1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org
Avvalg‘ini fazl durrig‘a ummon bil, Soniysini adl gavharig‘a kon bil, Solisni hayo gulbunig‘a bo‘ston bil, Robi’ni valoyat badanig‘a jon bil. Asosiy qismda dastavval Hazrat Alining arabcha hikmati asliyatda keltirilib, so‘ng har bir hikmatning umumiy yo‘nalishidan kelib chiqqan holda to‘rt misrasi ham qofiyalanuvchi ruboiylardan foydalanilgan. Ushbu ruboiylardan 221 tasi muraddaf (radifli) bo‘lib, Shundan 33 tasi ikki so‘zli, 188 tasi bir so‘zli radif, 47 ruboiy esa radifsiz. Umumiy miqdori 268 ta bo‘lgan arabcha hikmatli so‘zlardan anglashiladigan fikrlar to‘rt misradan iborat she’riy shaklda o‘zining tugal poetik ifodasini topgan. Mazkur ruboiylarning to‘rt misrasi ham qofiyadosh bo‘lishida ramziy ma'no bor: shoh taxtining to‘rt poyasi uni ko‘tarib turadi, Ka'batullohni biz to‘rt devori bo‘lganligi uchun tasavvur eta olamiz, falakning to‘rtinchi qavati quyoshning maskanidir va boshqalar:
Har birini to‘rt durri shahvor degil, To‘rtunchi falakda mehr zarkor degil. Rub'i maskunda Ka'bai osor degil, Baytul muqaddasqa to‘rt devor degil. “Nazm ul-javohir”dagi ruboiylar mavzu jihatdan rang-barangdir. Ularda biz hayotning mohiyati, do‘stlik va sevgining ulug‘vorligi, insoniylikning qadr-qimmati to‘g‘risidagi nodir fikrlardan bahramand bo‘lamiz. Masalan, 100-ruboiyga hazrat Alining “Do‘stlarni ziyorat qilish muhabbatni oshiradi” degan o‘gitlari asos qilib olingan:
Har kimki habibing o‘lsa evrul boshig‘a, Mahv o‘l yuzig‘a, jonni fido qil qoshig‘a, Tosh ursa, ravoningni tufayl et boshig‘a, Tajdidi muhabbat angla bormoq qoshig‘a. Yoki 237-ruboiyda “Kishining ulug‘ligi uning himmatidan bilinadi” degan fikr sharhlanadi:
Har kimsaki iqbol aning yovaridur, Har yonki yuz ursa, himmati rahbaridur, Himmat duri faxr tojining gavharidur, Chun himmati odam o‘g‘lining sarvaridur. “Nasr ul-laoliy” – Hazrat Alining axloqiy qarashlari aks etgan hikmatlar majmui. Navoiy bu asardan chinakam insoniy barkamollik kasb etishi uchun lozim bo‘lgan shartlarni saylab, birma-bir ta’riflaydi. Ahdga vafo qilish, Shukr, oila tutish odobi, diyonat va omonatni saqlay bilish, ota-onaga hurmat, sabr, nafs dushmanligi, til ofati, minnat bilan yaxshilik savobini yo‘qqa chiqarish xatari, tavakkul, ilmga intilmoq, himmat va adolat kabi ibratli fazilatlar tarannumidan iborat bo‘lgan ruboiylarida arabcha hikmatlarda muxtasar tarzda bayon etilgan mangulikka daxldor quyma fikrlarni rivojlantirib, yangi mazmunlar bilan boyitgan.
Ruboiylar mazmun-mundarijasiga ko‘ra turkumlanmagan. Ayrim to‘rtliklar yaxlit bir mavzu g‘oyalarini ifodalasa-da, ular “Nasr ul-laoliy”da qay tartibda kelgan bo‘lsa, Shundayligicha kitobat qilingan. Masalan, asarda so‘z ta’rifida 14 ta ruboiy yozilgan bo‘lib, ular ketma-ket keltirilmaydi. To‘rtliklar zamiriga singdirilgan hikmatlar so‘z gavharining turli qirralarini yoritib, bir-birini to‘ldirib boradi. Jumladan, 19-ruboiyda kishi boshiga ko‘p balolar tilidan kelishi ta’kidlangan bo‘lsa, 46-ruboiyda so‘zlarning eng yaxshisi qisqa, lo‘nda va muxtasar so‘z hisoblanishi aytiladi:
Har kimsaki, so‘z demak shiorida durur, Ma’ni guli nutqining bahorida durur, So‘zkim desun ulki ixtiyorida durur, So‘z yaxshilig‘i chu ixtisorida durur. Shu mavzudagi keyingi ruboiylarda esa yaxshi suhbatdoshning fazilati, achchiq so‘zning kasofati, so‘z – aqlning belgisi, ravon va fasohat bilan so‘zlash – ma’naviy boylik ekanligi, sukut saqlash sharofati kabi durdona fikrlar nazm ipiga tizilgan. Hikmatli so‘z (aforizm)ning asosiy xususiyati – juda ko‘p fikrlarni oz so‘z bilan ifodalash malakasidir. Shu sababli, hikmatlar zamirida jo bo‘lgan ma’no qatlamlarini tafakkur va tadabbur etib, mag‘zini chaqib olish ham fikr daqiqligi va alohida tayyorgarlikni talab qiladi. Navoiy Hazrat Alining hikmatlarini she’riy yo‘sinda sharhlar ekan, hikmatlarning bosh g‘oyasini asos qilib oladi va oddiy o‘quvchi ilg‘ashi qiyin bo‘lgan jihatlariga shoirona izoh beradi. “Nazm ul-javohir” ruboiylarining yana bir muhim xususiyati – ularda murakkab ifoda usullari, anglash qiyin bo‘lgan ma’naviy san’atlar, ikki-uch ma’noni ifodalaydigan so‘zlar, ilmiy atamalar, talmehlar umuman qo‘llanilmagan. Navoiyning “sahli mumtane’” (tuShunilishi oson, ammo o‘xshatib yozish imkonsiz) uslubida yozilgan ruboiylarda bayon etilgan falsafiy umumlashmalar tufayli o‘quvchining taxayyul ufqlari kengayadi, ruboiyda ifoda etilgan fikrlarni rivojlantirib, yangi-yangi xulosalar chiqaradi va hayotga tatbiq qilish imkonlarini ko‘ra boshlaydi.
Hikmatlar hazrat Alining boy ma’naviy olami, beqiyos tafakkur tarzi, so‘z mo’jizasini egallash qobiliyati, teran tafakkuri hamda benazir shaxsiyatidan guvohlik beradi. XV asrning ijtimoiy barqarorligiga xavf solgan shialik mazhabiga mansub ayrim buzg‘unchi guruhlar hazrat Alini umr bo‘yi siyosiy hokimiyat uchun kurashgan va bu siyosiy kurashni kelajak avlodga ham vasiyat qilib qoldirgan omadsiz siyosatchi sifatida talqin qilib, islom olamida oxirzamon payg‘ambaridan keyin eng mashhur bo‘lgan shaxs nomidan o‘zlarining g‘arazli niyatlarini amalga oshirishga foydalanmoqchi, ayrim mutaassib sunniylar esa hazrat Aliga tavajjuh zohir qilgan sog‘lom e’tiqodli kishilarni rofiziylik tuhmati bilan badnom qilmoqchi bo‘lganlar. Navoiy bu hikmatlar tarjimasi orqali hazrat Alining shaxsiyati, dunyoqarashi, e’tiqodi va maslagi dunyoparastlarning da’vo va iddaolaridan baland turishini amalda isbotlab berdi hamda e’tiqod, diyonat, dunyoqarash bobida Alidek zotlar bilan maslakdosh ekanligini ham ko‘rsatdi.
“Nazm ul-javohir”ni o‘qigan kishi islom dini – eng avvalo, ma’rifat, go‘zal axloq, ezgu niyat va solih amal qilishga hidoyat etuvchi, jaholat, riyo, xudbinlik, tanballik, zulm va zo‘ravonlikni qoralaydigan muqaddas din ekanligiga yana bir karra ishonch hosil qiladi. Shu sababli, “Nazm ul-javohir” mavzu nuqtai nazaridan diniy asar hisoblansa-da, mohiyat etibori bilan axloqiy-didaktik asarlar sirasiga kiradi.
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi barcha devonlar muayyan kichik lirik janrlar bilan ziynatlangan. “G‘aroyib us-sig‘ar”da bu holat ruboiy janri vositasida namoyon qilingan bo‘lsa, “Navodir ush-shabob” muammo, “Badoye’ ul-vasat” lug‘z va tuyuq janrlari joylashtirilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi, “Favoyid ul-kibar” esa xulosalovchi janr hisoblanmish fard bilan yakunlangan. Bu holat faqat shakliy xususiyat kasb etmay, devonlarning nomlanishi va mohiyati bilan ham aloqador. Kichik lirik janrga mansub she'rlar o‘zaro boshqa devonlarda uchramaydi, ya'ni ruboiylar “Navodir ush-shabobda”, fardlar esa “G‘aroyib us-sig‘ar”da yo‘q. Alisher Navoiy bu janrlarni devonlarga taqsimlar ekan, mantiqiylikka ham rioya qilgan. Masalan, ruboiyda fikr va tuyg‘uni lo‘nda tarzda ifodalash imkoni mavjud va aksar ruboiylarda asosan ishq mavzusi yetakchilik qilgan. Bu esa aynan insonning ulg‘ayish jarayonidagi holatlarini o‘zida aks ettirayotgandek. Muammo esa kishidan zehn, diqqat va aqliy mehnat talab qiladi. Yigitlikda insonning aqli charxlanib boradi. Shu bois, “Navodir ush-shabob”da muammolarning kelishi ayni Shu holatning ifodasi deyish mumkin. Qolaversa, “Xazoyin ul-maoniy”ga qadar yaratilgan “Badoye’ ul-bidoya” devoniga kiritilgan muammolarning barchasi “Navodir ush-shabob”ga ko‘chib o‘tgan. Demak, shoir turkiy tildagi barcha muammolarini qirq yoshiga qadar yozib bo‘lgan.
“Badoye’ ul-vasat”da kelgan lug‘z janriga oid she'rlar topqirlikni, tuyuqlar esa hassoslikni, sezgirlikni talab qiladi. O‘rta yoshlarda inson, odatda, hayot haqiqatlarini to‘la bir shaklda tuShunadi, qalbidan o‘tkazadi. Bu janrga mansub she'rlar esa ayni Shu holatga mos keladi. Alisher Navoiy devonni tariblashda bu holatga ham diqqat qaratgan, nazarimizda. Fard, asosan, pandnoma ruhida yoziladi. Unda hayotiy xulosalar quyma misralarda aks ettiriladi. Keksalik – donishmandlik va mutafakkirlik maqomidir. Bu maqomdan turib hayotiy tajribalarni o‘zida mujassam qilgan chuqur mazmunli fardlarni yaratish tabiiy. Shuning uchun Alisher Navoiyning fardlari “Favoyid ul-kibar” devonidan o‘rin olishi zamirida ushbu o‘ziga xoslikni payqash mumkin. Qolaversa, yoshligida do‘stlari va yaqinlari ko‘p bo‘lgan inson keksayganda, o‘zi istasa-istamasa fardlikka – yolg‘izlikka yuz tutishi kuzatiladi. Ehtimol, fardlarning faqat “Favoyid ul-kibar”da keltirilishi ushbu haqiqatning tasdig‘i ham bo‘lishi mumkin. Bu holatlar Alisher Navoiy she'rlarni o‘z kulliyotiga joylashtirar ekan, janrlarning nafaqat shakli, balki mohiyatiga ham diqqat qaratganini asoslaydi.
Ruboiy. Alisher Navoiy ruboiy janrida ko’p asarlar bitgan bo’lsa-da, ulardan 133 tasini "G’aroyib us-sig’ar" devoni tarkibiga kiritgan. Ruboiylar mumtoz she`riyat nazariyasi talablariga to’la javob beradi. Ular hamd, na`t hamda falsafiy-ijtimoiy, ishqiy-axloqiy mavzularga bag’ishlangan . Alisher Navoiy ruboiylaridan ayrim namunalar aytilganlarga misol bo’la oladi:
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish,
El anga shafiqu mehrubon bo’lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa
Bulbulg’a tikondek oshyon bo’lmas emish.
Kim istasa saltanat saxodur anga shart,
Har va`daki aylasa, vafodur anga shart.
Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart,
Ollig’a nekim kelsa, rizodur anga shart.
Mazkur ruboiylar "G’aroyib us-sig’ar" devoniga kiritilgani uqtirilgan edi. Alisher Navoiyning "Xazoyin ul-maoni" uchun yozgan debochasida ham ruboiylar bor. Ularda hasbi hollik xususiyatlari hamda ma`lum tarixiy voqeani ifodalash ko’proq ko’zga tashlanadi. Jumladan:
SHoirlig’ ila Shuhra qilib otimni,
Zoe` qildim she`r ila avqotimni.
Emdi tuzayin Tengriga tootimni,
Ko’p elga mushavvash etmay ab'yotimni
Shunday qilib, Alisher Navoiy ruboiylarining bir guruhi an`anaviy mavzularda ( ishq, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy…) yozilgan bo’lsa, ikkinchi guruhida ruboiy yozilayotgan davrdagi tarixiy hodisalar, shoir kayfiyati, hasbi holi bayoni ham o’rin olgan.
“Xazoyin ul-maoniy”da ruboiy janrining ham o‘ziga xos o‘rni bor. Ruboiy (ar. “to‘rtlik”) ikki baytdan iborat mustaqil she'r bo‘lib, dastlab fors-tojik she'riyatida, Abu Abdulloh Rudakiy ijodida paydo bo‘lgan. Turkiy adabiyotda ruboiy janrining dastlabki namunalari Hofiz Xorazmiy devonida uchraydi. Uning jami 12 ta ruboiysi mavjud. Ruboiyning 2 xil turi bor: