1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish. 1-Mavzu



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə47/60
tarix07.01.2024
ölçüsü1,01 Mb.
#207743
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60
ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019

Pnevmatik pozitsioner

Ushbu pnevmatik pozitsioner holat bo`yicha teskari aloqaga ega chiziqli va burilma harakat tipiga tegishli.


Pozitsioner ijro etuvchi mexanizmlar siljishi orqali proporsional boshqarish uchun mo`ljallangan.

  • Ishchi harorati -40ºС dan +80ºС gacha

  • Zarba va vibratsiyaga chidamli

  • Yuqori aniqlikka ega

  • Hatto kichik o`lchamli ijro etuvchi qurilmalar bilan ham sitabil boshqarishga ega

  • Pnevmoo`tkazgichlarning turli tiplariga o`rnatish imkoniyati




1-rasm. IP5000/IP5100 markali pnevmatik pozitsioner

6-modul. Avtomatik rostlagichlar.
6.1-mavzu: Avtomatik rostlagichlarning strukturaviy sxemalari. Kiritish/chiqarish funksiyalari. Boshqarish funksiyalari.
Reja:
1. Umumiy tushunchalar.
2. Avtomatik rostlagichlarning strukturaviy sxemalari.
Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli sohalarida tehnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnik vositalardan hisoblanadi. Rostlagichlarni tasniflash rostlash qonuni, rostlanuvchi kattalikning turi, rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko‘rsatiladigan ta’sirning xarakteri, rostlagich ishining xarakteristikasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi.
Rostlanuvchi kattalikning turiga ko‘ra rostlagichlar quyidalarga bo‘linadi: bosim, sarf, temperatura, sath, namlik va hokazolarni rostlagichlar. Ishlash usuliga ko‘ra bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi, rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob’ektdan olingan energiyaning o‘zi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo‘shimcha energiya kerak bo‘lsa, bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga ko‘ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va hokazo) rostlagichlarga bo‘linadi.
Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko‘rsatiladigan ta’sirning xarakteri jihatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo‘ladi. Uzlukli ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi rostlanuvchi kattalikning uzluksiz muayyan qiymatida harakat qiladi. Uzluksiz ishlovchi rostlagichlarda esa ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organi rostlanuvchi kattalikning uzluksiz o‘zgarish holatida uzluksiz harakat qiladi.
Rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishi va rostlovchi ta’sir o‘rtasidagi bog‘lanish (yoki ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining harakati), ya’ni rostlash qonuni nazarda tutilgan ish xarakteristikasiga ko‘ra rostlagichlar pozision, integral (astatik), mutanosib (statik), izodrom (mutanosib-integral), mutanosib-differensial (oldindan ta’sir etuvchi statik), mutanosib-integral-differensial (oldindan ta’sir etuvchi izodrom) bo‘ladi.
Rostalanuvchi kattalikni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, dasturli va kuzatuvchi rostlagichlarga bo‘linadi. Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymatga (ma’lum darajadagi xato bilan) tenglashishini ta’minlaydi. Dasturli rostlagichlar maxsus dasturli topshiriq bergich yordamida rostlanuvchi qiymatning vaqt bo‘yicha avvaldan ma’lum bo‘lgan (qonun) bo‘yicha o‘zgarishini ta’minlaydi. Bu dastur texnologik reglament talablariga muvofiq, tuzilgan bo‘ladi. Kuzatuvchi rostlagichlarda rostlanuvchi kattalikning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi rostlagich topshiriq bergichiga bilvosita ta’sir qiluvchi boshqa kattalikning o‘zgarshiga mos bo‘ladi.
BEVOSITA TA’SIR QILUVCHI ROSTLAGICHLAR
Bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar texnologii jarayoni avtomatlashtirishda kam ishlatiladi. Bunga sabab ularning etarli quvvatga ega emasligi va ko‘rsatishlarni masofaga uzatib bo‘lmasligidir. Bular asosan bosim, temperatura va sath rostlagichlaridir.
1 -rasmda bevosita ta’sir qiluvchi statik bosim rostlagichning prinsipial sxemasi tasvirlangan. Bu rostlagich «o‘zidan keyingi» bosimni ma’lum qiymatda saqlab turadi. Rostlagichdan keyingi gazning bosimi berilgan bosimga teng bo‘lganda, rostlagich elementlari harakatsiz bo‘lib, ma’lum holatni egallaydi. Gaz bosimi liniya 3 bo‘ylab membrana qismining ustki bo‘shlig‘iga keladi va qattiq markazli elastik membrana 2 ga ta’sir qiladi. Membrana 2 ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organidagi zatvor 7 bilan shtok 6 yordamida ulangan disk 1 ga tayanadi. Membrana 2 hosil qilgan kuch prujina 4 orqali muvozanatlanadi. Prujina 4ning dastlabki taranglik qiymati vint 5 yordamida rostlanadi.
1-rasm. Bevosita ta’sir qiluvchi statik bosim rostlagichning prinspial sxemasi (a) va uning vaqt xarakteristikasi (b).

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin