1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish. 1-Mavzu



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə20/60
tarix07.01.2024
ölçüsü1,01 Mb.
#207743
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019

Qadamli elektrodvigatel – bu bir nechta cho`lg’amga ega cho`tkasiz sinxron elektr dvigatel bo`lib, undagi stator cho`lg’amidan biriga berilgan tok rotor fiksatsiyasini yuzaga keltiradi. Dvigatel cho`lg’amlarining ketma-ket faollashishi rotorning diskret burchakli siljishi (qadami) ni hosil qiladi.

5-rasm. Qadamli dvigatellarning umumiy ko‘rinishi
Qadamli elektrodvigatellar uyg’otish cho`lg’amlari joylashgan stator va magnit-yumshoq yoki magnit-qattiq materialdan yasalgan rotordan iborat. Magnit rotorli qadamli dvigatellar katta aylanish momentini hosil qiladi va tok bo`lmagan cho`lg’amlarda rotorning fiksatsiyasini ta’minlaydi.
Shunday qilib, rotorning konstruksiyasiga ko`ra qadamli dvigatel quyidagi turli ko`rinishlarga ega:

  • Doimiy magnitli (rotor qattiq magnit materialdan iborat);

  • Reaktirv (rotor yumshoq magnit materialdan iborat);

  • Gibrid.

Mashinasozlikda 1,8°/qadam (200 qadam/ayl ) yoki 0,9°/qadam (400 qadam/ayl) burchak siljishli yuqori momentli ikki fazali gibrid qadamli elektrodvigatellar juda keng qo`llaniladi.

3-Modul: Elektr ijro mexanizmlar.
3.4-mavzu: Elektromagnitlar. Ishlash prinsiplari. Elektromagnit ijro mexanizmlar. (4 soat)
Reja:
1. Elektromagnitlar va ularning ishlash prinsiplari.
2. Elektromagnit ijro mexanizmlar.
Elektromagnitlar har xil tuzilmalarning elementlarini to`g’ri chiziq yo`nalishida ko`chirish uchun ishlatiladi. Ualr o`zgaruvchan va o`zgarmas tokli bo`lishi mumkin. 1a rasmda bir fazali o`zgauvchan tok elektromagniti ko`rsatilgan. Uning o`zagi va yakori elektrotexnik po`lat listlardan yig’ilgan. G’altakdan tok o`tganda magnit oqimi va kuch F hosil bo`ladi. Bu kuch yakorni g’altakning ichiga tortadi. Yakor esa u bilan bog’langan mexanizmni harakatga keltiradi. Tortish kuchining yakorni yurishi l ga bog’lanishi elektromagnitning tortuv tavsifi deyiladi. Bir fazali elektromagnitda yakor tortilgan sari tortilish kuchi F yakor yurishining oxirida harakatning boshlanishiga nisbatan 1,5 – 2 marta katta bo`ladi (1b-rasm).



1-rasm. Elektromagnit:a) 1 – o`zak, 2 – g’altak, 3 – yakor. b) bir fazali o`zgaruvchan tok elektromagnitining tortuv tavsifi, c) doimiy tok elektromagnitining tortuv tavsifi.
Yakor harakatining boshlanish paytida o`zak va yakor orasidagi havo tirqishi eng katta bo`ladi. Shuning uchun magnit oqim, g’altakning induktivligi L va induktiv qarshiligi XL=2πfL kichik bo`ladi. Shu sababli dastlabki paytda g’altakdan juda katta tok o`tadi (1b-rasm). Yakor o`zakka tortilgandan keyin g’altakning induktivligi va qarshiligi ortadi, tok esa 5 – 15 marta kamayadi. Lekin yakor oxiriga yetmasdan o`rta holatda qolishi mumkin emas. Sababi: g’altakdan o`tayotgan katta tok uni qizitib ishdan chiqarishi mumkin. Yakor oxirigacha tortilishi uchun ko`pincha u va harakatlanayotgan mexanizm prujina bilan bog’langan. Bunda harakatlanayotgan mexanizm to`xtab qolsa ham yakor oxirigacha tortiladi. G’altak o`zgaruvchan tok bilan ta’minlangani uchun yakor tebranishi mumkin. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun o’zak dempfer deyiladigan o`ram bilan tutashtiriladi.
O`zgarmas tok elektromagnitlari doimiy tok bilan ta’minlanadi. Shuning uchun ularning o`zagi va yakori yaxlit po`latdan qilinadi va ularga dempferli o`ram kerak emas, chunki yakor tebranmaydi. Elektromagnit doimiy tokka faqat aktiv qarshilik ko`rsatadi. Shuning uchun g’altakning toki faqat noldan nominal qiymatigacha o`sishi mumkin (1c -rasm). Shu sababli yakor o`z yurishida o`rta holatda to`satdan to`xtab qolsa ham g’altak qizib ketmaydi. O`zgarmas tok elektromagnitda tok noldan nominal qiymatiga ortganda g’altakda o`zinduksiya EYuK hosil bo`lib, tokning o`zgarishiga qarshilik ko`rsatadi. O`zgarmas tok elektromagnit uchun tortish uchun F ning tavsifi 1c-rasmda ko`rsatilgan. O`zak va oxirigacha yetgan yakor orasida l0 masofa g’altak o`chirilgandan keyin elektromagnitni magnitsizlantirishga imkoniyat beradi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin