1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish. 1-Mavzu



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə12/60
tarix07.01.2024
ölçüsü1,01 Mb.
#207743
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60
ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019

Pnevmogidravlik o`zgartirgichlar.
Pnevmogidravlik o`zgartirgichlarni pnevmogidravlik uzatmalar sifatida ko`rib o`tamiz. Pnevmogidravlik uzatmalar havoning nisbatan quyi bosimi (4–6 atm) ni suyuqlikning yuqori bosimi ( 50 atm gacha) ga o`zgartirib berishga va so`ngi ishchi gidrosilindrga uzatish uchun xizmat qiladi. Gidrosilindr moslama qisgich qurilmasining bog’lovchi bo`g’iniga ta’sir qiladi.
Bunday uzatma ko`p sonli qisqich nuqtalariga xizmat qiladi, ba’zan bu nuqtalar bir-biridan uzoqda joylangan ham bo`ladi. Uzatma gidrosilindrlar bilan bog’lovchi apparaturaga ega bosim o`zgartirgichdan iborat, gidrosilindrlar qisgich mexamexanizmlariga ta’sir qiladi.
Pnevmogidravlik uzatmalar katta kuch bilan kesish, qisgich nuqtalarni va katta o`lchamdagi detallarni ko`p sonda seriyali ishlab chiqarishda juda ko`p qo`llaniladi.
Bosim o`zgartirgichlar. Bosim o`zgartirgichlar(uzatmalar)i to`g’ridan-to`g’ri va ketma-ket ta’sir qiluvchi o`zgartirgichlarga bo`linadi.
To`g’ridan to`g’ri ta’sir qiluvchi o`zgartirgich moy bilan to`ldirilgan kameradan iborat. Gidrotizim plunjeri hisoblangan pnevmosilindr shtoki kameraga kiradi va moyni siqib chiqaradi, moy bosimi moslamaning qisish qurilmasiga ta’sir qiluvchi ishchi plunjerga uzatiladi.
Moslama korpusi ichiga o`rnatilgan, moslamaning korpusi bilan bog’langan hamda alohida uzel(tugun)i ko`rinishida bo`lgan va nihoyat alohida universal uzatma ko`rinishida bajarilgan pnevmogidravlik uzatmalar ko`plab konstruksiyalarga ega.
Quyidagi 2-rasmda to`g’ridan-to`g’ri ta’sirli universal bosim o`zgartirgich sxemasi ko`rsatilgan.



2-rasm.
Ketma-ket ta’sirli o`zgartirgich ikki pnevmo- va gidrosilindrlar bloklaridan iborat. Dastlab quyi bosim bloki ishlaydi, natijada yarim mahsulot(zagatovka)ni dastlabki qisish amalga oshiriladi, so`ngra yuqori bosim bloki yarim mahsulotni yakuniy qisishni amalga oshiradi.


Ketma-ket ta’sirli o`zgartirgich ko`plab konstruktiv yechimlarga ega; asosan ular quyi bosim bloki bilan farqlanadi. Quyi bosim bloki uchta variantda qilinadi. Birinchi variantda siqilgan havo bosimi quyi bosim bo`shlig’idagi moy sirtiga bevosita ta’sir qiladi. Ikkinchi va uchinchi variantlarda siqilgan havo porshen yoki diafragma orqali suyuqlikka ta’sir qiladi. Eng ko`p qo`llaniladiganlari ikkinchi va uchunchi variantlaridir.
3-rasmda porshenli tipdagi ketma-ket ta’sirli o`zgartirgich sxemasi ko`rsatilgan. Silindr to`siq 1 va 2 lar bilan uchta seksiyaga bo`linadi. Taqsimlovchi kran 3 ning dastagini “Yarim qisish” holatiga burilganda siqilgan havo tarmoqdan B bo`shliqqa keladi, porshen 4 o`ngga siljiydi. Porshen 4 harakatlanganda moy bo`shliq 7 dan shtok 5 dagi radial va markaziy kanallar bo`ylab bo`shliq A ga keladi. Tyaga(mexanizmning tortish quvvatini bir qismidan ikkinchisiga uzatib beruvchi uzun o`q)li porshen ongga siljib, qisish mexanizmiga ta’sir qiladi va yarim mahsulotni 120kg kuch bilan dastlabki yarim qisish sodir bo`ladi. Taqsimlovchi kran “Qisish” holatiga burilganda siqilgan havo bo`shliq J ga keladi va porshen 7 chapga siljiydi. Shtok 5 dagi radial tirqishlar silindr orqali yopilganda moy aylanishi to`htaydi va bo`shliq A da birdaniga bosim oshib ketadi, natijada moslamadagi yarim mahsulotni yakuniy qisish amalga oshiriladi. Kran dastagi “Bo`shatish” holatiga burilganda siqilgan havo bo`shliqlar B va E ga keladi, uzatmaning barcha elementlari dastlabki holatiga qaytadi va qayta ishlangan detal qo`yib yuboriladi.



3-rasm. Porshenli tipdagi ketma-ket ta’sirli o`zgartirgich sxemasi
Diafragma tipidagi ketma-ket ta’sir qiluvchi o`zgartirgich 4-rasmda ko`rsatilgan bo`lib, quyidagi sikl bo`yicha ishlaydi. Mahsulotni dastlabki qisish uchun siqilgan havo tarmoqdan pnevmogidravlik kamera 1 ning bo`shlig’i A ga keladi, rezinali diafragma 2 ga ta’sir qilib, bo`shliq B dagi suyuqlikni gidrosilindr 3 ning V bo`shlig’iga va ishchi gidrosilindr moyuzatmasi 4 bo`ylab kelishiga majbur qiladi, gidrosilindr shtoki moslamaning qisish mexanizmiga ta’sir qiladi. Yakuniy qisish uchun taqsimlovchi kran kuch bilan ishlov berishga o`tadi, siqilgan havo pnevmosilindr 6 ning G bo`shlig’iga tushib, porshenni (plunjer 7 ) siljishga undaydi. Bundan so`ng tirqish singari qayta yopiladi, moy silindr 3 ta’sirida moyuzatmaga va ishchi gidrosilindr 5 ga siqilib, mahsulot qisilishini ta’minlaydi. Mahsulotni qo`yib yuborish havoni bo`shliq D ga yuborish bilan amalga oshadi.



4-rasm. Diafragma tipidagi ketma-ket ta’sir qiluvchi o`zgartirgich


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin