2-Modul: Avtomatlashtirishning pnevmatik va gidravlik texnik vositalari.
2.4-Mavzu: Gidroavtomatika vositalarining elementlar bazasi. Gidravlik rostlagichlar.
Reja:
1. Gidroavtomatika vositalarining elementlar bazasi.
2. Gidravlik rostlagichlar.
Gidroavtomatika vositalari gidrotizimning asosiy element va qurilmalari hisoblanadi. Gidrotizim deganda mashina va gidroagregatlar tizimi tushiniladi. Bunday tizimlar suyuqlik vositasida energiyani uzatishga va ushbu energiyani tizim chiqishida mexanik energiyaga o`zagartirishga hizmat qiladi va bir vaqtning o`zida chiqishdagi tezlikni rostlash va reverslash(harakat yo`nalishini o`zgartirish) ni amalga oshiradi. Gidrouzatma gidrotizim asosini tashkil etadi. Har qanday gidrouzatma suyuqlik sarfi manbasi(ko`p hollarda nasos ishlatiladi), gidrodvigatel, boshqarish qurilmalari, suyuqlik magistrallari(gidroliniyalar) va boshqa gidroapparatlardan tashkil topadi. Boshqarish qurilmalari gidrouzatma suyuqlik oqimini yoki boshqa qurilmalarni boshqarish uchun mo`ljallangan. Boshqarish deganda gidrotizimdagi bosim va sarfni o`gartirish yoki ma’lum sathda ushlab turish, shuningdek suyuqlik oqimining harakat yo`nalishini o`zgartirish tushiniladi. Boshqarish qurilmalari gidroavtomatikaning asosiy elementar qurilmalari hisoblanadi. Gidrotizimdagi boshqarish qurilmalariga quyidagilar tegishli:
Gidrotaqsimlagichlar – ishchi suyuqlik oqimi harakat yo`nalishini o`zgartirish va gidrodvigatel ishining talab qilingan ketma-ketligini ta’minlash uchun xizmat qiladi;
Bosim gidroklapani – gidrotizimdagi ishchi suyuqlik bosimini rostlash uchun mo`ljallangan;
Sarfni boshqarish gidroapparaturasi – ishchi suyuqlik oqimi parametrlarini o`zgartiradi. Misol: sarf drossellari va rostlagichlari, sarf sinxronizatorlari;
Gidravlik kuchaytirgichlar – tashqi ta’minot manbai hisobiga boshqarish signali quvvatini bir vaqtda kuchaytiruvchi gidrodvigatel ishini boshqarish uchun mo`ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |