1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida


Mustaqillik deklaratsiyasi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə10/104
tarix05.11.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#67504
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104
1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

Mustaqillik deklaratsiyasi. 1990-yil 18-iyun kuni XII chaqiriq respublika Oliy Kengashining lkkinchi sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O‘zbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissiyalari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni sessiyada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi.
Mustaqillik deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, bu moddalarda xalqimizning xohish- irodasiga to‘la mos keladigan quyidagi muhim tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi:
―O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi:
-o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an‘analari;
-har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta‘minlashdan iborat oliy maqsad
haqi;
-har bir kishining farovon hayot kechirishini ta‘minlashni oliy maqsad deb bilgan holda;
-O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas‘uliyatni chuqur his etgan holda;
-xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga
asoslanib O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e‘lon qiladi.
O‘zbekiston SSR ning davlat mustaqilligi:

  • O‘zbekiston SSR demokralik davlatining o‘z hududida, barcha tarkibiy qismlarida va

barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir.

  • O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib, o‘zgartirilishi mumkin emas.

  • SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga ega bo‘ladi.

  • O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi

siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.

  • O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi, hurmat qiladi va

hokazo.
Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning tom ma‘nodagi, haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shundan e‘tiboran mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal etila boshlandi.
Ittifoq bo‘yicha o‘z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan 60 milliondan ortiq aholi milliy-etnik muammolar, mojarolarga duchor bo‘ldi.
Rossiya, Ukraina, Belarus parlamentlari davlat suvereniteti to‘g‘risida deklaratsiya qabul qildilar. Ittifoqdosh respublikalar ketidan RSFSRga kiruvchi muxtor respublikalar ham suverenitet haqida deklaratsiyalar qabul qilishdi. Markazda va joylarda SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada bahs va munozaralar kuchaydi. Markazdagilar “Kuchli markaz – kuchli respublikalar” desa, joylardagilar “Kuchli respublikalar kuchli markaz” der edilar.
Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e‘tirof etishga majbur bo‘ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990-yil iyulda Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar. 1990-yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi.
Dasturda respublikalar o‘z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligi ta‘kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib, respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O‘zbekiston, markaz loyihasini qabul qilmadi. Shu tariqa, shartnoma loyihasini tuzish harakatining birinchi bosqichi natijasiz tugadi.
1991-yil fevral-mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Boltiqbo‘yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo‘lib qatnashdi. Bu bosqichda Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo‘yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab qo‘yilgan yangi shartnoma loyihasi matbuotda e‘lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. Respublikalar, jumladan, O‘zbekiston, markaziy idoralar hali o‘zining eskicha hukmron mavqeyini saqlash ruhi singdirilgan bu hujjatdan qanoatlanmaganliklarini bildirdilar.
SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o‘zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991-yil 17-mart kuni Butunittifoq referendumini o‘tkazishga qaror qildi.
1991-yil 20-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati ham referendum o‘tkazishni ma‘qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror qildi.
Qo‘shimcha byulletenga ―Siz Ozbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?” degan savol qo‘yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga ―Ha deb javob berdilar. Demak, o‘zbekistonliklar o‘z mamlakatini mustaqil davlat sifatida Federativ Ittifoqda bo‘lishini, O‘zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar.
O‘zbekiston rahbariyati referendum natijalariga asoslanib, respublikalarga to‘la mustaqillik berishni ko‘zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining 1991-yil 12-martda bo‘lgan IV plenumida so‘zlagan nutqida: ―Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo‘ldan boy berib qo‘yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko‘targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922-yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi”, – degan edi. Bu fikrning to‘g‘riligini hayot to‘la isbotladi.
1991-yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston
Respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo‘ldi.
1991-yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan ―Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan choralar to‘g‘risida qo‘shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat “9+1” (9 respublika + markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi.
1991-yil 3-iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to‘g‘risida keskin munozara bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov mavjud Ittifoq, uning tuzilmasi, markaz bilan respublikalar o‘rtasida vakolatlar taqsimoti hech kimni qoniqtirmasligini keskin qilib qo‘ydi, markazchilik nuqtayi nazarini o‘tkazishga urinuvchilarni qattiq tanqid qildi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan ―Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma” loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Kengashlariga muhokama uchun jo‘natildi.
Mazkur shartnoma loyihasi O‘zbekiston Oliy Kengashida 1991-yil 14-iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991-yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun markaz vakillari va respublika rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Markazni ham, respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan ―Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo‘lgani holda “Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma”ni imzolash 1991-yil 20-avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo‘nab ketdi. Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillikni bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir ―imkoniyat vujudga kelgan edi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin