muammoli aktivlar — sifati “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar;
maxsus zaxiralar — sifati “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplashga mo‘ljallangan majburiy zaxiralar;
standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar — tijorat banki faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi natijasida ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash maqsadida tashkil qilinadigan zaxiralar;
shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar — shartnoma va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan aktivlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-1, 10.10.2017-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
ta’minlanmagan aktivlar — ta’minoti belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan aktivlar;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
ishonchli (e’timodli) aktivlar — bank hisobvarag‘ida muntazam pul oqimi mavjud bo‘lgan, yaxshi obro‘ va kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga ta’minotsiz ajratilgan aktivlar;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
kredit tavakkalchiligi — qarzdor tomonidan bank oldidagi majburiyatlarini shartnoma yoki qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan muddat va shartlarda bajarilmasligi (lozim darajada bajarilmasligi) oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotish (zarar) va/yoki rejalashtirilgan daromadni olmaslik tavakkalchiligi;