1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati


Navoiy tasdislari va ular uchun asos bo'lgan g azallar



Yüklə 376,94 Kb.
səhifə20/46
tarix22.09.2023
ölçüsü376,94 Kb.
#147221
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org

Navoiy tasdislari va ular uchun asos bo'lgan g azallar






O'z g'azaltariga tasdis


Tab'ixud musaddas


Lutfiyga tasdis


Husayniyga tasdis


Tasdisga asos bo'lgan g'azal


Tasdis

“Dahr aro chun
qayg'usiz yo’q hech ishrat ey rafiq" ("Navodirush-shabob”. 1-musaddas)

“Jonim o'rtarga ul o'tluq chehra gulzori Xalil" ("Badoyi’ ul-vasat". 1-musaddas)


“Ishq zor etti xaloyiq ibtilosidin meni" (“Badoyi’ ul-vasat". 2-musaddas)


“Vahki, denim kishvarin toroj qildi kofire" ("Navodir ush-shabob”. 580-g’azal


“Subhidam maxmur­ luqtin tortibon dardi sare" (“G’arovib us-sig'ar". 1-musaddas)


“Zulfu siymin jisming af’I ganji Qorun ustina” (“Favoyid ul-kibar", 1-musaddas)




Kulliyotdagi navbatdagi janr musamman deb atalib, “sakkizlik” ma’nosini bildiradi. Alisher Navoiygacha turkiy she’riyatda ushbu janrning ilk marta istifoda etilishi Yusuf Amiriy nomi bilan bog'liq. “Xozoyin ul-maoniy” kulliyotida bitta musamman bo`lib, u “Favoyid ul-kibar” devonign kiritilgan. Musammnn a-a-a-a-a a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a, d-d-d-d-d-d-d-a tarzida qofiynlangan. 7 band - jami 56 misradan iborat. SHe’r muraddaf (radifli) bo'lib, “ ey ko'ngul” jumlasi radif bo'lib kelgan. Musamman ishqiy mavzuda: oshiqning yor ozoridan shikoyat qilib, ko'ngilga murojaati tarzida yaratilgan. Musamman quyidagi band bilan boshlanadi.



Har taraf azm aylab ul sho'xi sitamgor, ey ko'ngul,
Tig'i hajridin necha bo'lg'aybiz afgor, ey ko’ngul,
Chun safar aylab edi bir qatla dildor, ey ko'ngul,
Dardi hajrig'a bo'lub erduk giriftor, ey ko'ngul,
Buylakim, ta’rif etib g'urbatni bisyor, ey ko'ngul,
SHahru kishvardin malolat aylab izhor, ey ko'ngul,
Anglading yo yo'qmukim, aylar safar yor, ey ko'ngul,
Vahki, bo'lduq yana hajri ilgidin zor, ey ko'ngul...
Musamman ramal bahrining ramali musammani mahzuf
(afoyili va taqti’i: foilotun foilotun foilotun foilun, - V - -/ - V- -/- V - - / - V -) vaznida yaratilgan.
“Xazoyin ul-maoniy”da tarji’band janri ham alohida o'rin tutadi. Ma’lumki, tarji’band arabcha “takrorlab bog'lamoq” ma`nosini bildiradi. Adabiy istiloh sifatida esa bir necha banddan iborat bo`lib, g'azal singari qofiyalanadigan, birinchi bandning maqta`si qolgan bandlarning so'ngida ham takrorlanadigan she’r turini anglatadi. Bandlar oxirida o'zaro qofiyalanuvchi bayt barcha tarjixonalarni o'zaro bog'lab turadi va vosila bayt deb ataladi. Tarji’bandlar odatda har biri 8-11 baytdan iborat bir necha banddan tashkil topadi. Turkiy adabiyotda tarji’bandning ilk namunalari Hofiz Xorazmiy ijodida uchraydi. Uning devo­niga 3 ta tarji’band kiritilgan.
Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida 4 ta tarji’band bo'lib, har bir devonga bittadan joylashtirilgan. Tarji’bandlarning ikkitasi tasavvufiy-falsafiy, ikkitasi ishqiy mavzuda.
“G'aroyib us-sig‘ar” devoniga kiritilgan tarji’band “Ketur soqiy, ul mayki subhi alast” misrasi bilan boshlanib, hajman 10 band (har bandda 10 bayt), 100 baytni o‘z ichiga oladi.
Tarji`band haqida tasavvr hosil qilish uchun uning dastlabki ikki bandini keltiramiz:

Yüklə 376,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin