1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish. 1-Mavzu



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə10/60
tarix07.01.2024
ölçüsü1,01 Mb.
#207743
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019

Gidravlik rostlagich - tezlik (aylanishlar soni)ni, bosim, suyuqliklar sathi va boshqalarni rostlab turadigan qurilma. Unda tashqi manbadan keltiriladigan suyuqlik (moy yoki suv) ning bosim energiyasi rostlovchi organga taʼsir qiladi. Gidravlik rostlagich faqat integral, proporsional, integral-proporsional rostlash qonunlarini amalga oshiradi. Gidravlik rostlagichda oʻlchanadigan kattalikni proporsional kuchga (yoki siljishga) aylantiruvchi membranali, silfonli va boshqa qurilmalardan foydalaniladi. Gidravlik rostlagich metallurgiya, koks kimyosi, kimyo sanoati va boshqalarda, shuningdek issiqlik elektr stansiyalarida bugʻ qozoni bosimini rostlashda ishlatiladi.
Gidravlik rostlagichlarga misol qilib bosimni rostlash, haroratni rostlash, sarfni rostlash, oqimni rostlash qurilmalarini olish mumkin. Bosimni gidravlik rostlagichi bilan tanishib o`tamiz:
Bosim rostlagichi rostlovchi zolotnik (1), korpus (2), prujina (3) va sozlash mexanizmi (4) dan iborat. Dastlabki holatda prujina zolotnikni chekka (rasmda chapda) holatda o`rnatadi. Suyuqlik korpusdagi kanal orqali zolotnikka yuboriladi, zolotnik bitta bo`ylama va ikkita ko`ndalang tirqishga ega. Maxsus demfer(tebranishni pasaytiruvchi yoki yutuvchi asbob, qurilma) rostlovchi zolotnik orqali suyuqlik oqimini chegaralaydi. Ko`rsatilgan holatda ishchi suyuqlik o`q bo`yicha va ko`ndalang tirqish orqali katta o`rnatilgan porshen kamerasiga keladi. Gidrotizimning ishchi bosimi taqsimlovchi zolotnikning chap yon sirtiga F kuch bilan ta’sir qiladi. Ushbu kuch prujinaning qarshilik kuchi Fp ga qaraganda kam bo`lgan vaqtda o`rnatilgan porshenlar kameralaridagi bosimlar tenglashadi va nasos maksimal ekssentrisitet holatida qoladi.


Gidrotizimdagi bosim oshganda Fp kuch oshadi va rostlovchi zolotnik prujinani qisgan holda o`ng tomonga siljiydi. Rostlagich bak bilan katta o`rnatilgan poshen kamerasini qisman bog’laydi, buning natijasida bu kamerada bosim kamayadi. Kichik o`rnatilgan poshen bosim liniyasi bilan doim bog’langanligi uchun u statorni rotorning holatiga nisbatan siljitadi . kuchlar tengligi o`rnatildi, o`rnatilgan porshen kichik yuzasi x yuqori bosim o`rnatilgan poshen katta yuzasi x kichik bosim. Natijada nasos uzatilishi nolga intiladi, gidrotizimdagi ishchi bosim berilgan satxda ushlab turiladi. Shunday qilib, gidrotizimdagi quvvat yo`qotishlar o`rnatilgan maksimal bosimga yetganda ahamiyatsiz bo`lib qoladi, ishchi suyuqlik qizishi uncha katta emas va energiya iste’moli minimal holatda.

Agar gidrotizimdagi bosim kamaysa, prujina bosim rostlagichining rostlovchi zolotnikini siljitadi. Bunda quyish liniyasi qayta yopiladi va katta o`rnatilgan porshen kamerasida to`liq ishchi bosim hosil bo`ladi. Kuchlar tegligi buzaladi va katta o`rnatilgan porshen statorni ekssentrik holatga siljitadi. Nasos ishchi suyuqlikni yana gidrotizimga haydaydi.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin