1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org
Davron sanga zulm etsa, qadahlar to'la may ich, Qon yutsang ayog'lar to'la, davrong'a ne parvo. Maqta’da Alisher Navoiy ul sho'x - Yor maydon aro kim unga qarasa, tig' bilan halok etayotganini tilga olgan, ammo u ataylab o'z oshig'iga qaramaydi, ya’ni unga tig' urmaydi. Bu yerdagi tasvir tasvvufdagi insonning holi bilan bog'liq. Ya’ni zikr bilan qalbi mast bo'lgan kishining ko'nglida Allohning nuri aks etadi, bu nur esa uni olamga qalb ko'zi bilan nazar solishga undaydi. SHoir Ul sho'xki maydon aro ko'rganga solur tiyg` misrasi orqali ushbu haqiqatga ishora qiladi.
Ko`rib o'tganimizdek, mazkur g'azal Alisher Navoiyning badiiyati yuksak, mazmuni chuqur asarlari sirasiga mansub bo`lib, unda ham majoziy, ham haqiqiy ishq tasviriga oid ma’no qatlamlarini topish mumkin.
Navoiy g'azallari kompozitsiyasi ham uning mazmuni va tasvir usullari kabi rang-barang bo'lib, kulliyotdagi 2600 g`azalning har biri o`ziga xos kompozitsiya va semabtik strukturaga ega, Y.Is’hoqovning ma`lumot berishicha, shoir “Xazoyin ul-maoniy" debochasida o’z g'azallarining semantik strukturasiga oid ayrim qaydlarni bayon qilgan va Shu asosda Navoiy g’asallarini shartli ravishda usluban ta'rif, tavsif, mudh, sharhi hol kabi tnrlarga ajratish mumkin. ta'rif va tavsif, ta'rif bilan madh bir-biriga yaqin tursa-da, ular orasida o’ziga xosliklar mavjud. Ta’rif madhga nisbatan torroq tuShuncha bo’lib, badiiy funksiyasi jihatidan uning tarkibiga kiradi, ta’rif ko’pincha yorning husn-u jamolini unumiy tarzda aks ettiradi, madhda mamduh (maqtalayotgan obyektning barcha zohiriy va botiniy fazilatlari maqtaladi. Ta’rif va tavsif ham ko’p o’rinda qo’shilib ketgandek tuyilsa-da, lekin tavsifning qo’llanish doirasi kengroq: uning uchun insoniy sifatlar ham, tabiat manzaralari ham, oshiqning iztirobli tuyg’ulari bayoni ham obyekt bo’la oladi.
Ya’ni ta’rif, asosan ijobiy xurakterga ega bo’lsa, tavsif ancha keng ko’lamda qo’llaniladi. Sharhi hol tarzidagi g’azallar esa ichki kechinmalarning to’g’ridan-to’g’ri bayoni va sharhidan iborat. Navoiy g’azallarning usluban bunday tasniflanishi ham nisbiy bo’lib, ishqiy mavzudagi g’azallarda, ko’pincha, ta’rif, tavsif va madh birlashgan holda keladi.
Navoiy g’azallarining semantik strukturasi uchun xos bo’lgan yana bir xususiyat Shundaki, shoirning aksariyat g’azallarida maqta’dan oldingi bayt mazmun va uslub jihatidan butun g’azal tarkibidagi boshqa baytlardan ajralib turadi. Bunday bayt oldingi baytlardagi tasvir usulidan qat’i nazar, ikkinchi shaxsga (mazmunan kitobxonga yoki umuman barchaga) qaratilgan murojaat, xitob tarzidagi o’git (ba’zan kinoya, ta’na) yoki umumlashgan ibratomuz xulosadan iborat bo’ladi. SHoir, ko’pincha, o’z fikrini soqiyga yoki boshqa biror obyektga (ma’Shuqaga, shohga, gulga) murojaat shaklida izhor qiladi. Shuni hnm qo’shimcha tarzida aytish kerakki, Alisher Navoiy baytlarda soqiy, bog'bon, ko'ngul, rafiq, do'st, yor kabi obrazlarga murojaat qilsa-da, baytdagi xulosa va umumlashmalar eng avvalo, shoirning o'ziga qaratilgan bo'ladi.
Voizlar, xatib va ulamolarning da'vatidan farqli o'laroq shoirlar barcha ayb-u nuqaonlarni o’zlaridan axtarib, teran nazar bilan “o`z nuqsonlarini Isbot qilish”ga uringanlar. Navoiyning buyukligi Shundaki, u hech qachon kibr vn manmanlikka yo’g'rilgnn ruhiy yuksakliklardan quyiga nazar solmaydi, balki inson nomiga noshoyista bo`lgan kamchiliklar nishonalarini o`zidan axtarib, keskin tanqid qiladi va Shu orqali shaxsiy o`rnak ko`rsatib, boshqalarni ham ma`naviy tozarish, ruhiy poklanishga chorlaydi. A.Hayitmetov bunday baytlarni "lirik chekinish tarzidagi baytlar" deb atagan edi.
"Xazoyin ul-maoniy" kulliyotiga g’azaldan keyin tartib bo'yicha mustazod janri kiritilgan bo`lib, kulliyotda mustazodlar soni to’rtta, ya’ni bir devonga teng tarzda joylashtirilgan. Mustazod arabcha “orttirilgun", "ziyoda qilingan" ma’nolarini bildirab, har misrasi 1.5 qatordan she`r shaklidir. Mustazod uchun g’azal asos - zamin vazifasini o’taydi. Ikkala janrning qofiyalanish tizimi, baytlar soni, matla` va maqta`, taxallusning mavjudligi bu fikrni isbotlaydi. Lekin g`azal aruz tizimining barcha bahrlarida yaratilgani holda mustazod faqat hajaz bahrining hazaji musammani axrabi makfufi mahzufi mustazod (ruknlnri va taqti’i maf’uvlu mafoiylu mafoiylu mafoiylu fauvlun maf’uvlu fauvlun - - V / V - - V / V - - V / V - -/ - - V / V - - ) vaznida yoziladi. Turkiy adabiyotda Alisher Navoiygacha mustazod janri Hofiz Xorazmiy ijodida uchraydi. Uning devonida har biri 7 baytdan iborat ikkita mustazod mavjud.
Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon" asarida mustazod janriga alohida ta’rif berib, uning ohangi surud nag’amoti (kuy ohangi)ga mos kelishini aytadi: "...xalq orasida bir surud bor e'kandurkim, hazaji musammani axrabi makfufi mahfuz vaznida anga bayt boshlab biyib, aning misraidin so'ngra hamul bahrnlng ikki rukni bila ado qilib, surud nag'amotig'a rost keltururlar ermish va ani "mustazod" derlar ermish..."
“Xazoyin ul-maoniy”ga kiritilgan to’rtta mustazod ham mavzu jihatdan rang-barang. SHoir devonlardagi janrlarni qo’llashda muayyan tartibga rioya qilganidek, she`rlarni mazmun-mavzusi asosida taqdim etishda ham muayyan izchillikni saqlab qoladi. Shu bois birinchi devon "G’aroyib us-sig‘ar"ga hamd mazmunidagi mustazod, keyingi devonlarga rindona, oshiqona va to’rtinchi devonga orifona mazmunidagi mustazodni kiritadi. Birinchi devondagi mustazodda Haq va dunyoni tajalliy nazaryasiga asosan idrok etish, olamdagi barcha narsalar uning husni - go’zalligi uchun mazhar ekanligi, dunyoda
U zot mavlo - sohib bo'lsa, olam unga qul, degan mazmun mujassamlashgan: