A FL,
bu yerda F – yakorning ma’lum holatidagi tortish kuchi; L – yakor harakat yo`li o`lchami;
- Кe = m/A koeffisiyent bilan tavsiflanuvchi elektromagnitning vazn tejamlilik ko`rsatkichi
bu yerda m – elektromagnit massasi;
- konstruktiv omil
Кo = ,
bu yerda Fb – boshlangich tortish kuchi.
Magnit tizimining asillik ko`rsatkichi umumlashgan ko`rsatkich bo`lib hisoblanadi
Кa = A/(mP),
bu yerda P – iste’mol qilinayotgan quvvat; – atrof muhit harorati ta’sirida cho`lg’am haroratining ortishi.
4-Modul: Ijro etuvchi qurilma – umumiy tushunchalar.
4.5-mavzu: Pnevmatik membranali ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash. Pnevmatik porshenli ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash.
Reja:
1. Pnevmatik membranali ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash.
2. Pnevmatik porshenli ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash.
Pnevmatik membranali ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash.
Unchalik tarang bo`lmagan membranaga ega membranali ijro mexanizmlari MIM pnevmoavtomatikada rostlash organlarining uzatmasi sifatida keng qo`llaniladi. MIM turli modifikatsiyalangan bo`lishi mumkin: pozitsionerlari bo`lmagan prujinali, pozitsionerlarga ega prujinali, pozitsionerlarga ega prujinasiz. Membranali prujinali ijro mexanizmlari yuqori va quyi qopqoqlar hamda membranadan iborat ishchi bo`shliqqa ega. Mexanizm shtoki ilgarilanma-qaytma harakat qiladi. Siljituvchi kuch ishchi bo`shliqda membranaga bir yo`nalishda bosim ta`sir qilishi hisobiga, teskari yo`nalishda esa siqilgan prujinaning elastik kuchi hisobiga hosil bo`ladi. Prujinaning mavjudligi ishchi bo`shliq bosimi hamda ijri mexanizmining chiqish qismi holati ortasida ma’lum munosabatni yaratadi. Membranali ijro mexanizmning mavjud afzalligi konstruksiyasining oddiyligi hisoblanadi, rostlash klapanlarining uzatmalari sifatida keng qo`llaniladi. Membranali pnevmouzatma pozitsioner qo`llanilishi hisobiga yanada yaxshi ishlashi mumkin. Pozitsioner pnevmouzatmaga bir yo`nalishli harakatni ta’minlaydi, uning sezgirligini va inersionligini oshiradi, buyruq signali qiymatiga mos ravishda pozitsiyaga o`tish aniqligini oshiradi.
1-rasm. Membranali ijro mexanizmining ishchi bo`shlig’i: 1 – yuqori qopqoq; 2 – membrana; 3 – tayanch disk; 4 – quyi qopqoq; 5 - shtok
Membrananing markaziy qismi siljituvchi kuchni o`ziga oluvchi tayanch diskiga tiraladi. Tayanch disk ijro mexanizm chiqish qismi, ya’ni rostlash organiga kuchni uzatuvchi shtok yoki val bilan mustahkam bog’langan. Membranali ijro mexanizmlarda siqilgan havoni membranaga bosim kuchi bosim P yoki membrananing yuqori va quyi bosimlari farqi ∆P ni effektiv yuza Fe qiymatiga ko`paytmasi bilan aniqlanadi. Effekti yuza qiymati quyidagi formula bilan aniqlanishi mumkin:
Bu yerda De – effektiv diametr.
2-rasm. IM membranasiga kuchlarning ta’sir sxemasi
Neytral holatda membrananing effektiv yuzasi qattiq markaz diametrini hisobga olgan holda hisoblanadi:
D – membrananing berkitish diametric, sm; d – tayanch diskning tashqi diametric, sm. Berkitish diametri membrananing maksimal diametri hisoblanadi. Sanoat MIM uchun membrane berkitish diametrli IM shartli yo`liga bog’liq quyidagi munosabat juda o`rinli:
Amalda tayanch disk diametric berkitish diametriga bog’liq holda quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
d≈0,8D.
3-rasm. Gofrlangan membranali IM kamerasi: 1 – membrana; 2 – tayanch disk
Membrana rezina to`qimali materialdan tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: |