(“Favoyid ul-kibar”, 29-fard) Shuningdek, mazkur fardga “Musulmon musulmonga ko‘zgudir” degan hadis mazmuni ham ustalik bilan singdirilgan.
Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy”sida 86 ta fard mavjud bo‘lib, 82 tasi qofiyali, 4 tasi esa qofiyasizdir. Fardlarning barchasi “Favoyid ul-kibar” devoniga kiritilgan. Navoiy fardlari shoirning hayotiy tajribalari mahsuli bo‘lmish chuqur mushohadalari va mantiqiy xulosalarini o‘zida aks ettirish bilan birga, shoir she’riy dahosining ayrim qirralari haqida muayyan tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Quyidagi fardda shoirning davr va olam ahli haqidagi falsafiy qarashlari o‘z ifodasini topgan:
Istasangkim, ko‘rmagaysen bevafolig‘, ey rafiq, Qilma olam ahli birla oshnolig‘, ey rafiq. Dars maqsadi: Navoiy she`riyatining mazmun-mundarijasi, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari, ma’naviy-estetik va tarbiyaviy ahamiyati haqida aniq tasavvur hosil qilish, she’riy matnlar tahlili ko’nikmasi.
Dars vositalari: zaruriy adabiyotlar, Alisher Navoiyning nashr ettirilgan asarlari (MAT, 3-6-tomlar, 1989-1991), izohli lug’atlar, internet ma’lumotlari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Blits so’rov, an`anaviy ma`ruza, suhbat, qisqa muddatli test.
Adabiyotlar:
Болтабоев Ҳ., Маҳмудов М. Адабий-эстетик тафаккур тарихи. “-жилд. Ўрта асарлар. Уйғониш даври (IV–XVI). Тоshкент: Mumtoz so’z, 2016.– 428 б.
Коллектив. Ўзбек адабиёти тарихи. II том (XV асрнинг иккинчи ярми). –Тоshкент: “Фан” наshриёти, 1978. –400 бет.
Комилов Нажмиддин. Тасаввуф. –Тоshкент: “Movarounnahr” ва “O’zbekiston”. 2009. –448
Ғаниева Суйима. Алишер Навоий (ҳаёти ва ижоди).–Тоshкент: “Фан”, 1968. 148 б.
Акрам, Ботирхон. Фасоҳат мулкининг соҳибқирони.–Тоshкент: ”Ўзбекисчтон”, 1991. –244 б.