1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]


muddati o‘tgan qarzdorlik



Yüklə 119,65 Kb.
səhifə3/3
tarix16.12.2023
ölçüsü119,65 Kb.
#181565
1   2   3
2696 14.07.2015

muddati o‘tgan qarzdorlik — qarzdor tomonidan shartnoma yoki qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan muddat va shartlarda bajarilmagan (lozim darajada bajarilmagan) bank oldidagi majburiyatlar;
aktivning jami qiymati — aktivning bank balansida va balansdan tashqari moddalarda aks ettirilgan asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlari, penya, komission va boshqa foizsiz to‘lovlari qoldig‘ining ular bo‘yicha yaratilgan zaxira ayrilmagan miqdori.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Aktivlar sifatini tasniflash va ularni bank balansida aks ettirish bank va qarzdor o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlarini o‘zgartirmaydi, shu jumladan shartnoma shartlariga muvofiq bank tomonidan asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni, shuningdek shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun jarima va penyalarni to‘liq miqdorda qarzdordan undirish huquqini bekor qilmaydi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mazkur Nizom talablariga muvofiq quyidagi aktivlar sifati bo‘yicha tasniflanadi:
banklararo depozitlar va kreditlar, vakillik hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari;
banklararo hisob-kitoblarda foydalaniladigan mablag‘lar va banklarga joylashtirilgan boshqa mablag‘lar;
bankning kredit bo‘yicha talablari, shu jumladan qarz, kredit, mikroqarz, overdraft (mijozlarning depozit hisobvaraqlaridagi debet qoldig‘i), lizing, faktoring;
yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar, shuningdek repo kelishuvlari doirasida sotilgan qimmatli qog‘ozlar;
olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan va (yoki) undirilmagan foizli va foizsiz daromadlar, jarima va penyalar;
bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan aktivlar bo‘yicha talablar;
aktivlar bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mol-mulklar;
to‘lab berilgan bo‘naklar va debitorlik qarzdorliklari;
balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlarning, shu jumladan bank kafolati va akkreditivning bank tomonidan bajarilishi natijasida vujudga kelgan aktivlar;
kredit tavakkalchiligi mavjud bo‘lgan balansdan tashqari moddalar, shu jumladan foydalanilmagan kredit liniyalari, kafolatlar, chaqirib olinmaydigan majburiyatlar, savdoga oid moliyalashtirishlar (akkreditiv va boshqalar);
kredit tavakkalchiligi mavjud bo‘lgan boshqa aktivlar va balansdan tashqari moddalar.
Balansdan tashqari moddalarning qiymatini hisoblashda kapital monandligi hisob-kitoblaridagi kreditning qayta hisoblash omili qo‘llanilgandan so‘ng chiqqan natijalar olinadi.
13. Mazkur Nizom talablari banklarning O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankiga (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri talablariga, shu jumladan sotib olingan davlat qimmatli qog‘ozlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
14. Aktivlar bo‘yicha qarzdorning muddati o‘tgan qarzdorliklari yoki 2-son kartotekasidagi to‘lov hujjatlari miqdori kichik miqdorga teng yoki undan kam bo‘lganda, ushbu aktiv sifatining tasnifi pasaytirilishi talab etilmaydi.
Kichik miqdor deganda jismoniy shaxsga ajratilgan aktiv bo‘yicha 100 000 so‘mdan, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorga ajratilgan aktiv bo‘yicha 1 000 000 so‘mdan ko‘p bo‘lmagan hamda aktivning jami qiymatining bir foizidan oshmagan miqdor tushuniladi.
(12 — 14-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
2. Tijorat banklarining hisobotlari ularning aktivlari sifatining haqiqiy holatini aks ettirishi lozim.
3. Hisobotlarning haqqoniy bo‘lmasligi tijorat banki omonatchilari, kreditorlari va aksiyadorlari, shuningdek Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlarni chalg‘itishga va yanglishtirishga urinish deb baholanadi hamda xavfsiz bo‘lmagan, nosog‘lom bank amaliyoti deb hisoblanadi.
4. Tijorat banki balansida va balansdan tashqari moddalarda yuritilayotgan muammoli aktivlarning ulushi jami aktivlarning o‘n foizidan ortiq bo‘lsa, Markaziy bank tomonidan tijorat banki ijro rahbariyatining malakasi Markaziy bank talablariga muvofiq emas deb topishga hamda tijorat banki Kengashi tomonidan bank faoliyati ustidan o‘rnatilgan nazoratni yetarli emas deb hisoblanishiga asos bo‘ladi.
5. Daromad keltirmaydigan aktivlarning ulushi jami aktivlarning yetmish foizidan ortiq bo‘lishi bank kredit siyosati, kreditlar ajratish va ularni boshqarish jarayonining bo‘shligini bildiruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
2-bob. Aktivlar sifatini tasniflash tizimi
6. Qarzdorlar quyidagi asosiy mezonlar bo‘yicha baholanadi:
tarmoq (iqtisodiyot sektori) tendensiyasi va istiqboli;
muayyan loyihaning texnik amalga oshiriluvi va iqtisodiy raqobatbardoshligi;
moliyaviy holati va kredit olishga qodirligi;
kredit tarixi, kredit ta’minotining yomonlashuvi yoki likvidliligining pasayishi;
muayyan loyihaning iqtisodiy jihatdan asoslanishi;
rahbarining boshqarish qobiliyati (agar qarzdor yuridik shaxs bo‘lsa).
7. Aktivlar sifatining tahlili va tasnifi natijalari mazkur Nizomning 6-bandida keltirilgan mezonlarga asoslanadi va ushbu mezonlar tijorat banklarining kredit portfeli va boshqa aktivlaridagi tavakkalchilikni aniqlash va baholashda qo‘llaniladi.
8. Tijorat banklarining aktivlari sifatiga ko‘ra “standart”, “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qarzlarning o‘z muddatida to‘lanishiga shubha tug‘dirmaydigan aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi. Bunda:
qarz oluvchi yuridik yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs moliyaviy jihatdan barqaror hisoblangan, yetarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadlilik darajasiga hamda barcha mavjud majburiyatlarni, jumladan mazkur qarzni qondirish uchun yetarli pul mablag‘lari oqimiga, shuningdek amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan strategik rejaga, bozorda raqobatdoshlik qobiliyatiga, yaxshi mahsulotni ishlab chiqarishga va o‘z mahsuloti bo‘yicha marketing rejasiga ega bo‘lishi;
qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) jismoniy shaxs barqaror daromad manbaiga ega hamda daromadlari bankdan olingan kredit va foizlarni to‘lashga yetarli, yaxshi kredit tarixiga ega, ya’ni oldin olgan barcha kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni va boshqa majburiyatlarni o‘z vaqtida bajargan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’minot “yaxshi ta’minlangan” kredit mezonlariga mos kelishi lozim. Jumladan, ta’minot turlari notarial jihatdan tasdiqlangan bo‘lishi (agar qonunchilik hujjatlarida notarial tasdiqlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa), zarur hollarda, tegishli mulk bitimini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatga olinishi, shu jumladan tijorat bankining garov mol-mulkiga doir huquqlari to‘g‘risidagi yozuv garov reyestrida aks ettirilishi zarur.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banki kredit qaytarilmagan holda cheklovlarsiz va erkin ravishda uni ta’minot hisobidan undirib olishga haqli. Ta’minotga doir taqdim etilayotgan barcha hujjatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Bundan ishonchli (e’timodli) aktivlar mustasno bo‘lib, ularning asosiy qarzi va (yoki) foizlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasa, bunday aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar qaytarilishida muammolar kuzatilmaydi.
Qarzdor tomonidan oxirgi 180 kunda aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari bo‘yicha muddati 30 kungacha kechiktirilgan yagona holat mavjud bo‘lsa, ushbu aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi, ishonchli (e’timodli) aktivlar bundan mustasno.
Bunda shartlari qayta ko‘rilgan aktivlar sifati “standart” deb tasniflanishi mumkin emas.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Qarzdorning moliyaviy holati barqaror hisoblangan, lekin ayrim salbiy holatlar yoki tendensiyalar mavjud bo‘lib, agar ular bartaraf etilmasa, moliyalashtirilgan loyihaning amalga oshishiga yoki qarzdorning aktivni o‘z vaqtida to‘lash qobiliyatiga nisbatan shubha paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan aktivlar sifati “substandart” deb tasniflanadi.
Quyida keltirilgan omillardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lsa, aktivlarning sifati “substandart” deb tasniflanadi:
moliyaviy holati yoki ta’minotni nazorat qilish borasida shubhalar bo‘lsa;
kredit hujjatlarida yetarlicha axborot yoki ta’minot bo‘yicha hujjatlari bo‘lmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
qarzdorning 2-son kartotekasi mavjud bo‘lib, undagi to‘lov hujjatlarining muddati 90 kundan oshmagan bo‘lsa (2-son kartotekasida ushbu aktivni so‘ndirish bo‘yicha to‘lov talabnomasi mavjud bo‘lgan yoki faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
oxirgi 180 kun ichida aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari bo‘yicha muddati 30 kungacha kechiktirilgan bir nechta holatlar mavjud bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
ishonchli (e’timodli) aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari bo‘yicha 90 kundan oshmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa;
ta’minlangan aktivlar bo‘yicha asosiy qarz va (yoki) foizlar bo‘yicha 31 kun va undan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa.
(12-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Quyida keltirilgan omillardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lsa, aktivlarning sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi:
asosiy to‘lov manbalari qarz to‘lash uchun yetarli bo‘lmasa, ta’minotga qo‘yilgan mulkni va qarz oluvchining boshqa asosiy vositalarini sotish, to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlarni uzaytirishlarni hisobga olgan holda qo‘shimcha to‘lov manbalarini topish talab etiladigan bo‘lsa;
qarz oluvchining joriy moliyaviy holati yoki uning pul mablag‘larining mo‘ljallanayotgan oqimi majburiyatlarni qoplash uchun yetarli bo‘lmasa;
qarz oluvchining kapitali yetarli darajada bo‘lmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
qarzdorning 2-son kartotekasida 91 kun va undan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan to‘lov hujjatlari mavjud bo‘lsa (2-son kartotekasida ushbu aktivni so‘ndirish bo‘yicha to‘lov talabnomasi mavjud bo‘lgan yoki faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
ushbu sohaga nisbatan tendensiya va istiqbollar barqaror bo‘lmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
bank aktivining ta’minot qiymatiga nisbati bankning ichki hujjatlarida ko‘rsatilgan chegaradan ko‘p bo‘lsa (ishonchli (e’timodli) aktivlar bundan mustasno);
(14-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
asosiy qarz va (yoki) foizlar bo‘yicha 91 kun va undan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
16. Sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivlarga xos barcha xususiyatlarga ega bo‘lib, mavjud sharoitda aktivlarning to‘liq qaytarilishini shubha ostiga va kam ishonchli qilib qo‘yadigan aktivlar sifati “shubhali” deb tasniflanadi. Bunda yo‘qotishlar ko‘rish ehtimoli yuqori bo‘lgan, lekin ayrim ijobiy omillari mavjud bo‘lgan aktivlar sifati sharoit oydinlashguncha “umidsiz” deb tasniflanmaydi.
17. Quyida keltirilgan omillardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lsa, aktivlarning sifati “shubhali” deb tasniflanadi:
“qoniqarsiz” aktivlarning hech bo‘lmaganda birorta ko‘rsatkichi, shuningdek ayrim boshqa salbiy tavsiflari mavjud bo‘lsa (bozorda oson sotiladigan ta’minotning mavjud emasligi yoki ta’minlanmagan aktivlarning mavjudligi yoxud qarz oluvchining bankrot deb e’lon qilinishi);
yaqin kelajakda aktivning qisman to‘lanish ehtimoli mavjud bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
qarzdorning 2-son kartotekasida 181 kun va undan ortiq, lekin 365 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan to‘lov hujjatlari mavjud bo‘lsa (2-son kartotekasida ushbu aktivni so‘ndirish bo‘yicha to‘lov talabnomasi mavjud bo‘lgan yoki faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
(17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
asosiy qarz va (yoki) foizlar bo‘yicha 181 kun va undan ortiq, lekin 365 kundan oshmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa.
(17-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
19. Shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan yoki qaytmasligidan dalolat beruvchi omillar yoki alomatlar mavjud bo‘lgan hamda qaytmaydigan yoki qiymati juda pastligi tufayli hisobini balansda aktiv sifatida yuritilishi maqsadga muvofiq emas deb baholanadigan aktivlar sifati “umidsiz” deb tasniflanadi. Bunday tasniflash aktivlarda umuman hech qanday tugatiladigan qiymat mavjud emasligini bildirmaydi. Biroq, tijorat banklari o‘z balanslarida bunday aktivlarning hisobini yuritishni davom ettirishlari maqsadga muvofiq emas. Tijorat banki tomonidan ta’minotga olingan mulkni sotish orqali bunday qarzdorlikni bartaraf etish yoki uni qaytarish choralari qo‘llanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Quyida keltirilgan omillardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lsa, aktivlarning sifati “umidsiz” deb tasniflanadi:
qarzdor va lizing oluvchidan undirilgan, garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan huquqlardan foydalanish yo‘li bilan tijorat banki tomonidan balansga qabul qilingan kundan boshlab uch oy muddatda sotilmagan va bank faoliyatini kengaytirish uchun sotib olingan binodan ikki yil mobaynida foydalanilmagan hamda bank faoliyati uchun ortiq foydalanilmay qo‘yilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida sotilmagan bo‘lsa;
qarzdorning 2-son kartotekasida muddati 366 kun va undan ortiq kunga kechiktirilgan to‘lov hujjatlari mavjud bo‘lsa;
asosiy qarz va (yoki) foizlar bo‘yicha 366 kun va undan ortiq kunga muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
211. Agar ikki yildan ortiq muddatga ajratilgan aktivlar bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarish grafikka asosan oxirgi olti oyga belgilangan bo‘lsa yoki shartnomada aktivlarni qaytarish grafigi bo‘lmasa, bunday aktivlar sifatining tasnifi bir toifaga pasaytirilishi lozim.
212. Respublika hududidagi banklarga joylashtirilgan aktivlar (vakillik hisobvaraqlari, banklararo depozitlar va kreditlar) sifati quyidagicha tasniflanadi:
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 10 kungacha kechiktirilganda — “qoniqarsiz”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 11 kundan 30 kungacha kechiktirilganda — “shubhali”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 31 kundan kechiktirilganda, shuningdek aktiv joylashtirilgan bankning litsenziyasi chaqirib olingan yoki boshqa tartibda uni tugatish ishlari boshlanganda — “umidsiz”.
Bunda aktiv joylashtirilgan banklarning moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan normativlarning bajarilishi muntazam o‘rganib boriladi.
213. Respublika hududidan tashqaridagi banklarga joylashtirilgan aktivlar (vakillik hisobvaraqlari, banklararo depozitlar va kreditlar) sifati quyidagicha tasniflanadi:
aktivlar joylashtirilgan bank “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” reyting kompaniyalarining investitsion reyting baholariga yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baholarga teng bo‘lgan reyting baholariga ega bo‘lganda — “standart”;
aktivlar joylashtirilgan bank “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” reyting kompaniyalarining investitsion reyting baholaridan yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baholardan past reyting bahosiga ega bo‘lganda, shuningdek ushbu banklarning reyting baholari investitsion reyting baholaridan pasaytirilganda — “substandart”;
aktivlarning asosiy qarz va (yoki) foizlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar mavjud bo‘lganda — “umidsiz”.
Bunda aktiv joylashtirilgan banklarning moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda reyting baholari muntazam o‘rganib boriladi.
Aktivlar joylashtirilgan bank ikki yoki undan ko‘p reyting kompaniyalarining baholariga ega bo‘lganda, hisob-kitoblarda eng past reyting bahosi hisobga olinadi.
(211 — 213-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Bitta qarzdorga berilgan bir nechta aktivlar mavjud bo‘lsa, bank o‘zi taqdim etgan aktivni qarzdorga berilgan barcha aktivlar ichida eng past toifada tasniflangan aktiv sifatidek tasniflashi lozim.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
3-bob. Ta’minotga qo‘yiladigan talablar
24. Ta’minot kredit to‘lashning ikkilamchi manbai hisoblanadi. Tijorat banklari tomonidan ta’minotga kreditni qoplashning asosiy manbai sifatida qaralmasligi lozim.
25. Ta’minotni tahlil qilishda tijorat banklari tomonidan uning likvidliligi e’tiborga olinishi lozim. Bunda tijorat banki ta’minotni sotishdan asosiy qarz va foiz summalarining qaytarilishini baholashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Aktivlarning yuqori likvidli ta’minotiga:
davlat qimmatli qog‘ozlari garovi;
bank kapitali monandligi hisob-kitoblarida tavakkalchilik darajasi 0 foiz bo‘lgan xorijiy davlatlarning hukumatlari va Markaziy banklarining kafolati yoki ular tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlar garovi;
Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamg‘armasi, Islom taraqqiyot banki va Yevropa Kengashining taraqqiyot banklari kafolati;
kreditor bankdagi depozitlar yoki depozit sertifikatlari garovi kiradi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
261. Aktivlar yuqori likvidli ta’minot bilan ta’minlanganda ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
Z = (AJM — TQ * (1-Ch)) * m
bunda:
Z — shakllantirilishi lozim bo‘lgan zaxira miqdori;
AJM — aktivning jami qiymati summasi;
TQ — yuqori likvidli ta’minot qiymati;
Ch — valyutadagi tafovutni hisobga olish omili. Mazkur omil aktiv ifodalangan valyuta u bo‘yicha qabul qilingan ta’minot valyutasidan farq qilmasa 0 ga, farq qilsa 0,1 ga teng bo‘ladi;
m — aktiv tasnifi bo‘yicha shakllantirilishi lozim bo‘lgan zaxira yaratish me’yori.
Bunda, aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira miqdori 0 yoki undan kichik (manfiy) bo‘lsa, aktiv bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira shakllantirilmaydi.
(261-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Bank tomonidan qabul qilinuvchi mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan garov turlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
qimmatli qog‘ozlar, bankdagi depozitlar, depozit sertifikatlar garov sifatida qabul qilingan bo‘lsa, ularning muddati tegishli aktivni so‘ndirish muddatidan kam bo‘lmasligi;
kreditor bankdagi depozit garov predmeti bo‘lsa, garov shartnomasi shartlariga binoan qarz oluvchi o‘z majburiyatlarini bajarmagan holatda bankning ushbu mablag‘larni so‘zsiz nazorat qilish va ularni tasarruf eta olish huquqi bo‘lishi;
bank aktivi bankdagi depozitlar bilan ta’minlangan bo‘lsa, depozit aktivni ta’minlash uchun tegishli hisobvaraqda yuritilishi hamda kredit shartnomasi yoki boshqa shartnomada qarz oluvchi tomonidan aktiv qaytarilmagan yoki majburiyatlari bajarilmagan holda bank akseptsiz tartibda depozitni tasarruf etishi, shuningdek qarz oluvchi ixtiyoriy ravishda ushbu depozitni u bilan ta’minlangan aktivni so‘ndirish uchun yo‘naltirishi mumkin ekanligi shart qilib qo‘yilishi lozim.
Bunda, bank aktivni qaytarish muddati yetib kelgunga qadar depozitdan mablag‘larni olishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida zarur choralarni ko‘rishi va nazorat o‘rnatishi kerak.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
271. Kafolat yuqori likvidli ta’minot hisoblanishi uchun bir vaqtning o‘zida quyidagi talablarga javob berishi lozim:
kafolat muddati va asosiy majburiyat muddatlari mos bo‘lishi;
qarz oluvchi o‘z majburiyatlarini bajarmagan hollarda, shartnoma va (yoki) o‘zaro kelishuvda kafolat shartlarini bajarish muddatlariga doir hech qanday cheklovlar bo‘lmasligi;
kafil tomonidan taqdim etilgan kafolat hujjatlashtirilgan majburiyat hisoblanishi;
bankning majburiyatni kafildan to‘g‘ridan to‘g‘ri talab qilish huquqi bo‘lishi;
qarz oluvchining bank oldidagi majburiyati bo‘yicha taqdim etilgan kafolat miqdori aniq belgilangan bo‘lishi;
kafolat chaqirib olinmaydigan va so‘zsiz bo‘lishi, ya’ni bir tomonlama tartibda kafil kafolatni bekor qilishi, kafolat qiymatini oshirishi, kafolat muddatini qisqartirishi, shuningdek kafolat bo‘yicha mablag‘larni to‘liq yoki qisman to‘lamasligiga imkon yaratuvchi shartlarning mavjud emasligi;
qarz oluvchi kafolat bilan ta’minlangan majburiyatlarini bajarmagan hollarda, bank kafildan kafolat bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishini talab qilish huquqi bo‘lishi.
(271-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
4-bob. Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar sifatini tasniflash
Oldingi tahrirga qarang.
28. Aktivlarning quyida keltirilgan asosiy shartlaridan hech bo‘lmaganda bittasi o‘zgartirilgan bo‘lsa, ular shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar deb hisoblanadi:
foiz stavkasining pasaytirilishi, shartnomada belgilangan o‘zgaruvchan foiz stavkasi pasayishi munosabati bilan foiz stavkasining pasaytirilishi holatlari bundan mustasno;
asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan qisman voz kechilishi, aktivning foydalanilmagan qismi kamaytirilishi bundan mustasno;
foizlar va (yoki) asosiy qarzga doir to‘lovlarning bir qismi yoki barchasidan voz kechilishi;
aktivning asosiy qismi va (yoki) foizlarining to‘lash muddati kechiktirilishi yoki uzaytirilishi, mijozni moliyalashtirishni boshlash muddati o‘zgarishi hisobiga to‘lov grafigining yoki to‘lovlar to‘lanadigan oy ichida to‘lov sanasining o‘zgartirilishi bundan mustasno;
ta’minot turining o‘zgartirilishi, kreditning bir qismi qaytarilganligi munosabati bilan ta’minotdan chiqarilgan hamda aktiv summasini garov summasiga nisbati bankning ichki hujjatlarida ko‘rsatilgan chegaradan ko‘p bo‘lmagan holatlar bundan mustasno;
foizlarning kapitalizatsiya qilinishi;
mazkur bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shartlardan birini yoki bir nechtasini qo‘llagan holda qarz oluvchining o‘zgartirilishi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
281. Kredit shartnomasi shartlari quyidagicha o‘zgartirilganda kredit tasnifi o‘zgartirilmaydi va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar deb tasniflanmaydi:
foiz stavkasi pasaytirilganda, bunda o‘zgartirishdan so‘ng milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasi + 2 foiz banddan kam bo‘lmasligi lozim;
kredit valyutasi o‘zgartirilganda, bunda kredit xorijiy valyutadan milliy valyutaga o‘zgartirilganda kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasi + 2 foiz banddan kam bo‘lmasligi lozim;
kreditning imtiyozli davri 6 oygacha uzaytirilganda, bunda dastlabki grafik bo‘yicha foizlar to‘liq to‘langan va yangi grafikda foiz to‘lovlari nazarda tutilgan hamda kreditning imtiyozli davri tugamagan va birinchi marta uzaytirilayotgan bo‘lishi, shuningdek shartnomaning oxirgi muddatini uzaytirish uzaytirilayotgan imtiyozli muddatdan ko‘p bo‘lmasligi shart.
Bunda, kredit shartnomasi shartlari qayta ko‘rib chiqilayotgan vaqtda qarzdorning barcha banklardan olingan kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi va uning krediti sifati “standart” yoki “substandart” toifasida bo‘lishi hamda qayta ko‘rib chiqilayotgan shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni to‘lashda so‘ngi 6 oy ichida muddati kechiktirilgan kunlarning jami miqdori 60 kundan oshmagan bo‘lishi lozim.
(281-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
29. Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar sifatini tasniflashda quyidagi omillar hisobga olinishi kerak:
shartlar qayta ko‘rib chiqilishining asoslari yoki sabablari;
bir qarz oluvchiga qarzni qaytarish muddatining necha marta uzaytirilganligi;
dastlabki bitim shartlariga nisbatan yangi bitimda keltirilgan shartlardagi o‘ziga xos o‘zgartirishlari. Bunda foiz stavkasining bozor stavkasi darajasidan pasayishi, qo‘shimcha ravishda aktiv bo‘yicha qabul qilingan ta’minotning o‘zgarishi yoki kreditni qaytarish muddatining uzaytirilishi shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktiv sifatini tasniflash va tahlil qilish jarayonida inobatga olinishi lozim.
30. Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar sifati “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarning mezonlaridan foydalangan holda tasniflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
301. Shartnomada belgilangan oxirgi muddati o‘zgartirilmagan holda, asosiy qarz va (yoki) foizlar bo‘yicha oraliq to‘lovlarning muddatlari bir marta qayta ko‘rib chiqilgan aktivlarning sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi.
Mazkur aktivlarning muddati qayta ko‘rib chiqilgandan keyin qaytarish grafigiga asosan kamida ketma-ket 3 ta to‘lov to‘liq va o‘z vaqtida to‘langan taqdirda, ularning sifati “substandart” deb tasniflanishi mumkin.
Bunda aktivlarni qaytarish grafigi bo‘yicha to‘lov boshlangan oydan shartnomaning oxirgi muddatiga qadar har oyda teng (proporsional) to‘lovlar asosida qaytarilishi belgilangan taqdirda ketma-ket 3 ta to‘lov, aks holda shu miqdorga teng 3 tadan ko‘proq to‘lovlar o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi lozim.
302. Quyida keltirilgan omillardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lsa, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlarning sifati “shubhali” deb tasniflanadi:
mazkur nizomning 28-bandi ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
shartnomaning oxirgi muddati bir marta uzaytirilganda.
303. Shartlari qayta ko‘rib chiqilgandan keyin asosiy qarz va (yoki) foiz to‘lovlari o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanmagan aktivlar sifati “umidsiz” deb tasniflanadi.
(301 — 303-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
32. Agar almashuvchi yoki qo‘shimcha qarzdorning dastlabki qarzdor bilan hech qanday aloqasi bo‘lmasa, aktivlar sifatini tasniflash mezonlari almashuvchi yoki qo‘shimcha qarzdorga nisbatan qo‘llaniladi. Mazkur jarayon almashuvchi yoki qo‘shimcha qarzdorning biznesni normal yuritish sharoitida aktivlarni to‘lay olish layoqatiga muvofiq tarzda amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Aktivlar sifati ularning shartlari qayta ko‘rib chiqilishidan oldingi tasniflangan toifadan yuqori yoki yaxshiroq toifada tasniflanishi mumkin emas (mazkur nizomning 301-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
Hech qanday holatda aktivga uning shartlari qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng darhol “standart” toifani berish mumkin emas.
Aktiv ikki va undan ortiq marta shartlari qayta ko‘rib chiqilganda, aktiv sifatini tasniflash toifasi shartlari qayta ko‘rib chiqilishidan oldingi toifasidan bir pog‘onaga past bo‘lishi kerak.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
41-BOB. BERILGAN BANK KAFOLATLARINING SIFATINI TASNIFLASh
331. Tijorat banklari tomonidan berilgan kafolatlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxira miqdori prinsipialning moliyaviy ahvoli, kredit tarixi va prinsipial faoliyat ko‘rsatayotgan iqtisodiyot tarmog‘i holatini hisobga olgan holda uning kreditga layoqatliligidan kelib chiqib belgilanadi.
332. Quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda, bank kafolatining sifati “standart” deb tasniflanadi:
prinsipial moliyaviy jihatdan barqaror;
prinsipial yuqori daromadlilik darajasiga ega;
barcha moliyaviy majburiyatlarini o‘z muddatida bajarishiga shubha tug‘dirmaydigan, shu jumladan kafolat bo‘yicha qarzini qondirish uchun yetarli pul mablag‘lari oqimiga ega;
tijorat ishlarini rivojlantirish hamda moliya resurslarini erkin jalb qilish imkoniyatlari mavjud;
faoliyati cheklangan ta’minotchi hamda iste’molchilarga bog‘liq bo‘lmagan;
Oldingi tahrirga qarang.
taqdim etilayotgan ta’minotga doir barcha hujjatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan;
(332-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
kredit yoki boshqa qarzlari bo‘yicha to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilgan.
333. Quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lganda, bank kafolatining sifati “substandart” deb tasniflanadi:
umumiy moliyaviy ahvoli barqaror hisoblangan, lekin faoliyatida ayrim iqtisodiy salbiy holatlar mavjud bo‘lgan, ularning bartaraf etilmasligi prinsipialning majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaslik holatini vujudga keltirish xavfining mavjudligi;
daromadlari yoki pul mablag‘lari oqimining pasayish tendensiyasi mavjudligi.
334. Quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lganda, bank kafolatining sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi:
moliyaviy ahvolining jiddiy yomonlashuviga sabab bo‘luvchi holatlarning mavjudligi;
daromadlari yoki pul mablag‘lari oqimining oxirgi chorakka nisbatan 50 foizga kamayganligi (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
oxirgi hisobot oyidagi mavjud barcha muddati kelgan majburiyatlarni, shuningdek kafolat summasini ushbu oy davomida kelib tushgan pul mablag‘lari hisobidan qoplash imkoniyatiga ega emasligi.
335. Quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lganda, bank kafolatining sifati “shubhali” deb tasniflanadi:
mazkur Nizomning 334-bandida nazarda tutilgan holatlardan birining og‘irlashganligi;
oxirgi besh yilda salbiy kredit tarixiga ega ekanligi, ya’ni to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganligi.
336. Quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lganda, bank kafolatining sifati “umidsiz” deb tasniflanadi:
berilgan kafolat bo‘yicha majburiyatni bank tomonidan bajarish holatlarining yuzaga kelishi;
kredit yoki boshqa qarzlari bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi;
talab qilib olinguncha hisobvarag‘iga oxirgi chorakda tushum bo‘lmaganligi (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
moliyaviy faoliyati bo‘yicha sud jarayonlarining olib borilayotganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlarining mavjudligi.
(336-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 27-maydagi 14/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3442, 09.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son)
337. Bank kafolatlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga doir zaxirani shakllantirish va undan foydalanish tartibi Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2364, 2012-yil 15-may) muvofiq amalga oshiriladi.
(41-bob O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
5-bob. Investitsiya portfelining sifatini tasniflash
34. Tijorat bankining investitsiya portfeli (sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga yoki qaram xo‘jalik jamiyatlariga va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar, so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar) quyidagi omillar asosida tasniflanishi va belgilangan miqdorda ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash zaxirasi yaratilishi lozim:
oxirgi bir yil davomida tijorat bankiga daromad keltirmagan investitsiya — “qoniqarsiz” sifatida;
oxirgi ikki yil davomida tijorat bankiga daromad keltirmagan investitsiya — “shubhali” sifatida;
oxirgi uch yil davomida daromad olinmagan investitsiya sifati — “umidsiz” sifatida.
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lganda, investitsiyalar daromad keltirgan hisoblanadi:
bankka dividend ko‘rinishida daromad keltirganda;
bank tomonidan qilingan investitsiyani qayta baholash natijasida ijobiy farq yuzaga kelganda;
fond birjasida kotirovkasi oshganda;
bank investitsiya kiritgan korxonaning tashqi auditorlik tekshiruvidan o‘tgan moliyaviy hisobotiga ko‘ra hisobot davrini foyda bilan yakunlaganda.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
35. Agar tijorat banki tomonidan qilingan investitsiyani qayta baholash natijasida salbiy farq yuzaga kelsa, ushbu miqdorda ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash zaxirasi yaratilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday investitsiyalarning sifati eng past toifada tasniflanishi kerak.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
6-bob. Tijorat banki aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga doir zaxirani shakllantirish
Oldingi tahrirga qarang.
36. Tijorat banki aktivining jami qiymatiga nisbatan aktivlar:
“standart” deb tasniflanganda bir foiz;
“substandart” deb tasniflanganda o‘n foiz;
“qoniqarsiz” deb tasniflanganda yigirma besh foiz;
“shubhali” deb tasniflanganda ellik foiz;
“umidsiz” deb tasniflanganda yuz foiz miqdorda bank xarajati hisobidan zaxira shakllantirishi lozim.
Bunda, tijorat banki maxsus zaxiralarni aktivlarni tasniflash uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan asoslar vujudga kelgan sanadan boshlab shakllantirishi va ular bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalarini dasturlashgan holda amalga oshirishi lozim.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
361. Aktiv qaysi valyutada vujudga kelgan bo‘lsa maxsus zaxira ham ushbu aktiv valyutasida har bir aktiv uchun alohida shakllantirilishi lozim.
Standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar sifati standart deb tasniflangan jami aktivlar qoldig‘iga nisbatan har oyning yakuniga qadar milliy valyutada shakllantirilishi lozim.
(361-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
37. Belgilangan me’yorlarga muvofiq yaratilgan zaxiraga nisbatan aktiv bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar miqdorining oshib ketishi mumkinligidan dalolat beruvchi omillar va sharoitlar aniqlanganda, zaxiraga ehtimoliy yo‘qotishlarga nisbatan yirik ajratmalar amalga oshirilishi kerak.
38. Aktiv sifati “umidsiz” deb tasniflanishi bilan 3 ish kuni ichida uning hisobi balansdan tashqari moddalarda aks ettirilishi va tegishli maxsus zaxiralar kamaytirilishi lozim. Zararlar ular tan olingan davrda hisobdan chiqarilishi kerak.
39. Aktivning hisobdan chiqarilishi uning qisman yoki to‘liq qaytarilishi mumkinligini inkor etmaydi.
40. Agar aktiv sifati “standart” deb tasniflanmagan bo‘lsa, tijorat banki qarzdorga ehtimoliy yo‘qotishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilikning batafsil tahlilisiz qo‘shimcha kredit mablag‘lari, joriy kredit bo‘yicha qo‘shimcha resurslar yoki yangi kreditlar shaklida mablag‘lar berishi mumkin emas.
41. Quyida keltirilgan omillardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lishi, Markaziy bank tomonidan muayyan aktivlar sifatini yanada salbiy tasniflash uchun asos bo‘ladi:
tijorat banki kredit portfeli umumiy holatining yomonlashuvi;
tijorat bankida kreditlar berishga doir yetarli tahlil va tekshiruvlarning o‘zgarishi yoki mavjud emasligi;
tijorat banki shu tarmoq va sohaga berilgan kreditlar bo‘yicha amalda zararlar ko‘rganligi;
yirik aktivlarning to‘planishi;
nomaqbul iqtisodiy yo‘nalish va sharoitlar, xususan, qarzdorlarning bir yoki bir necha sanoat tarmoqlari yoki ma’muriy-hududiy birlikda katta miqdorda to‘planishi;
tijorat banki tomonidan taqdim etilgan hisobotni tahlil qilish yoki Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan inspeksiya tekshirishlari natijasida aniqlangan qarzdorning yoxud tijorat bankining moliyaviy ahvoliga taalluqli boshqa holatlar.
Bunda Markaziy bank mazkur Nizom talablarida belgilangan miqdorda zaxiralarni qayta ko‘rib chiqishni va (yoki) qo‘shimcha zaxiralar shakllantirishni talab qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga doir zaxirani shakllantirish va undan foydalanishga oid buxgalteriya o‘tkazmalari Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga (ro‘yxat raqami 3336, 2021-yil 26-noyabr) muvofiq amalga oshiriladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
43. Zaxiralar yetarli bo‘lmagan hollarda, tijorat banki tomonidan zaxiralarga qo‘shimcha ajratmalar zaxiralarning yetishmovchiligi aniqlangan davrda amalga oshirilishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bob O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-1, 10.10.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
8-bob. Zaxiralardan foydalanish
49. Tijorat banki zaxiralarning yetarli darajada bo‘lishini ta’minlash uchun to‘liq javobgarlik tijorat banki Kengashi va Boshqaruviga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
51. “Umidsiz” aktivlar va ular bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarning balans hisobvaraqlaridan “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvarag‘iga o‘tkazish ushbu aktiv bo‘yicha qarzlar hamda ular bo‘yicha foizlarning bekor qilinishini bildirmaydi. Shuning uchun ushbu qarz, shuningdek u bo‘yicha foizlar balansdan tashqari moddalarda ular bu hisobvaraqlarga o‘tkazilgan paytdan boshlab besh yildan kam bo‘lmagan muddat mobaynida aks ettirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banki qonunchilik hujjatlariga muvofiq mazkur aktiv bo‘yicha asosiy qarz summasi va foizlarni undirish yuzasidan barcha chora-tadbirlarni qo‘llashi zarur. Tijorat banki qarzdor (emitent) majburiyatining to‘liq summasini to‘g‘ri aks ettirish uchun mazkur aktivga foizlar hisoblab yozishni uni balansdan tashqari moddalarga o‘tkazgandan keyin ham davom ettiradi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qarzdor va kafilning majburiyatlari bekor bo‘ladigan holatlar bundan mustasno.
(51-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Bunda tijorat banki muntazam ravishda, bir oyda kamida bir marta qarzdorga balansdan tashqari moddalardagi qoldiqlarga mos keladigan asosiy qarz va hisoblangan foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzning mavjudligini ma’lum qilgan holda kredit bo‘yicha qarzni qoplash va u bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash talab qilingan da’vo xatini, balansdan tashqari moddalardan ko‘chirma ilova qilingan holda, qarzdor yoki uning huquqiy vorisiga (tugatilish jarayonida bo‘lsa, tugatish komissiyasiga) yuborishi lozim. Ushbu da’vo xatlarini olmaslik qarzdorni qarzini qaytarish majburiyatidan ozod etmaydi. Da’vo xati va hisobvaraqdan ko‘chirma tijorat bankining muddati o‘tgan asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni undirib olish bo‘yicha sud organlariga murojaat etishi uchun asos bo‘ladi.
Ichki audit xizmati va tijorat banki Boshqaruvi har chorakda balansdan tashqari moddalariga o‘tkazilgan “umidsiz” aktivlarni undirish bo‘yicha qo‘llanayotgan chora-tadbirlar haqida tijorat banki Kengashiga yozma ravishda ma’lumot berishlari shart.
Tijorat banki Kengashi moliyaviy yil yakuni bo‘yicha bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga bankning “umidsiz” aktivlarini undirish bo‘yicha qo‘llangan chora-tadbirlar haqidagi masalani kiritadi.
52. Tijorat banki Boshqaruvi tomonidan qabul qilingan Hukumatning qaroriga ko‘ra markazlashtirilgan resurslar yoxud boshqa mablag‘lar hisobidan berilgan kreditlar hisobidan shakllangan “umidsiz” aktivni balans hisobvaraqlaridan balansdan tashqari moddalarga o‘tkazish haqidagi qaror Hukumat yoxud Markaziy bank oldidagi qarzlarning bekor qilinishiga olib kelmaydi va tijorat banki tomonidan Hukumat yoxud Markaziy bank oldidagi qarzlar qaytarilishi shart.
53. Agar qarzdor tomonidan balansdan tashqari moddalarda hisobga olinadigan aktiv bo‘yicha qarz tijorat banki tomonidan ushbu qarzni undirish bo‘yicha ko‘rilgan barcha chora-tadbirlarga qaramasdan, u bu hisobvaraqlarga o‘tkazilgandan keyin besh yil davomida to‘lanmasa, u holda ushbu aktiv (asosiy qarzlar ham, foizlar ham) tijorat banki Kengashining aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida tasdiqlangan qaroriga ko‘ra hisobdan chiqarilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
9-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
56. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 28-son, 374-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son; 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son)

Yüklə 119,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin