1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org
Adabiyotlar: 1. Komilov Najmiddin. Darvesh Sayid Hasan ta’rifida // O‘zbek tili va adabiyoti. – 1990. –№ 6. –B.3–8.
2. Navoiy A. Asarlar. O‘n besh tomlik. T.I. Nashrga tayyorlovchi: Hamid Sulaymon.– Toshkent: O‘zadabiynashr, 1963.– 496 bet. Bundan keyin sahifa raqami qavs ichida ko’rsatiladi.
3. Navoiy, Alisher. Asarlar. 15 tomlik. T.14. G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1967. –272 bet.
4. Samarqandiy Abdurazzoq. Matlai sa’dayn va majmai bahrayn. II jild. 2–3-qismlar. –Toshkent: “O’zbekiston”, 2008. –B. 337.
5. G‘aniyeva Suyuma. Navoiyning Sayyid Hasanga she’riy maktubi // Kollektiv. O‘zbek adabiyoti tarixi. II tom (XV asrning ikkinchi yarmi). – Toshkent: “Fan” nashriyoti, 1978. – B. 158–167.
6. G‘aniyeva Suyima. Alisher Navoiy (hayoti va ijodi).–Toshkent: “Fan”, 1968. 148 b.
7. Yoqubjon Is`hoqov. Alisher Navoiy va soqiynoma janri // O‘zbek tili va adabiyoti. –1975.–№ 1. –B.16–23.
8. Yoqubjon Is`hoqov. So‘z san’ati so‘zligi. – Toshkent: Zarqalam, 2006.
9.Yoqubjon Is`hoqov Y. Navoiy poetikasi (“Xazoyin ul-maoniy” asosida). – Toshkent: “Fan” nashriyoti, 1983. – 168 b.
1 Akademik Aziz Qayumov ushbu bandni "Sevginoma II" deb ataydi.
2 Aslida ramali maxbun vazni sakkizta ritmik variatsiyadan iborat bo'lib, bu ritmik variatsiyalar soqiynoma misralarida o'zaro almashinib qo'llanilgan. Ritmik variatsiyalar tarkibidagi o'zgarishlar, asosan, birinchi va uchinchi rukndagi bo'g'inlar sifatini o'zgartirish hisobiga ro'y berib, ikkinchi rukn o'zgarishsiz qolaveradi. Bunda birinchi rukn foilotun yoki failotun, uchinchi
rukn esa failun, failon, fa'lun, fa'lon tarzida o'zaro almashinib qo'llanaverishi mumkin.
3 Adabiyotshunoslikda turkiy adabiyotdagi ilk qit'a Xorazmiy "Muhabbatnoma"sida uchraydi degan qarash bor. "Qisasi Rabg'uziy"dagi she'riy parchalarning janr xususiyatlarini o'rganish natijalari asarda qit'a janriga mos keluvchi she'rlar mavjudligini ko'rsatdi.
4 80-yillarning oxirida navoiyshunos Suyima G‘anieva “Navodir un-nihoya”ning yana bir nusxasini Eronning “Koxi Guliston” muzeyi fondidan topdi va bu nusxa 1991-yili “Navoiy dastxati” nomi bilan e'lon qilindi. Olimaning fikricha, mazkur nusxada shoirning muhri bosilgan bo‘lib, u “Navodir un-nihoya”ning Navoiy ko‘chirgan musaddava (qoralama) nusxasidir. Devonning tarkibi faqat g‘azallardan iborat bo‘lib, to‘liq emas: “kof” bilan tugallangan g‘azallardan so‘ng matn uzilib qolgan.
5 Bu haqda to‘liqroq ma'lumot olish uchun qarang: Д.Юсупова. Наводир ун-ниҳоя фақат ғазаллардан иборат девонми? // Алишер Навоий ва XXI аср (Республика илмий-назарий анжумани материаллари). – Т.: TAMADDUN, 2017. – Б.54-60.
6Adabiyotshunos F.Sulaymonova Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga kirmagan she'rlarini to‘plab, “Ayyomi visol o‘ldi yana” nomi bilan nashr ettirdi. Mazkur to‘plamga Alisher Navoiyning 61 g‘azali, 2 ruboiysi, 7 qit'asi va 4 fardi kiritilgan. MATning 20-jildiga ilova tarzida kiritilgan qismda Alisher Navoiyning ushbu she'rlaridan tashqari Husayniy g‘azaliga taxmisi va turli manbalarda uchraydigan she'riy parcha hamda baytlari keltirilgan..
7 Adabiyotshunos olim A.Erkinovning ta'kidlashicha, Alisher Navoiyning muxlislari tomonidan tuzilgan Oqquyunlilar devoni tarkibida ham “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga kirmagan 2 g‘azal mavjud.
8 Professor H.Sulaymon “Devoni Foniy” nusxalarini o‘rganish asnosida shunday xulosaga kelgan.
9 Poetikaning muayyan tarmog‘i ma'lum bir olim tomonidan nisbatan chuqurroq tadqiq qilinganligi uchun adabiyotshunoslikda shu olim nomi bilan bog‘liq holda talqin qilinadi: Tarixiy poetika (A.N.Veselovskiy), nazariy poetika (A.A.Potebnya), struktural poetika (R.Bart, Yu.Lotman) va boshqalar. Shuningdek, ayrim ulug‘ ijodkorlarga nisbatan Navoiy poetikasi (Yo.Is’hoqov), Pushkin poetikasi (S.G.Bocharov), Dostoevskiy poetikasi (M.Baxtin) tarzida qo‘llanish ham qabul qilingan.
10 Борев Ю.Б. Энциклопедический словарь эстетики и теории литературы. Москва, 2008. Эл. версия - П. С. 90-92.
11 Aslida ilmi balog‘a dastlab ilmi bayon shaklida paydo bo‘lgan. Islom olamining mashhur olimlaridan bo‘lgan Fazl ibn Rabiy'ning majlisida yig‘ilganlar Qur'oni Karimdagi “Zaqqum” to‘g‘risidagi oyatni tushunmaganliklari, undagi zaqqum daraxtining mevasi va shaytonning boshi haqidagi jumlalarni sharhlashni so‘raganlarida ularga Abu Ubayda javob beradi. U xalq orasida mashhur bo‘lgan yalmog‘iz kampirning o‘tkir va uchli tishlari haqidagi baytlarni o‘qib, “Ushbu bayt ma'nosini qanday tushunsangiz, oyatning ma'nosi ham shunday bo‘ladi. Chunki oyatdagi o‘xshatilmish ham, o‘xshatiladigan ham noma'lum bo‘lgan narsalar. Arablar surati xunuk barcha narsalarni shaytonga o‘xshatishni odat qilganliklari uchun oyatda ham shunday o‘xshatish kelgan” degan mazmundagi fikrni aytadi. Shundan so‘ng Qur'oni Karimdagi bu tariqa nozik o‘rinlar haqida kitob yozishga ehtiyoj tug‘iladi va Abu Ubayda Ma'mar ibn al Musanniy al Basriy tomonidan “Majoz ul-Qur'on” asari (hijriy ikkinchi asr) vujudga keladi. Bunda tashbih, istiora va kinoya ilmi bayonning asosiy badiiy vositalari sifatida xizmat qilgan.
Ilmi ma'oniy esa mantiq va obrazlar haqidagi ilm bo‘lib, u haqda dastlab asar yozgan olim Amr ibn Bahr al-Johizdir. Uning “Al-bayon vat tabyin” va “I'joz ul-Qur'on” asarlarida ilmi ma'oniy haqida fikr yuritiladi. Keyinchalik bu ilmlar qatoriga ilmi badi' haqidagi ilm ham qo‘shilib, unda badiiy nutq vositalari (badiiy san'atlar) tadqiq qilingan va ilmiy bayon uchun asos vazifasini o‘tagan tashbih, istiora va kinoya san'atlaridan boshqa barcha san'atlar ushbu ilmning o‘rganish ob'ektini tashkil qilgan. Bu ilm haqida ilk asar yozgan muallif sifatida Abdulloh ibn Mu'tazz nomi keltiriladi.
12 Adabiyotshunoslikda turkiy adabiyotdagi ilk qit'a Xorazmiy “Muhabbatnoma”sida uchraydi degan qarash bor. “Qisasi Rabg‘uziy”dagi she'riy parchalarning janr xususiyatlarini o‘rganish natijalari asarda qit'a janriga mos keluvchi she'rlar mavjudligini ko‘rsatdi.
13 Asar haqida A. Qayumov, S. G‘anieva, T. G‘ofurjonova, I. Husanxo‘jayev, H. Boltaboev, I. Haqqulov, M. Rajabova ilmiy maqola va tadqiqotlar e’lon qilishgan. M. Rashidova “Nazm ul-javohir”ning matniy tadqiqoti bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan hamda ilmiy-tanqidiy matnini nashr ettirgan.
14 Adabiyotshunos M.Rajabova “Nazm ul-javohir”ning yaratilishiga yana bir sabab sifatida hazrat Ali qabrining Balxda ekanligi va uni tahqiq etishda Alisher Navoiyning shaxsan o‘zi qatnashganligini keltirib o‘tadi. (Bu haqda qarang: М.Ражабова. “Назм ул-жавоҳир” тарихига оид муҳим манба // Алишер Навоий ижодий ва маънавий меросининг оламшумул аҳамияти (халқаро илмий-назарий анжуман материаллари). – Т.: Ўзбекистон, 2011. – Б.72-75. )