4-Modul: Ijro etuvchi qurilma – umumiy tushunchalar. 4.7-Mavzu: Pnеvmatik silfonli ijro mеxanizmlarini hisoblash va tanlash. Reja:
1.Pnеvmatik silfonli ijro mеxanizmlari 2.Pnеvmatik silfonli ijro mеxanizmlarini hisoblash va tanlash.
Silfonli silindrlar chiqish qismining kichik qiymatdagi chiziqli siljishlariga ega bo`lish uchun qo`llaniladi. Silfon turli bosimlarga ega ikkita muhitga ajratuvchi elastik qat-qat burmali silindrik qobiqdan iborat (1-rasm). Silfonlar uchun qo`llaniladigan materiallar: polutompak (tompak – jez (misning rux bilan aralashmasi)), fosforli bronza, korroziyaga chidamli po`lat, berilli elementi mavjud bronza, monelmetall va elastomerlar. Silfonlar 5 dan 250 mm gacha tashqi diametrga ega. Ishchi bosim silfon devorlari materialining qatlamlar soni bilan aniqlanadi. Bir qatlamli silonlar 0.2 dan 3 MPa bosimga hisob kitob qilinadi, katta diametrlarga kichik bosimlar mos keladi.
1-rasm. Silfon sxemasi Ko`p qatlamli silfonlar 15 MPa gacha bosimlarda qo`llaniladi (ishchi muhit - suyuqlik). Metalli silfonning maksimal siljishi uning erkin holatdagi uzunligining 25% idan oshmaydi, chunki 15% siqilishga va 10% cho`zilishga ketadi. Silfonlarga tashqi berilgan bosim ichki bosimdan 25…30 % ga ko`p bo`lishi qoniqarli. Silfonning effektiv yuzasi uchun odatda silfonning o`rtacha diametri olinadi. Agar kichik siljishlarda silfon bikirligi e’tiborga olinmasa, kuchaytiruvchi kuch quyidagi formula bo`yicha hisoblanishi mumkin:
Bu yerda do`rt – silfonning o`rtacha diametri. d1, d2 – mos ravishda silfonning tashqi va ichki diametri.