T.r
|
Janr nomi
|
Miqdori
| |
Sahifasi
| | |
1.
|
G‘azal
|
628
|
1b -184 b
|
2.
|
Mustazod
|
3
|
184b-188 a
|
3.
|
Tarji'band
|
3
|
188a -198b
|
4.
|
Qit'a
|
5
|
198b -199 b
|
5.
|
Ruboiy
|
46
|
199b -204a
|
6.
|
Lug‘z
|
1
|
204b
|
7.
|
Muammo
|
6
|
204b -205a
|
8.
|
Tuyuq
|
1
|
205a
|
|
Jami
|
693
|
|
Bu janrlar tarkibini o‘rganib, ularni avvalgi rasmiy devondagi she'rlar bilan qiyoslasak, quyidagi natija paydo bo‘ladi: devondagi she'rlarning aksariyati, ya'ni 65 she'rdan 63 tasi avvalgi rasmiy devon “Badoye’ ul-bidoya”da ham mavjud (bir qit'a va ruboiydan tashqari). Bu taajjublanarli hol, chunki Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” debochasidagi “ul jam'u tartibdin boshqa (“Badoye’ ul-bidoya” nazarda tutilyapti) yana har taqrib bila har nav' abyotkim, aytilib erdiyu har nav' g‘azaliyotkim, yig‘ilib erdi (“Navodir un-nihoya” haqida so‘z boryapti) degan fikriga tayanadigan bo‘lsak, mazkur devondagi turli janrga mansub she'rlarning asosiy qismi yangi bo‘lishi kerak edi, qolaversa shoir ijodiy laboratoriyasini o‘rgangan olimlar uning “Xazoyin ul-maoniy”gacha bo‘lgan davrdagi she'riyati devondan devonga asosan yangilanib borganligini ta'kidlaydilar5.
Bundan tashqari, mazkur devon uchun debocha ham yozilgan bo‘lib, Navoiy bu haqda “Xazoyin ul-maoniy”da Shunday deydi: “... ikkinchi devonimdakim, “Navodir un-nihoya”g‘a mashhurdur, rabt-u tartib berib, debochasinda sharh bila aizzayi as’hobu ajillayi ahbob xidmatlarida arz qilib erdim”. Lekin afsuski bu debocha bizga ma'lum qo‘lyozmalarda ham, zamonaviy nashrlarda ham uchramaydi.
Bu kabi masalalar navoiyShunoslikdagi yechimini kutayotgan muammolardan bo‘lib, ushbu holat “Navodir un-nihoya” devonining mukammal nusxasi hali topilmaganligini ko‘rsatadi.
“Navodir un-nihoya”dagi g‘azallar keyinchalik “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga quyidagi miqdorda joylashtirilgan: 64 g‘azal “G‘aroyib us-sig‘ar”ga, 331 g‘azal “Navodir ush-shabob”ga, 213 g‘azal “Badoye’ ul-vasat”ga va 196 g‘azal “Favoyid ul-kibar”ga kiritilgan. Hazrat Navoiy “Navodir un-nihoya”dagi g‘azallarni “Xazoyin ul-maoniy”ga kiritganda ko‘pincha ularni tahrir qilgan, ba'zi g‘azallarning faqat matla'sini saqlab qolib, qolgan baytlarini butunlay o‘zgartirgan.
Devon Navoiyning hamd mazmunidagi mashhur g‘azali bilan boshlanadi:
Zihi zuhuri jamoling quyosh kibi paydo,
Yuzung quyoshig‘a zarroti kavn o‘lub shaydo.
Alisher Navoiy 1492–1498-yillarda Husayn Boyqaroning taklifi bilan o‘zining barcha she'rlari, jumladan, avvalgi rasmiy devonlariga kirgan she'rlarini ham to‘plab, “Xazoyin ul-maoniy” (“Ma'nolar xazinasi”) nomli yirik kulliyot yaratadi. Kulliyot to‘rt devonni o‘z ichiga olganligi uchun “Chor devon” deb ham yuritiladi. Kulliyotning Sankt-Peterburg (1498-99, inv. Xanikov-55; 1592-96, inv. Dorn-558), Istanbul (1495-97, xattot Darvesh Muhammad Toqiy ko‘chirgan, inv. № 808), Parij (1525-27, kotib al-Hijroniy ko‘chirgan, inv. № 316-317) nusxalari mavjud bo‘lib, ular asosida professor H.Sulaymonov kulliyotning ilmiy-tanqidiy matnini yaratdi (1959-60). Mazkur matn MATning 3–6-jildlarini tashkil etuvchi devonlar uchun asos bo‘lgan.
Alisher Navoiy to‘rt devonning har biriga inson umrining fasllariga moslab nom berdi. Shu ma'noda 7–8 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan davrni inson umrining bahori deb atadi va kulliyotning birinchi devonini “G‘aroyib us-sig‘ar” (“Bolalik g‘aroyibotlari”) deb nomladi.
20 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan davrni inson umrining yozi deb belgiladi va “Navodir ush-shabob” (“Yigitlik nodirliklari”) deb atadi. 35–45 yoshni umrning kuziga qiyos etdi va "Badoye’ ul-vasat" ("O‘rta yosh go‘zalliklari") deb nomladi. 45–60 yoshini umrining qishiga o‘xshatib, "Favoyid ul-kibar" ("Keksalik foydalari") deb atadi. Har bir devonga 650 tadan g‘azal kiritdi, Shunga muvofiq boshqa she'riy janrlarga (jami 16 janr) ham joy ajratdi.
Mazkur janrlarning kulliyotdagi tartibi va o‘zaro nisbatini H.Sulaymonov tuzgan quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |