabatlar
Xodimlarning yukori malakasi

Quyida boshqaruvda yondashuvlarning evolyutsiyasining chizmasi ko'rsatilgan [15].


1885y 1920y 1930y 1940y 1950y 1960y hozirgi vaqt
1


2

3


4


5

6


7



8



  1. Ilmiy boshqaruv nuqtai nazaridan yondoshuv

  2. Ma'muriy yondoshuv

  3. Insoniy munosabatlar nuqtai nazaridan yondoshuv

  4. Hulq haqidagi fan nuqtai nazaridan yondoshuv

  5. Miqdoriy usul nuqtai nazaridan yondoshuv

  6. Boshqaruvga jarayon sifatida yondoshuv

  7. Tizimli yondoshuv

  8. Vaziyatli yondoshuv

Yondoshuvlarning qisqacha manzarasidan shu narsa ko'rindiki, boshqaruv fikri doimiy ravishda rivojlanib borgan, bu tashkilotlarni samarali boshqarish haqidagi yangi g'oyalarni tug'ilishga yordam bergan.
Har bir yondoshuv yoki maktabning vakillari faraz qilganlarki, ular tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishishga kalit tola olganlar. Ammo so'nggi tadqiqotlar va boshqaruv amaliyotini ko'rsatishicha, bu tadqiqotlar boshqaruv jarayonining faqat ayrim tomonlariga tegishli bo'lgan, olingan natijalar esa faqat ma'lum vaziyatlar uchungina to'g'ri bo'lgan. Bundan tashqari, boshqaruv amaliyoti hamma vaqt ham tegishli nazariy fikrga qaraganda murakkabroq, chuqurroq va turli tumanliroq bo'lgan. Vaqti vaqti bilan tadqiqotchilar boshqaruv jarayonining yangi,
oldin noma'lum bo'lgan tomonlarini ochganlar va mustahkam bo'lib ko'ringan, ammo noto'g'ri qarashlarni ko'rsatib berganlar. Shunga qaramasdan ushbu tadqiqotchilar boshqaruv fanini rivojlanishiga bebaho hissa qo'shganlar.



Yüklə 237,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin