3-Modul: Elektr ijro mexanizmlar. 3.1-Mavzu: Elektr ijro mexanizmlarga qo`yilgan asosiy talablar. Reja:
1. Elektr ijro mexanizmlari haqida tushuncha.
2. Elektr ijro mexanizmlariga qo‘yilgan asosiy talablar.
Elektrli ijro mexanizmlari quyidagilarga bo`linadi:
elektrodvigatelli;
elektromagnitli.
Elektrodvigatelli ijro mexanizmlari valning aylanishiga qarab quyidagilarga bo`linishi mumkin:
bir aylanishli elektrodvigatelli ijro mexanizmlar – val 360° burchakkacha buriladi;
ko`p aylanishli elektrli ijro mexanizmlar – val erkin aylana oladi.
Elektrodvigatelli ijro mexanizmlari foydalanadigan elektrodvigateliga qarab boshqarilmaydigan va boshqariladigan turlarga bo`linadi. Elektromagnitli ijro mexanizmlari solenoidli elektruzatmali hamda elektromagnitli muftalarga bo`linadi. Solenoidli ijro mexanizmlari faqat ikki pozitsiyali boshqarish uchun ishlatiladi. Elektromagnitli muftalar esa ishqalanishli va sirpanishli muftalarga bo`linadi. Elektr ijro mexanizmlar qo`yiladigan talablarni ko`rib o`tamiz. Avtomatik rostlash tizimi ART ijro mexanizmi qator talablarga javob berishi zarur:
1. Elektr ijro mexanizmlar eksplutatsiyaning har qanday yomon sharoitida siljishning barcha diapazonida rostlash organning ishchi qismlari reaksiyasi (qarshiligi)ni yengish uchun yetarli siljitish kuchini oshirish kerak.
2. Elektr ijro mexanizmlar detektorlash ta’siriga ega bo`lishi kerak, ya’ni ta’sirni faqat bir yo`nalishda uzatishi kerak: rostlash qurilmasidan rostlash organiga va rostlash ob’yektiga.
3. Elektr ijro mexanizmlar sezgirligi va lyuft(mashina qismlari o`rtasidagi juda tor oraliq)i rostlagich(datchik, rostlash qurilmasi va boshqalar)ni boshqa bo`g’inlarining analogik ko`rsatkichlari qiymatlari bilan umumiy o`lchovga ega bo`lishi kerak. 4. Elektr ijro mexanizmlar chiqish qismi siljishining tezligi nominal yuklamada rostlanuvchi ob’yektning tezlik olish tezligiga teng yoki ko`proq bo`lishi kerak.