1-Modul: O’zbek adabiy tili va o‘zbekcha kasbiy nutq. 1-mavzu: Kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida. Reja



Yüklə 194,79 Kb.
səhifə6/7
tarix06.02.2023
ölçüsü194,79 Kb.
#83102
1   2   3   4   5   6   7
Amaliy o\'zbek tili va davlat tilida ish yuritish fanidan MAJMUA

Siyosiy-ijtimoiy notiqlik

  1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy-iqtisodiy mavzudagi nutq.

  2. Sessiya, konferensiyadagi nutq.

  3. Siyosiy nutq.

  4. Diplomatik nutq.

  5. Siyosiy sharh.

  6. Harbiy vatanparvarlik nutqi.

  7. Miting nutqi.

  8. Ilmiy-ommabop nutq.

  1. Akademik notiqlik

  1. O’quv yurtlari ma’ruzalari.

  2. Ilmiy nutq (ma’ruzalar).

  3. Ilmiy sharh.

  4. Ilmiy axborot.

  1. Sud notiqligi

  1. Qoralovchi (prokuror) nutqi

  2. Jamoatchi-qoralovchi nutqi

  3. Oqlovchi (advokat) nutqi

  4. Jamoatchi-oqlovchi nutqi

  5. O’z-o’zini himoya qilish nutqi

  1. Ijtimoiy-maishiy notiqlik

  1. Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi)

  2. Ta’ziya (motam) nutqi

  3. Tabrik nutqi (tost)

  1. Diniy notiqlik

  1. Xutba

  2. Va’z

Notiqlik san’ati tur va ko’rinishlari jihatidan ana shunday shakllarda namoyon bo’ladi. Biroq bu tasnif notiqlik san’atining butun borlig’ini har tomonlama aks ettiradi, degan gap emas. Chunki notiqlik san’ati ham borliq bilan hamnafas yashaydi, zamon talabiga moslashadi, ne-ne yangi ko’rinishlarni vujudga keltiradi.


O`rta Оsiyo madaniyati tariхida ham nutq madaniyati bilan shug`ullanish o`ziga хоs mavqеga egadir.Sharqda nоtiqlik san’ati vоizlik dеb yuritilgan. Shunga ko`ra nutq-va’z, nоtiq-vоiz dеb yuritilgan. Va’z dеgani “Kishilarning qalbini yumshatadigan pand-nasihat”dir. Sharqda notiqlik turlari quyidagichadir:
Askiyachi” - arabcha “zakiy” so`zidan olingan bo`lib ,”hozirjavob ,o`tkir zehnli”degan ma`nolarni anglatadi.Askiyada ikki va undan ortiq kishi yoki ma`lum guruhlar o`zaro musobaqalashadi.Askiyachi hozirjavob bo`lishi ,ko`p ma`noli kulgili, ta`sirchan va qochirimli so`zlashi lozim. U ona nilining boyliklarini yaxshi bilishi ,kinoya,qochirim,hazil,masxara,kesatik,o`xshatish,kabi san`atlardan unumli foydalanishi lozim.
Badihago`y” (baxshilik) – arabcha badiha-go`y – so`zlovchi, so`zlaridan olingan bo`lib, hozirjavob va chechan kishilarning she`riy yo`sinda birdaniga so`z, she`r yoki qo`shiq aytishidir. Badihago`y asarni ijod etadi yoki unga ma`lum bir o`zgarishlar kiritadi.
Voizlik” – arabcha “va`z” so`zidan (“da`vat”, “xitob” ma`nosida) olingan bo`lib, islomda odamlarni ezgulikka va yaxshilikka chaqiruvchi, jamoat oldida nutq so`zlovchi shaxsni ahglatadi.
Maddoh” – arabcha “madh” (maqtov, ta`rif) so`zidan olingan bo`lib, biror shaxs yoki narsa, voqeani madh etuvchidir. U asosan diniy mavzularda, xususan, Muhammad payg`ambarni xislatlari haqidagi ma`lumotlardan badiha tarzida aytuvchi hisoblanadi.
Suxandon” – forscha “suxan” (so`z) so`zidan olingan bo`lib, so`zga chechan, so`z ustasini anglatadi. Suxandon turli mavzularda nutq so`zlaydigan madaniyatli va ma`rifatli shaxs hisoblanadi. Ular turli bayramlarda keng xalq ommasi oldida, marosim va tadbirlarda, anjuman va kechalarda qatnashadilar.
Diktor” – lotincha “diktor” (so`zlovchi) so`zidan olingan bo`lib, radio va televideniyeda nutq so`zlovchi shaxsdir. Diktor so`zi 2 ma`noda ishlatiladi;
1. Telekamera va mikrofonda tayyor matnni xush ovozda ifodali va to`g`ri o`qib beruvchi shaxs,
2. Matnga qaramasdan uni ravon va gapiruvchi shaxs.
Qissaxon” – (qissago`y) afsona, ertak, dostonlarni ravon va ifodali o`qiydigan kishi bo`lib, turli tadbirlarda, to`y va bayramlarda o`z mahoratini namoyish qiladi.
Qiroatxon”—ta`sirchan, ifodali o`qiydigan shaxs bo`lib qissaxon uning bir ko`rinishidir. Qiroat musiqiylikka moyilligi, bilan ajralib turadi.
Nutq so’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko’rinishi bo’lib, u faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ham ruhiyat, ham nafosat hodisasi hisoblanadi. Shuning uchun ham yaxshi nutq deyilganda, aytilmoqchi bo’lgan maqsadning tinglovchi yoki kitobxonga to’liq yetib borishi, ularga ma’lum ta’sir o’tkazishi nazarda tutiladi. Shunga ko’ra nutq oldiga ma’lum talablar qoo’yiladi. Bu talablar nutqning kommunikativ sifatlari bo’lib, unda nutqning mantiqan to’g’ri, aniq, chiroyli va maqsadga muvofiq bo’lishi nazarda tutiladi.

  1. Nutqning to’g’riligi – nutqning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Chhunki nutq to’g’ri bo’lmasa, uning boshqa kommunikativ sifatlari, ya’ni mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur yetadi.

Нутқ тўгри бўлипш учун, асосан, икки меъёрга - ypry ва грамматик нормага қаттиқ амал қилишни талаб қилади. Сўзлардаги ургунинг кўчиши билан маънонинг ҳам ўзгариб кетиши мумкинлигини эсдан чиқармаслик лозим. Масалан: олма сўзи. Бу сўзни алоҳида ургусиз олиб қараганда, унинг
қандай маънода қўлланилаётганини аниқлаш қийин. Фақат ypry ундаги маънонинг аниқланишига кўмаклашади. Яъни олма тарзида урғу биринчи бўтинга тушганда, ҳаракат, олма каби охирги бўгинга тушганда эса меванинг* бир тури маъноси англашилади.


Yüklə 194,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin