4-Mavzu. “Tarixi muluki Ajam” va “Tarixi anbiyo va hukamo”
SEMINAR MASHG’ULOTLARI
2-Mavzu. Lirik asarlarni sharhlash tamoyillari. Navoiy g‘azallarini sharhlash mezonlari.
RЕJA:
Badiiy matn talqini asoslari.
SHarh, tahlil, talqin, tafsir, ta’vil.
Navoiy asarlariga sharh va izoh yozish an’anasi (lug‘atlar, nasriy “Xamsa”lar, vazn ko‘rsatkichlari).
G‘azalning yaratilish davri.
Qaysi devonga mansubligi, mavzusi.
Murakkab so‘zlar lug‘ati, baytlarning nasriy bayoni.
SHohbaytlar talqini, g‘azalning badiiy xususiyatlari, umumiy mazmun-mohiyati.
Dars vositalari: Zaruriy adabiyotlar, internet ma’lumotlari, ko‘rgazmali vositalar.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: keys usuli, muammoli ta’lim, diologik yondoShuv va boshqalar.
Musulmon SHarqi she'riyati tarixini Alisher Navoiy lirikasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Uning lirik merosi o‘zigacha yaratilgan fors-tojik va turkiy she'riyatning davomi bo‘lish bilan birga barcha zamonlardagi o‘zbek she'riyatining eng yuksak cho‘qqisi hamdir. Har ikkala tilda yuksak badiiy asarlar yarata olish qobiliyatiga ega bo‘lgan hassos shoir 45 ming misraga yaqin turkiy tildagi she'rlari va 12 ming misradan ortiq fors-tojik tilidagi nazmiy merosi bilan o‘sha davr she'riyati rivojiga katta hissa qo‘shdi.
Alisher Navoiy bolalik yillaridanoq badiiy ijod bilan Shug‘ullana boshlagan. “Uch yosh bila to‘rt yoshning orasida” forsigo‘y adib Qosim Anvorning baytini yod o‘qib, yig‘ilganlarni hayratda qoldirgan (“Majolis-un nafois”) Alisher 15 yoshlarida “malik ul-kalom” Lutfiyning tahsiniga sazovor bo‘ladi. Adabiyot ixlosmandlari undan devon tuzishni iltimos qilganlarida, u g‘oyat kamtarlik yuzasidan devon tuzish uchun hali vaqt erta deb hisoblaydi. Shunda shoirning muxlislari 1465–66 yillarda uning she'rlarini to‘plab, devon tuzadilar va bu devon o‘z davrida “xattotlar sultoni” nomi bilan mashhur bo‘lgan Sultonali Mashhadiy tomonidan nasta'liq xatida ko‘chiriladi. Navoiyning o‘zi “Badoye’ ul-bidoya”ga yozgan debochasida “…ammo xaloyiq arosida ming bayt-ikki ming bayt ortug‘roq, o‘ksukrakkim o‘zlari jam' qilib erdilar, bag‘oyat mashhur bo‘lub erdi”, – deb yozadi. Devon uni nashrga tayyorlagan adabiyotShunos olim Hamid Sulaymonov tomonidan shartli ravishda “Ilk devon” deb nomlangan bo‘lib; 391 g‘azal, 41 ruboiy, 1 mustazod, 1 muxammas – jami 434 she'rdan tashkil topgan.
Devonga shoirning 1466-yildan avval yozilgan asarlari kirgani uchun undagi she'rlarning yozilish sanasi nisbatan aniq deb hisoblash mumkin, Shu sababli bu devon shoirning o‘spirinlik va yigitlik davridagi ijodi va tarjimai holi haqida muayyan tasavvur beruvchi manba sifatida yuksak qiymatga ega. Devondagi she'rlarning asosiy qismini g‘azallar tashkil etadi. G‘azallar 28 arab harflari bilan tugallanuvchi qofiya hamda radiflar asosida tuzilgan. “Ilk devon” musulmon Sharqida mavjud an'anaga muvofiq hamd g‘azal bilan ibtido topadi.
Iloho, podshoho, kirdigoro,
Sanga ochug‘ nihonu oshkoro, –
matla'si bilan boshlanuvchi ushbu g‘azal shoirning dastlabki rasmiy devonlaridan o‘rin olmagan bo‘lsa-da, “Xazoyin ul-maoniy”ning birinchi devoni “G‘aroyib us-sig‘ar”ga kiritilgan. Devondagi g‘azallarni kuzatar ekanmiz, bugungi kunda xalq orasida mashhur bo‘lgan quyidagi g‘azallar ham aynan shoir ijodining ilk davrida yaratilganligiga guvoh bo‘lamiz:
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi...
Ko‘rgali husnungni zoru mubtalo bo‘ldum sango,
Ne balolig‘ kun edikim oshno bo‘ldum sango...
Navoiy falsafiy tafakkurida muhim qiymatga ega bo‘lgan “Ango” radifli g‘azalning ham aynan Shu devondan o‘rin olganligi hoirning o‘sha davrdagi yuksak salohiyatidan darak beradi. G‘azal matla'sini keltiramiz:
Har gadokim, bo‘riyoyi faqr erur kisvat ango,
Saltanat zarboftidin hojat emas xil'at ango.
“Ilk devon”ga g‘azal janridan so‘ng
Ne vo‘smavu ne kesmadur ul zulfi sumansoy,
ne g‘amzai jodu
Mashshota sanga zoli falakdur magar, ey oy,
xurshid anga ko‘zgu
deb boshlanuvchi bitta mustazod joylashtirilgan bo‘lib, bu mustazod Alisher Navoiy tomonidan dastlab “Badoye’ ul-bidoya”, keyinchalik “Badoye’ ul-vasat” devoni tarkibiga kiritilgan.
Devonga uchinchi janr sifatida kiritilgan bitta muxammas yaratilish xuusiyatiga ko‘ra taxmis shaklida bo‘lib, Mavlono Lutfiy g‘azaliga bog‘langan. Muxammas “SHarbati yuhyil izom erni mayi nobindadur” degan misra bilan boshlanadi. Bu taxmis ham dastlab “Badoye’ ul-bidoya”ga, keyinroq kulliyotning uchinchi devoni “Badoye' ul-vasat”ga kiritilgan.
“Ilk devon” ruboiy janridagi she'rlar bilan intiho topadi. Devondan jami 41 ta ruboiy o‘rin olgan bo‘lib, ular ham g‘azal singari arab alifbosi tartibida joylashtirilgan. Tartiblangan ruboiylar mazmunida ham SHarq devonchiligi an'anasiga amal qilish ko‘zga tashlanadi: dastlab hamd va munojot mazmunidagi ruboiylar, keyin esa na't mazmunidagi ruboiylar keladi. Ushbu ruboiylar Alisher Navoiy tomonidan dastlab “Badoye' ul-bidoya”ga, keyinchalik “G‘aroyib us-sig‘ar” devoni tarkibiga kiritilgan. Devondagi dastlabki ruboiy “Subhonallohi xoliqi zul-majdu alo” misrasi bilan boshlanib, unda Yaratganning in'ikosi mehr (quyosh) timsoli vositasida tashbih qilinib, uning nisbati quyosh va zarra munosabatlari orqali ochib berilgan. “Ilk devon”dan o‘rin olgan oxirgi ruboiyning
Kim hashrda mast o‘lay xarob ey soqiy,
To anglamay etsalar azob ey soqiy
deb tugallanuvchi so‘nggi ikki misrasi devonga ham yakun yasaydi.
“Ilk devon”dagi barcha she'rlarning keyinchalik “Xazoyin ul-maoniy”ga kiritilganligi ularning Alisher Navoiy uchun ham qadrli bo‘lganligini ko‘rsatadi. Devondagi she'rlar kulliyot tarkibidagi devonlarga quyidagicha taqsimlangan:
“G‘aroyib us-sig‘ar”ga – 156, “Navodir ush- shabob”ga – 0, “Badoye' ul-vasat”ga – 132, “Favoyid ul-kibar”ga – 146 ta she'r.
“Ilk devon”ning fanga hozirgacha ikki qo‘lyozma nusxasi ma'lum:
Sultonali Mashhadiy tomonidan 870/1465-66 yilda ko‘chirilgan qo‘lyozma Sankt-Peterburg shahrida, Rossiya Milliy kutubxonasida Dorn 564 inventar raqami ostida saqlanadi.
Qozon shahrida saqlanuvchi qo‘lyozma 976/1567-68 yilda Mahmud kotib tomonidan ko‘chirilgan bo‘lib, Qozon davlat universitetining ilmiy kutubxonasida 1742-inventar raqami ostida saqlanadi.
NavoiyShunos olim, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov jahon qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan nusxalarni o‘rganish asnosida Alisher Navoiyning ixlosmandlari tomonidan tuzilgan yana bir devoni qo‘lyozmasini aniqlab, 2012-yilda fanga ma'lum qildi. Mazkur devon shoirning Oqquyunlilar sulolasi (Ozarbayjon va G‘arbiy Eron hududida 1378–1508-yillarda hukmronlik qilgan o‘g‘uz turklari) hukmronligi hududidagi muxlislari tomonidan tuzilgan bo‘lib, hozircha fanda shartli ravishda “Oqquyunli muxlislar devoni” nomi bilan yuritilmoqda.
Devon 1471-yil 25-dekabrda Anisiy taxallusi bilan she'rlar yozgan shoir va xattot Abdurahim ibn Abdurahmon Xorazmiy tomonidan Oqquyunlilar saltanatining markazlaridan biri bo‘lgan SHeroz shahrida ko‘chirilgan. Devonda jami 229 ta she'r bor: 224 g‘azal, 1 mustazod, 3 muxammas va 1 tarji'band. Bu majmuadagi 224 g‘azaldan 217 tasi “Badoye’ ul-bidoya”ga va faqat bittasigina “Navodir un-nihoya”ga o‘tgan. Devondagi 85% g‘azal “Ilk devon”da uchramaydi. Bu holat mazkur g‘azallarning katta qismi 1466-yildan keyingi 5 yil orasida (1471 yilgacha) yaratilganligini ko‘rsatadi.
“Oqquyunli muxlislar devoni” qo‘lyozmasi
Ey, safhayi ruxsoring azal xattidin insho,
Debochayi husnungda abad nuqtasi tug‘ro, –
matla'li g‘azal bilan boshlanadi. Devondagi g‘azallarning aksariyat qismi besh yoki yetti baytdan tarkib topgan. Unda “Ilk devon”dan o‘tgan kattaroq hajmdagi g‘azallar ham besh yoki yetti baytdan iborat tarzda, ya'ni qisqartirib berilgan.
Devondan o‘rin olgan mustazod
Ey, husnungga zarroti jahon ichra tajalli,
mazhar sanga ashyo,
Sen lutf bila kavn-u makon ichida mavli,
olam sanga mavlo
degan bayt bilan boshlanadi, bu mustazod keyinchalik shoirning birinchi rasmiy devoni “Badoye’ ul-bidoya” va “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining ilk devoni “G‘aroyib us-sig‘ar”ga kiritilgan.
Devondagi 3 muxammas Lutfiy g‘azallariga yozilgan bo‘lib, ular ham keyinchalik “Xazoyin ul-maoniy” tarkibidagi devonlardan o‘rin olgan.
“Oqquyunli muxlislar devoni” devondagi so‘nggi janr – tarji'bandning
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay ko‘ngulga munis
bayti bilan yakun topgan.
Avvallari Alisher Navoiyning turkiy tildagi she'riyati 4 bosqichda: “Ilk devon”, “Badoye’ ul-bidoya”, “Navodir un-nihoya”, “Xazoyin ul-maoniy” tarzida o‘rganilib kelinardi. Endilikda mazkur devon topilgandan so‘ng Alisher Navoiy she'riyatini besh bosqichda o‘rganishga zarurat seziladi. Buni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |