1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish. 1-Mavzu



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə48/60
tarix07.01.2024
ölçüsü1,01 Mb.
#207743
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60
ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019

Gk -gazning kelishi; Gc -gaz sarfi; u-rostlanayotgan kattalikning chetga chiqishi; x-rostlagichning chiqish signali(ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining nisbiy siljishi) ; e -qoldiq xato.
Gaz bosimining berilgan qiymatdan chetga chiqishi qancha katta bo‘lsa,qattiq markazli membrana 2 shuncha ko‘p egiladi, shu sababli prujina 4 ham shuncha zich qisqaradi va bosim ta’siridan membrana hosil qilgan kuchga teskari ta’sir qiladi. Elastik prujinadan foydalanish rostlanuvchi bosim va rostlovchi organning siljishi o‘rtasidagi mutanosiblikka erishish imkoniyatini beradi. Rostlagich rostlanuvchi kattalikning muayyan berilgan qiymatiga vint 5 yordamida sozlanadi. Rostlash jarayoning grafiklaridan shunday xulosa kelib chiqadi, (1-rasm,b): bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar g‘alayonlanish sodir bo‘lganda ,moddaning kelishi yoki sarfi bo‘yicha rostlanuvchi kattalik y ni berilgan qiymatga ma’lum statik xato δ bilan vaqt tp mobaynida qaytaradi. Bu xato sozlash parametri s1 ga (kuchlanish koeffisientiga, rostlagichning mutanosiblik koeffisientiga) bog‘liq.
Ko‘rib chiqilgan rostlagichlar «o‘zidan oldingi» gaz bosimini ham rostlay oladi. Quvurdagi gazning bosimi berilgan qiymatdan ortiq bo‘lgani sababli shtok 6

x arakteristikasi


Gk -gazning kelishi; Gc -gaz sarfi; u-rostlanayotgan kattalikning chetga chiqishi; x-rostlagichning chiqish signali(ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining nisbiy siljishi).
2-rasmda bevosita ta’sir qiluvchi bosim astatik rostlagichi tasvirlangan. Rostlanuvchi ob’ektda (quvurning ma’lum uchastkasi) bosimning o‘zgarishi impu’ls liniyasi 6 orqali qattiq markazli elastik membrana 5 ga ta’sir qiladi. Bu membrana ijro etuvchi mexanizmning rostlanuvchi organidagi zolotnik 9 va shtok 7 bilan bog‘langan likopcha 4 ga tayanadi. Salnik 8 ijro etuvchi mexanizmning germetikligini ta’minlaydi. Muhitning bosimi rostlagich qabul qiluvchi kallagining ustki bo‘shlig‘iga keladi va membrana 5 ga ta’sir qiladi. Membrana sezgir va boshqaruvchi element vazifasimni bajaradi. Gazning rostlanuvchi bosimi rostlovchi organning qanchalik ochiqligiga bog‘liq.Richag 2 shtok 7 bilan qattiq bog‘langan va tayanch nuqtasi 3 ga ega. Richagning bo‘sh tomoniga yuk 1 osiladi. Yukning vazni membrana 5 va shtok 7 ning pastga qarab siljishiga teskari tas’ir qiluvchi kuch hosil qiladi. Yuk va membrana hosil qilgan kuchlar teng bo‘lganda rostlovchi organda shtok 7 harakatsiz bo‘lib, muayyan holatni egallaydi. Agar muvozanat buzilsa, ya’ni rostlash tizimida tengsizlik paydo bo‘lsa, shtok 7 siljiydi va rostlovchi organdagi o‘tish kesimi o‘zgaradi. Bu o‘zgarish muvozanat qaytadan tiklanguncha davom etadi. Rostlovchi organning siljish tezligi rostlanuvchi parametrning berilgan qiymatdan chetga chiqishiga mutanosib bo‘lib, naycha 6 dan o‘tib rostlagichning qabul qiluvchi qismiga keladigan gaz qiymatiga bog‘liq. Rostlash sistemsi ma’lum inersionlikka ega bo‘lgani sababli rostlash jarayonida o‘ta rostlash mavjuddir, buning natijasida o‘tish jarayonining vaqti cho‘ziladi. SHuning uchun, astatik rostlagichlarning ishlatilishi birmuncha cheklangan.


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin