1. Moliya / Xorijdan mablag‘ jalb qilish]



Yüklə 241,65 Kb.
səhifə2/10
tarix18.05.2023
ölçüsü241,65 Kb.
#116118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
PQ-3857 16.07.2018

avans qarz mablag‘lari ― loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan keyinchalik ma’qullangan qarz (kredit) summasiga qo‘shiladigan loyiha bo‘yicha moliyaviy kelishuvni imzolashdan oldin amalga oshiriladigan loyihani yoki loyihadagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun XMI/XHMT tomonidan taqdim etilayotgan qarz (kredit) mablag‘lari;
loyihani amalga oshirish (muvofiqlashtirish) guruhi (LAOG) ― qonunda belgilangan tartibda loyihani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida loyiha tashabbuskori tomonidan tuziladigan bo‘linma (tashkilot);
dastlabki baholash hujjati ― XMI/XHMT uslubiyotiga muvofiq tayyorlangan va XMI/XHMT baholash hujjatini tayyorlashda tayanch bo‘lib xizmat qiladigan, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihaning asosiy parametrlarini belgilaydigan loyiha oldi hujjati;
qarz muzokaralari ― O‘zbekiston Respublikasining vakolatli vakillari va XMI/XHMT o‘rtasida muhokama etilayotgan va kelishilayotgan moliyaviy bitim loyihasi hamda XMI/XHMT tomonidan qarz (kredit) ajratish shartlari va loyiha mazmuniga doir muzokaralar;
qarz (kredit) mablag‘lari yoki moliyalashtirish ― loyiha tashabbuskoriga moliyaviy bitim asosida muayyan maqsadlar va aniq muddatga beriladigan XMI/XHMT qarz (kredit)lari va pul mablag‘lari;
xarid tartib-taomillari ― XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar doirasida tovar (ishlar va xizmatlar)ni xarid qilish bo‘yicha, shu jumladan “tayyor holda topshirish” shartlari asosidagi, harakatlar majmui. Xarid tartib-taomillari xarid rejasini kelishib olish sanasidan to tuzilgan kontraktlarni ro‘yxatga olish sanasiga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi;
loyiha tashabbuskori (buyurtmachi) ― XMI/XHMT ishtirokida loyihani amalga oshirish bo‘yicha tashabbus bilan chiqqan davlat organlari, budjet tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar;
xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) ― O‘zbekiston Respublikasida loyihalarni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirishni, amalga oshirayotgan xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafilligi ostida qarzlari (kreditlari) jalb etilayotgan davlat banklari va taraqqiyot jamg‘armalari, Eksimbanklar;

Yüklə 241,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin