6-modul. Avtomatik rostlagichlar. 6.2-mavzu: Yuqori va quyi daraja analog kirish tochkalari. Jarayon o`zgaruvchisining aproksimatsiyasi. Reja:
1. Kiritish/chiqarish funksiyalari. Boshqarish funksiyalari.
2. Yuqori va quyi daraja analog kirish tochkalari.
Kiritish-chiqarishni tashkil etishKiritish-chiqarishning barcha muhim qurilmalari standart tutashuv orqali yoki bevosita prosessorga interfeys kartalar orqali, yoxud tizim tarkibiga kiruvchi va prosessorga ko‘p sondagi tashqi qurilmalarni ulash imkonini ta’minlash uchun mo‘ljallangan kiritish-chiqarish kengaytirgichiga, shuning, xotiraga bevosita kiritish kanaliga yoki maxsus tutashuv kengaytirgichiga ulanishi mumkin. M-6000 ning standart tutashuvi sifatida 2K tutashuv tanlangan bo‘lib, u quyidagilarni ko‘zda tutadi:
mashina so‘zining barcha 16 xonasini (razryadini) paralel uzatish;
kiritish-chiqarish operasiyalarini bajarishning boshida va oxirida tashqi qurilmalar bilan axborot almashishning reglamentlanmagan tartibi va nazorat funksiyalarini ixtiyoriy bajarish tashqi qurilmalarga yuklatiladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, kiritish-chiqarishni tashkil etishning taxminan shunday tartibi EHM YAS (yagona seriyasi) vositalari kompleksi uchun ham qabul qilingan. U kiritish-chiqarish ishlarining bir qismini bajarishni prosessorga yuklab, almashtirish ishini bir xillashtirishga imkon beradi. U bu holda turli xildagi tashqi qurilmalarning ish xususiyatidan ancha kamroq darajada bog‘liq bo‘ladi. Bu tizimning chetki qismining nomenklaturasini oshirish va o‘zgartirishimkoniyatlarini jiddiy ravishda kengaytiradi.
Fizik jihatdan 2K tutashuv - ikkita shtepsel rozetkasi bo‘lib, ulardan biri prosessor javonida, ikkinchisi - kiritish-chiqarish kengaytirgichi va tutashuv tarmoqlagichi tuzilishlarida yoki xotiraga bevosita kirish kanalida joylashtirilgan. Bu shtepsel rozetkalariga aniq tashqi qurilmani boshqarish sxemasiga butunicha yoki sxemaning bir qismiga ega bo‘lgan interfeys karta (o‘lchami 235x140 mm bo‘lgan plata) o‘rnatiladi (quyiladi). Prosessor 2K tutashuvga 8 ta chiqishga ega, ya’ni kengaitirgichlARTiz jami 8 ta tashqi qurilmani ulash mumkin. Prosessorga bitta, ikkita yoki uchta kengaytirgichni ulab, tutashuvga chiqishlar sonini mos ravishda 22, 38 yoki 54 tagacha oshirish mumkin.
M-6000 prosessori faqat o‘zining tashqi qurilmalariga ulanmasdan, balki ASVT-D (diskret komponentlardagi) vositalar kompleksiga kiruvchi boshqa istalgan qurilmaga ulanishi mumkin. Bundan tashqari, M-6000 ga EHM YAS i vositalari kompleksidan istagan tashqi qurilmani ulash mumkin. M-6000 prosessori asosidagi tizimning o‘zi EHM YAS i hisoblash kompleksiga boshqa tashqi qurilmalar bilan bo‘yso‘ngan qism tizim xuquqida boshqaruvchi kiritish-chiqarishning quvvatli qurilmasi sifatida ulanishi mumkin.
Bu imkoniyatlarning hammasini ta’minlash uchun tizim tarkibida tutashmalarni moslashtirishning maxsus modeli mavjud.