loyiha bitimi ― loyiha tashabbuskori yoki loyiha ijro agentligi bilan bilan XMI/XHMT o‘rtasidagi bitim;
XMI/XHMT xaridlar bo‘yicha rahbarligi ― XMI/XHMT tomonidan tasdiqlangan, XMI/XHMT loyiha bo‘yicha tovarlar (ishlar va xizmatlar) xaridini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha talablarni nazarda tutgan hujjatlar;
qayta kreditlash to‘g‘risida bitim ― loyiha doirasida jalb etilgan qarz (kredit) mablag‘laridan foydalanish, hisobga olish va qaytarish maqsadlarida tuzish zarurati tug‘ilgan qayta kreditlash to‘g‘risida bitim, agentlik bitimi, huquq va talablarni boshqacha topshirish bitimi, subsidiar bitim, subkredit yoki subqarz bitim yoki boshqa bitimlar;
O‘zbekiston Respublikaning XMI/XHMT bilan hamkorlik strategiyasi (dasturi) ― XMI/XHMT hisobidan moliyalashtirish taklif etilayotgan loyihalar ro‘yxatini qamrab olgan, O‘zbekiston Respublikasining XMI/XHMT bilan ma’lum vaqtga mo‘ljallangan hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi hujjat;
texnik ko‘maklashish ― natural va/yoki pul shaklida tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish, ilmiy yoki boshqa tadqiqotlar, ta’lim, xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, konsultatsion xizmatlar ko‘rsatish, asbob-uskuna va texnologiyalarni xarid qilish va qonunchilikka muvofiq boshqa maqsadlarda XMI/XHMT tomonidan ajratilayotgan maqsadli mablag‘lar;
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanuvi (loyihaning TIA) ― XMI/XHMT ishtirokida, MFI/IPFO uslubiyotini ham hisobga olib tayyorlangan va loyihaning prognoz parametrlarini belgilab beruvchi loyiha oldi hujjati;
moliyaviy bitim ― loyihalarni amalga oshirish uchun moliyalashtirishni nazarda tutgan O‘zbekiston Respublikasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan XMI/XHMT bilan imzolanayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat kafolati ostida loyiha tashabbuskorlari tomonidan imzolanayotgan qarz bitimi, moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim, Istisnaa bitimi yoki va boshqa moliyaviy bitimlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hukumat komissiyasi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6042-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asosan yigirma oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
2-bob. XMI/XHMT bilan hamkorlik qilish strategiyalarini (dasturlarni) tayyorlash va yangi loyihalarni ishlab chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mazkur Nizomga 1-ilovada ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha loyiha tashabbuskori har yili 1-fevralga qadar Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) keyingi uch yilda amalga oshirish uchun taklif etilayotgan istiqbolli loyihalar ro‘yxatini hamda 11-ilovaga muvofiq ularning konsepsiyalari va maqsadli matritsalarini davlat va ingliz tillarida taqdim etadi.
Davlat tashqi qarzi hisobiga loyihalarni amalga oshirish 12-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Agentlik XMI/XHMTga taqdim qilish uchun loyiha bo‘yicha boshqa ma’lumotlarni ham so‘rab olish huquqiga ega
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan har bir loyihaning loyihaoldi baholanishi o‘tkazilgandan so‘ng Agentlik ularni ustuvorlik jihatini inobatga olib, zarurat bo‘lganda, malakali konsultant va ekspertlarni jalb qilgan holda loyihaoldi baholab, investitsiya loyihalarini amalga oshirish ketma-ketligini shakllantiradi va har yili 1-martga qadar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga loyihalarning yakuniy ro‘yxatini kelishish uchun taqdim etadi.
Loyihalar ro‘yxati ularning ijtimoiy-iqtisodiy va strategik ahamiyatidan hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishdan kelib chiqib shakllantiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi har yili 1-aprelga qadar davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirish uchun taklif etilayotgan va istiqbolli loyihalarning jamlanma ro‘yxatini shakllantiradi hamda uni loyihalar tashabbuskorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga kelishish uchun kiritadi.
Amalga oshirish uchun taklif etilayotgan va istiqbolli loyihalarning jamlanma ro‘yxati taqdim etilgan kundan boshlab bir hafta davomida ko‘rib chiqiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Amalga oshirish uchun taklif etilayotgan va istiqbolli loyihalarning jamlanma ro‘yxati hamda unga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
8. XMI/XHMT bilan hamkorlik strategiyalari (dasturlari) hamda XMI/XHMT tomonidan moliyalashtirish uchun taklif etilayotgan loyihalar ro‘yxati va moliyalashtirish shartlarining maqbulligini loyihalar tashabbuskorlari bilan kelishgan holda, XMI/XHMT tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga ajratilayotgan qarz (kredit) mablag‘lari limitlari doirasida amalga oshirish uchun taklif etilayotgan va istiqbolli loyihalarning jamlanma ro‘yxatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Qarz (kredit) summasini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan so‘ndirish nazarda tutilgan holatlarda, XMI/XHMT bilan hamkorlik qilish strategiyalari (dasturlari) O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi bilan ham kelishiladi.
XMI/XHMT bilan hamkorlik qilish bo‘yicha shakllantirilgan strategiyalar (dasturlar) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishiladi.
9. XMI/XHMT bilan hamkorlik qilish strategiyalari (dasturlari)ga kiritilgan loyihalar, ekspertiza va boshqa qo‘shimcha tartib-taomillar o‘tkazilmasdan majburiy tarzda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish Davlat dasturiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. XMI/XHMT bilan hamkorlik qilish strategiyalari (dasturlari)ga kiritilmagan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tashabbuskor tomonidan XMI/XHMT ishtirokida yangi loyihalarni ishlab chiqish faqat Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi orqali amalga oshiriladi.
Loyihalar tashabbuskorlari XMI/XHMT ishtirokida yangi loyihalarni tayyorlashga oid bildirishlarni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga o‘z vaqtida taqdim etish yuzasidan javob beradilar.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
3-bob. Loyiha oldi hujjatlarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi
12. Loyihani tayyorlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish XMI/XHMT texnik ko‘maklashish mablag‘lari (grant mablag‘lari), avans qarz mablag‘lari, qarz (kredit) mablag‘lari, loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablag‘lari, shuningdek ushbu loyiha tashabbuskori uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Agarda XMI/XHMT tomonidan loyihani tayyorlash uchun texnik ko‘mak ko‘rsatish mablag‘i ajratilganida, loyiha tashabbuskori XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillari bilan nazarda tutilgan texnik ko‘mak ko‘rsatish yoki boshqa shunday hujjatni imzolaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Agarda XMI/XHMT talabi bo‘yicha qarz (kredit) mablag‘larini jalb qilish masalasini o‘rganish uchun loyihaning dastlabki hisob-kitobi zarur bo‘lganida, loyiha tashabbuskori ingliz tilida tuzilgan loyiha nizomini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuboradi, unga keyinchalik XMI/XHMTga berish uchun zarur bo‘lgan hisob-kitoblarni ilova qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
14. Loyiha tashabbuskori XMI/XHMT ishtirokida loyihani sifatli tayyorlash uchun javob beradi va XMI/XHMT bilan birgalikda loyihani baholashni tashkil qiladi, zaruriyat tug‘ilganida, manfaatdor vazirlik va idoralar, loyiha va tadqiqot institutlari mutaxassislarini jalb qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik XMI/XHMTning investitsiya loyihasini tayyorlash va baholash missiyalarida qatnashadi, dastlabki baholash hujjatini XMI/XHMT uslubiyotiga muvofiq (XMI/XHMTning shunday uslubiyoti mavjud bo‘lganida) tayyorlashda loyiha tashabbuskoriga o‘zining xulosa va takliflarini taqdim etadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
XMI/XHMT so‘rovnomasi bo‘yicha loyiha tashabbuskori XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq, XMI/XHMTga ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlaydi. Agarda so‘ralgan ma’lumotlar maxfiy xaraktyerga ega bo‘lsa, loyiha tashabbuskori XMI/XHMT bilan sir saqlash bo‘yicha bitimni imzolaydi hamda zarur bo‘lgan ichki tartib-taomillarni amalga oshiradi.
15. Loyihani baholash natijalariga ko‘ra, XMI/XHMT tomonidan loyihaning tashabbuskori bilan birgalikda, loyiha tashabbuskorining tarmoq ilmiy-texnik kengashi tomonidan ma’qullanishi nazarda tutilgan loyihaning dastlabki baholash hujjati tayyorlanadi.
Loyihaning dastlabki baholash hujjati XMI/XHMT uslubiyotiga muvofiq (XMI/XHMTning shunday uslubiyoti mavjud bo‘lganida) tayyorlanadi hamda o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
loyihaning maqsad va vazifalarini ko‘rsatgan holda, loyihaning qisqacha tavsifi;
loyiha xarajatlari hisob-kitobining toifalari hamda komponentlari kesimida tuzilgan loyiha qiymatining hisob-kitobi.
Loyiha qiymatining hisob-kitobi qurilish, tovar (ishlar va xizmatlarni) xarid qilish, shuningdek loyihani tayyorlash va realizatsiya qilish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan kelib chiqib shakllanadi, shu jumladan jismoniy (va) yoki narx xarajatlarini qoplash uchun zaxirani yaratish nazarda tutiladi.
Jismoniy (va) yoki narx xarajatlarini qoplash uchun zaxira yaratish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)ning haqiqiy narxi, xarid qilinayotgan tovarlar soni hamda qurilish ishlarining hajmi o‘zgarishi mumkinligi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun nazarda tutilgan hamda XMI/XHMT tomonidan ushbu maqsadlar uchun qo‘llanilayotgan uslubiyotiga muvofiq shakllantiriladi.
Tarmoq ilmiy-texnik kengashi raisi loyihaning to‘g‘ri baholanishi va uning texnik-texnologik parametrlari uchun shaxsan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Zaruriyat tug‘ilganida loyihani dastlabki baholash hujjatini o‘rganish va ma’qullash vaqtida loyiha tashabbuskori Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda XMI/XHMTning qoida va tartib-taomillarida nazarda tutilgan, XMI/XHMT bilan memorandum yoki boshqa hujjatni imzolaydi.
(15-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Loyihani dastlabki baholash hujjati asosida loyiha tashabbuskori XMI/XHMTning qoida va tartib-taomillariga muvofiq hamda XMI/XHMT bilan birgalikda XMI/XHMT tomonidan qabul qilingan uslubiyotga hamda Agentlik bilan kelishilgan texnik topshiriqlarga muvofiq loyihaning TIAsini ishlab chiqadi.
Agentlik investitsiya loyihalarining TIAsini ishlab chiqishda variantlarni ko‘rib chiqish asosida loyihani oqilona joylashtirish va amalga oshirishning eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimini tanlashni belgilashda loyiha tashabbuskoriga o‘zining xulosasi va takliflarini taqdim etadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
17. XMI/XHMT talabiga binoan qarz (kredit) mablag‘larini jalb qilish maqsadida loyihaning dastlabki hisob-kitobini yuborish talab etilganida, loyihaning TIAsi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq yoki XMI/XHMT bilan kelishilgan loyiha pasporti asosida ishlab chiqiladi.
Loyihaning TIAsi tarmoq ilmiy-texnik kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi va ma’qullanishi talab etiladi.
Loyihaning TIAsi bilan birgalikda, loyiha tashabbuskori grant mablag‘lari, avans qarz mablag‘lari, loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablag‘lari, ushbu maqsadlarda loyiha tashabbuskori uchun ko‘zda tutilgan Davlat budjeti mablag‘lari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Loyihaning TIA ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan o‘z vakolati doirasida bir vaqtning o‘zida taqdim etilgan paytdan boshlab ikki hafta muddat ichida amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
19. Loyihaning TIA ekspertizasi va xulosalarni tayyorlash ikki hafta muddat ichida amalga oshiriladi (kanselyariya tomonidan kirish hujjatini ro‘yxatga olish sanasidan e’tiboran):
Oldingi tahrirga qarang.
a) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ― loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligi bo‘yicha, uning XMI/XHMT baholash hujjatiga, XMI/XHMT bilan hamkorlik strategiyasi (dasturiga) va investitsion dasturning ustuvorliklariga muvofiqligi bo‘yicha;
(19-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
b) Moliya vazirligi tomonidan ― qarz (kredit)larning to‘lovi bo‘yicha mablag‘larning manbalarini aniqlash hamda rejalashtirilayotgan budjet o‘tkazmalarining miqdori va ularning muvofiqligi, qo‘shimcha soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim qilish;
Loyihaning TIA XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar doirasida tovarlar (ishlar va xizmatlar) narxlarining parametrlarini belgilash, ushbu maqsadlarda XMI/XHMT tomonidan joriy etilgan uslubiyot va dastlabki hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.
Loyiha tashabbuskori XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar doirasida tovarlar (ishlar va xizmatlar)ga narxlar parametrlarini inobatga olib, loyihaning TIA va dastlabki hisob-kitoblari hamda dastlabki baholash hujjatini ekspertizadan o‘tkazish maqsadida mustaqil ravishda yoki loyiha ofisi talabi bo‘yicha XMI/XHMTga ma’qul bo‘lgan konsalting kompaniyalarini jalb qilishga haqli.
20. Loyiha tashabbuskori, ekspertiza sohasida vakolatli organlarning ijobiy xulosasini olganidan keyin va XMI/XHMT tomonidan loyihani moliyalashtirish ma’qullanganida, ikki kun muddatda quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutgan loyihani amalga oshirish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;
XMI/XHMT qarz (kredit)larini so‘ndirish prognoz jadvallari;
loyiha natijalari monitoringi matritsalari;
moliyaviy bitimni imzolash vakolatlari.
Hukumat qarori loyihasi mazkur Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan ekspertiza sohasida vakolatli organlarning xulosasi hamda loyiha TIAsi ilova qilib, uch nusxada kiritiladi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini jalb qilish, budjet mablag‘larini ajratish, qo‘shimcha soliq va bojxona imtiyozlari hamda boshqa preferensiyalar taqdim etishni ko‘zda tutgan loyihalar bo‘yicha loyiha tashabbuskori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tayyorlaydi va uni belgilangan tartibda kiritadi.
22. Agarda loyihaning TIAsi budjet ajratmalari hisobidan jalb etilayotgan qarz (kredit)ni so‘ndirish uchun mablag‘lar yetishmovchiligini qoplash ko‘zda tutilgan bo‘lsa, loyihaning tasdiqlangan TIA bir nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga beriladi.
Loyihaning tasdiqlangan TIAsi har bir betida TIA tasdiqlangan aktning rekvizitlari va shtempel bilan majburiy belgi quyiladi.
23. Loyiha doirasida 80 foizdan ko‘proq qarz (kredit) mablag‘lari tijorat banklari va boshqa moliya tashkilotlari orqali qayta moliyalashtiriladigan kredit liniyalarini taqdim qilish hamda institutsional rivojlanish loyihalari (budjet yordami va boshqalar) uchun loyihaning TIA ishlab chiqilishi talab etilmaydi.
Subloyihalar bo‘yicha loyiha oldi hujjatlarini (shu jumladan biznes-rejalar va boshqalar)ishlab chiqish, tijorat banklari va boshqa moliya tashkilotlari talablari bo‘yicha benefitsiar tanlash tegishli tijorat banki yoki moliya tashkiloti talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
24. Loyihalarning tasdiqlangan TIAsiga quyidagi zarur holatlarda tuzatish va qo‘shimchalar kiritiladi:
qo‘shimcha moliyalashtirishni (qarz yoki kreditlar) va boshqa moliyaviy mablag‘larni (tijorat banklari orqali qarz (kredit)larni jalb qilish uchun kredit liniyalarini taqdim qilishdan tashqari) jalb qilish;
loyihani amalga oshirish uchun jalb etilgan qarz (kreditlar) va boshqa moliyaviy mablag‘larga xizmat ko‘rsatishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ko‘maklashish parametrlari o‘zgartirilishi;
loyihani moliyalashtirish manbalarining o‘zgartirilishi;
loyihaning asosiy parametrlari yoki boshqa muhim texnik-texnologik yechimlarining o‘zgartirilishi;
loyiha qiymatining tasdiqlangan loyiha parametrlariga nisbatan 20 foizdan ko‘proq oshirilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim qarorlari bilan nazarda tutilgan loyihaning tuzatish qilingan TIAsiga va boshqa o‘zgartirishlar kiritish.
Loyihalarning TIAsiga quyidagi hollarda o‘zgartirishlar (tuzatishlar) kiritish yo‘l quyilmaydi:
loyihalarni amalga oshirish natijalari bo‘yicha;
loyiha nomlanishini o‘zgartirish maqsadida;
loyiha qiymati kamayganida;
agar loyihaning qiymati 20 foizdan ko‘proq oshgani, qarz (kredit) mablag‘larini berish shartlari o‘zgartirilgani yoki loyihani amalga oshirish muddati uzaytirilgani sababli moliyaviy sarf-xarajatlar summasi oshganida;
loyihaning umumiy qiymati o‘zgarmasdan, loyiha komponentining qiymati, xarajatlar toifasi va moliyaviy komponentlarning ulushi hamda manbalari o‘zgarganida, loyiha bo‘yicha tejalgan mablag‘lar sarflanganida hamda loyiha komponentlari yoki xarajatlar toifalari mablag‘lari qayta taqsimlanganda.
25. Loyihaning tasdiqlangan TIAsiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar (tuzatishlar) kiritish loyihaning tuzatish qilingan TIAsini ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi.
26. Tuzatish qilingan loyiha TIAsining ekspertizasi mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan loyihaning TIA ekspertizasi tartibi asosida amalga oshiriladi.
27. Vakolatli ekspertiza organlari tomonidan xulosalar olinganidan keyin, tuzatish qilingan loyiha TIAsini tasdiqlash mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan tartib asosida amalga oshiriladi.
28. Loyihaning TIAsi, loyihani dastlabki baholash hujjatida qayd qilingan texnik-texnologik yechimlar va qiymat parametrlari bo‘yicha loyiha tashabbuskori va loyihani ishlab chiqishda qatnashayotgan loyiha instituti javobgar hisoblanadi.
4-bob. Loyiha bo‘yicha qarz muzokaralarini olib borish va moliyaviy bitimni imzolash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
29. Loyiha bo‘yicha qarz muzokaralari yoki loyihaning mazmuni va xaridlar rejasini o‘z ichiga olgan moliyaviy shartlar bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun XMI/XHMT takliflari olganidan keyin, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasini shakllantiradi hamda qarz bo‘yicha muzokaralar olib borish muddati, delegatsiya tarkibi va vakolatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan XMI/XHMT nomiga tegishli xat yuboradi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Loyiha tashabbuskori rahbari yoki uning o‘rinbosari qarz muzokaralarini olib borish uchun delegatsiya rahbari sifatida tayinlanadi.
Delegatsiya rahbari muzokaralar bayonini imzolash, moliyaviy bitimlar, loyiha bitimlari (zarurat tug‘ilganida), xaridlar rejasi va XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq (keyingi o‘rinlarda ― loyiha bo‘yicha hujjatlar) tasdiqlanishi kerak bo‘lgan boshqa hujjatlarni dastlabki tarzda imzolash vakolatiga ega.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq vazirlik va idoralar vakillaridan shakllantiriladi.
Agar XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq bayonnomani O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi vakili imzolashi kerak bo‘lganida, vazirlik vakili delegatsiya rahbarining o‘rinbosari etib tayinlanadi hamda unga delegatsiya rahbari bilan birgalikda bayonnomani imzolash va loyiha bo‘yicha hujjatlarni tasdiqlashga vakolat beriladi.
Loyiha tashabbuskori qarz muzokaralari bayonnomasini imzolashidan oldin vakolatli ekspertiza organlari bilan loyihaning TIAsi kelishib olinishini ta’minlaydi.
Agar XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq qarz muzokaralarini olib borish uchun XMI/XHMT tomonidan qarz (kredit) ajratish uchun moliyaviy shartlar va boshqa hujjatlarning maqbullik shaklini yuborish kerak bo‘lganida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun muddatda XMI/XHMT tomonidan tegishli shakllarini olganidan so‘ng, shartlar maqbulligi to‘g‘risida xulosa yuboradi yoki qarzdor nomidan tegishli shaklni imzolaydi.
30. XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida ko‘rsatilgan hollarda, loyiha tashabbuskori xaridlar rejasini tayyorlaydi hamda qarz muzokaralaridan oldin yoki qarz muzokaralari vaqtida xaridlar rejasini muhokama qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida qarz muzokaralarini o‘tkazish nazarda tutilmagan bo‘lsa, loyiha tashabbuskori Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va XMI/XHMT bilan kelishiladigan xaridlar rejasini tayyorlaydi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Xaridlar rejasi XMI/XHMT moliyalashtirish manbalari va hajmlari mavjudligi tasdiqlanganidan keyin (muhokamalarning imzolangan memorandumi yoki bayonnomalari, xorijiy sarmoyadorlar (tashkilotlar) bilan moliyaviy bitimlar, xorijiy qarz (kreditlar) ajratilgani to‘g‘risida xabarnomalar, XMI/XHMT bilan ishlab chiqilgan dastlabki loyihalar mavjudligi yoki moliyalashtirish manbalari va hajmlari to‘g‘risida guvohlik beruvchi boshqa ma’lumotlar va hujjatlarning mavjudligi) xaridning tartib-taomillarini boshlashdan oldin loyiha tashabbuskori va XMI/XHMT tomonidan (agarda XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida xaridlar rejasini tasdiqlash nazarda tutilgan bo‘lsa) xaridlar rejasi kelishiladi va tasdiqlanadi.
31. Xaridlar rejasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
XMI/XHMT tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha komponentlarining nomi;
bajarilgan va rejalashtirilgan harakatlar (kontraktlar)ning qisqacha tavsifi;
joriy etilayotgan xarid tartib-taomillarining turlari va uslublari;
komponentlar kesimida loyihaning hisoblangan qiymati;
jalb qilish va o‘zlashtirish uchun rejalashtirilgan mablag‘lar miqdori;
xarid hujjatlarini tayyorlashdan boshlab, kontraktlarni amalga oshirish, ishlar va xizmatlarni bajarish hamda tovarlar yetkazishga qadar xaridlar muddatlari va ularning asosiy bosqichlari;
amalga oshirilayotgan loyihaning xususiyatlarini inobatga olib, xaridlar to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar.
32. Moliyaviy bitimni imzolash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori yoki imzo qo‘yuvchi shaxsga berilgan vakolatlar to‘g‘risidagi guvohnoma asosida amalga oshiriladi.
33. Moliyaviy bitim XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Agar XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida qarz muzokaralari va moliyaviy bitimni imzolashdan oldin uni tasdiqlash nazarda tutilmagan bo‘lsa, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralarga moliyaviy bitim loyihasini ko‘rib chiqish uchun kiritadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar besh ish kuni davomida moliyaviy bitim loyihasini ko‘rib chiqadi va xulosalarini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim qiladi.
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Agar Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan XMI/XHMTga ma’qul keladigan ijobiy xulosa va fikrlar bildirilgan bo‘lsa, moliyaviy bitimning oxirgi versiyasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning fikrlari o‘rtasida farq bo‘lgan taqdirda, moliyaviy bitim loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun kiritiladi.
(34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
35. Loyiha tashabbuskori o‘zining nomidan loyiha bitimi hamda boshqa bitimlar va hujjatlarning o‘z vaqtida imzolanishi uchun javobgardir. Bitimlarni imzolash masalasi yoki bitimlar matnini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish talab etilmaydi.
Loyiha tashabbuskori imzolangan bitimlar doirasida barcha majburiyatlarni zimmasiga qabul qiladi hamda ularni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun javobgardir.
5-bob. Moliyalashtirishni ochish, loyihani amalga oshirishni boshlash
36. Loyiha tashabbuskori hamda moliyaviy bitimni imzolagan vazirlik, idora yoki tashkilot rahbari uning kuchga kirishi uchun kerak bo‘lgan barcha shartlar bajarilishini ta’minlaydi.
Moliya bitimi, qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim, loyiha bitimi, subsidiar bitim, huquq va talablarni o‘zgacha o‘tkazish bitimi, xat-bitimlar hamda kuchga kirish sharti hisoblangan yuridik xulosa berilishi zarur bo‘lgan boshqa bitimlar bo‘yicha yuridik xulosa hamda davlat kafolatlari bo‘yicha yuridik xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan imzo qo‘yuvchining so‘rovnomasi hamda XMI/XHMTga maqbul bo‘lgan shaklda, qonunchilik talablariga muvofiq beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Agar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi moliyaviy bitimning imzo qo‘yuvchisi bo‘lmasa, imzo qo‘yuvchi uni imzolaganidan keyin ikki kun muddatda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga mazkur moliyaviy bitimning nusxasini taqdim qiladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
38. XMI/XHMT hisob raqamidan qarz (kredit) mablag‘larini yechishni amalga oshirish maqsadida (shu jumladan XMI/XHMT qarz (kredit) mablag‘i hisobidan maxsus hisob raqamni to‘lash va to‘ldirish) loyiha tashabbuskori XMI/XHMT hisob raqamidan qarz (kredit) mablag‘larini yechish uchun vakolatli shaxslarning imzo namunalarini imzo qo‘yuvchiga kiritadi.
39. Agar loyihada qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash ko‘zda tutilgan bo‘lsa, loyiha tashabbuskori moliyaviy bitimni imzolash oldidan uni, zaruriyat tug‘ilganida, XMI/XHMT bilan kelishish hamda tayyorlanishini ta’minlaydi.
Qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim moliyaviy bitim imzolanganidan sandan boshlab bir hafta muddatda imzolanadi. Mazkur bitim tomonlarining qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash jarayonini asossiz cho‘zib yuborishiga yo‘l quyilmaydi.
40. XMI/XHMT hisob raqamidan mablag‘ yechish uchun buyurtmanomalar imzo qo‘yuvchi tomonidan qarz (kredit) mablag‘larini yechishga tegishli buyurtmanomalarni imzolash vakolati berilgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
6-bob. LAOG tashkil qilish, LAOG huquqlari va majburiyatlari
41. Loyihani o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishni ta’minlash maqsadida loyiha tashabbuskori hukumat qaroriga asosan LAOG tuzishi mumkin.
Retroaktiv asosda XMI/XHMT mablag‘lari hamda moliyaviy bitimni imzolash oldidan XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq, avans qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan loyiha tadbirlarini boshlashga yo‘l quyiladi (shu jumladan LAOG tashkil qilish hamda faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni tegishli to‘lovi bilan).
42. Bir xil tipdagi (maqsadi, vazifalari, subyektlar tarkibi, moliyalashtirish manbalari bir biriga o‘xshash) loyihalarni amalga oshirishda birlashtirilgan LAOG tuzilishi mumkin yoki loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish funksiyalari faoliyat ko‘rsatayotgan LAOG zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Birlashtirilgan LAOG alohida loyiha uchun tashkil etilgan LAOG bilan teng huquqlarga va xuddi shunday majburiyatlarga ega hisoblanadi.
Alohida loyihalar doirasida kreditlardan maqsadli foydalanish ustidan samarali monitoring olib borilishini ta’minlash uchun LAOGga har bir loyiha uchun alohida bank hisob raqamini ochish va ular orqali ish haqini to‘lash huquqi beriladi.
Loyihalarni moliyalashtirish uchun ochilgan hisob raqamlaridan LAOGning boshqa loyihalari bo‘yicha majburiyatlarni so‘ndirish uchun mablag‘larni hisobdan chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
43. LAOG faoliyati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
44. LAOG asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
loyiha tashabbuskori bilan birga vakolatli organlarda loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qilish, shuningdek, loyihaning xarid hujjatlarini rasmiylashtirish;
loyihani amalga oshirish, shuningdek, loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida qarorlar o‘z vaqtida qabul qilinishini ta’minlash;
loyihani amalga oshirish, imzolangan kontraktlarni bajarish, moliyaviy va boshqa resurslardan maqsadli va samarali foydalanishni monitoring va nazorat qilishni ta’minlash;
o‘zining vakolati doirasida XMI/XHMT ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha XMI/XHMT bilan hamkorlik qilish;
xarid tartib-taomillarini amalga oshirishda xarid komissiyasining ishchi organi sifatida ishtirok etish.
45. Yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq LAOG quyidagi huquqlarga ega:
konsultantlar sifatida yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish;
loyihani amalga oshirish masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan ma’lumot olish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilish va o‘tkazish, XMI/XHMT va boshqa LAOG vakillari bilan loyihalarni amalga oshirishda muammoli masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
LAOG qonunchilikda, shu jumladan XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
46. LAOG majburiyatlari:
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, moliyaviy bitimlar talablari hamda XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga amal qilish;
loyiha tashabbuskori va loyiha ofisining farmoyishlari, buyruqlari, qarorlari va topshiriqlarini bajarish;
loyiha tashabbuskori bilan loyihaning tasdiqlangan parametrlari doirasida va belgilangan muddatlarda loyihani amalga oshirish va yakunlash;
jalb etilgan konsultantlar va yuqori malakali mutaxassislarga ko‘maklashish va ishini muvofiqlashtirish;
loyihani amalga oshirishga taalluqli axborotlarning maxfiyligiga amal qilish;
ish yuritishni belgilangan tartibda olib borish, loyihani amalga oshirish va yakunlash bo‘yicha hujjatlarni saqlash, loyiha yakunlangandan keyin esa ― loyiha tashabbuskoriga hujjatlarni saqlash uchun belgilangan tartibda topshirish.
LAOG qonunchilikda hamda XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida belgilangan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
47. LAOG quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
zimmasiga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
loyihani amalga oshirish masalalariga taalluqli o‘zi tayyorlagan hujjatlar va boshqa ma’lumotlarning ishonchliligi va sifati uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
48. LAOGni loyiha rahbari boshqaradi, loyiha rahbari loyiha tashabbuskori tomonidan Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, zarurat bo‘lganda, XMI/XHMT bilan kelishib lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Shu bilan birga, LAOGning xarid qilish, monitoring olib borish va moliya masalalari bo‘yicha mutaxassislari loyiha tashabbuskori tomonidan Agentlik, zarurat bo‘lganda, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi hamda XMI/XHMT bilan kelishib lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Agentlik Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda LAOG ish samaradorligini loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy parametrlari bajarilishi va kredit mablag‘lari maqsadli ishlatishi yuzasidan yil yakunlariga ko‘ra baholaydi va uning natijalari asosida mas’ul xodimlarni rag‘batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish yoki egallab turgan lavozimdan ozod etish bo‘yicha loyiha tashabbuskoriga xulosa kiritadi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
49. LAOG rahbari loyihani amalga oshirish, taqdim etilgan hujjatlar va loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
50. LAOG xodimlari o‘zining vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar va ish faoliyati natijalari uchun, ichki tartib qoidalari va mehnat intizomiga rioya qilish, shuningdek, LAOG tasarrufida bo‘lgan mulkka ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish yuzasidan javobgar bo‘ladi.
51. LAOG, agar boshqa davriylik belgilanmagan bo‘lsa, har oyda loyiha tashabbuskori va loyiha ofisiga XMI/XHMTga ma’qul bo‘lgan shaklda hisobot va boshqa zarur ma’lumotlarni hamda loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq, shu jumladan olib borilayotgan ishlarning batafsil ahvoli va loyihani amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalar to‘g‘risida axborot va ularni hal etish bo‘yicha takliflar beradi.
52. Loyiha ofisi loyihani ishlab chiqishda loyiha tashabbuskori va ijro agentligi bilan hamkorlik qiladi.
53. Loyiha tashabbuskori loyiha nizomini ishlab chiqish, loyihani tayyorlash, loyihani o‘z vaqtida va sifatli bajarish, shuningdek, LAOGning samarali ish faoliyatini ta’minlash yuzasidan javobgar hisoblanadi.
7-bob. XMI/XHMT ishtirokida loyihalar amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi
54. Loyihalar amalga oshirilishini monitoring qilish loyiha ofisi tomonidan ta’minlanadi.
Monitoring o‘tkazish uchun loyiha ofisi vazirlik, idora, xalqaro tashkilotlar va konsalting kompaniyalaridan mutaxassislarni jalb qilish huquqiga ega.
55. Monitoring quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
loyihani o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishni ta’minlash;
davlat boshqaruvi organlari, investitsiya jarayoni boshqa ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar o‘z vaqtida hal etilishi uchun ularning javobgarligini oshirish;
loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida to‘sqinlik qilayotgan faktorlarni aniqlash va o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish;
tasdiqlangan muddatlar va hajmlarga qat’iy muvofiq ravishda loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash ustidan nazorat o‘rnatish;
XMI/XHMT oldida loyihalar bo‘yicha olingan majburiyatlar bajarilishini ta’minlashga ko‘maklashish.
56. Ishlab chiqilayotgan, amalga oshirilayotgan va bajarilgan loyihalar monitoring obyektlari hisoblanadi.
57. Monitoring loyiha ofisi tomonidan quyidagilarni umumlashtirish va tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
tasdiqlangan va yangilangan xaridlar rejasi, tarmoq rejalari, natijalarning matritsalari va boshqa loyiha hujjatlarining ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
loyihalar tashabbuskori va LAOG tomonidan taqdim etilayotgan tezkor axborotlarni;
markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni.
Oldingi tahrirga qarang.
58. LAOG tomonidan loyihalarni amalga oshirish va erishilgan natijalar bo‘yicha ma’lumotlarni har oyda loyiha ofisiga taqdim qiladi, shu jumladan loyiha tashabbuskori tomonidan tasdiqlangan loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlari to‘g‘risida hamda loyiha ofisi tomonidan so‘ralgan shakllar bo‘yicha fizik hajmlar ijrosi yuzasidan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. LAOG tomonidan har yili 1-martga qadar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va XMI/XHMT bilan kelishish va keyinchalik monitoring o‘tkazish uchun xaridlarning yangilangan rejasini taqdim etadi, unda o‘tgan yilda bajarilgan ishlar hajmi hisobga olinadi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
59. Loyihalar tashabbuskorlari hamda LAOG rahbarlari taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishonchliligiga shaxsan javobgar hisoblanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
60. Loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning monitoringini o‘tkazish maqsadida, loyiha tashabbuskori Agentlik va XMI/XHMT bilan hamkorlikda loyihaning TIAsiga majburiy kiritilayotgan monitoring natijalarining matritsasini ishlab chiqadi.
TIA ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyihalar bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari Agentlik va XMI/XHMT bilan kelishgan holda natijalar matritsasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Agentlik loyihani amalga oshirish davrida har yil yakuni bo‘yicha loyihaning maqsadli ko‘rsatkichlari matritsasi monitoringini yuritadi va natijadorligini baholab boradi.
Agentlik Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda loyihaning maqsadli ko‘rsatkichlari matritsasini monitoring qilish va baholash natijalariga ko‘ra belgilangan tadbirlarni asossiz ravishda o‘z vaqtida bajarmagan qarz oluvchi tashkilotlarning birinchi rahbarlari ish haqining 30 foizigacha miqdorda ushlab qolinishi yoki ularga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Loyihalarni amalga oshirish jamlanma tahlili asosida, shuningdek, qo‘shimcha tahliliy ma’lumotlar asosida loyiha ofisi va Agentlik:
(61-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
yo‘nalishlarni o‘rganadi, loyihalarni amalga oshirishda byurokratik to‘siqlarni aniqlaydi, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi samaradorligini tahlil qiladi;
investitsion faoliyatning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;
investitsion jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan hukumat qarorlarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi;
loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishda vazirlik, idora, tashkilot va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
loyihani o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash hamda amalga oshirish uchun boshqa tadbirlarni tashkil qiladi;
XMI/XHMT bilan birgalikda doimiy asosda amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy rivojlanishi, shu jumladan ularni amalga oshirishdagi muammolarni muhokama qiladi.
62. Monitoring natijalari loyiha ofisi tomonidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
8-bob. Xaridlar tartib-taomillari jarayonini tashkil qilish
63. O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat kafolati ostida jalb qilingan, XMI/XHMT mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar doirasida, xaridlar tartib-taomillarini tashkil qilish sohasida huquqiy munosabatlar, XMI/XHMTga ma’qul kelgan xaridlar bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan, ular yo‘qligida ― moliyaviy bitimlarning shartlari hamda xaridlar rejasi bilan tartibga solinadi.
64. Mahalliy korxonalar to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lovlarni amalga oshirish nazarda tutilgan, XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar doirasida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha xorijiy valyutani olish huquqiga ega.
65. XMI/XHMTning moliyalashtirish miqdori va manbalari mavjudligi haqida tasdiqnomalar bo‘lganida xaridlar o‘sha hajmgagina e’lon qilinishi mumkin (muzokaralarning imzolangan memorandumlari yoki bayonnomalari, xorijiy kreditorlar bilan kredit bitimlari, xorijiy qarzlar (kreditlar) ajratilayotgani yoki XMI/XHMT bilan loyiha dastlabki tartibda ishlab chiqilgani to‘g‘risida xabarnomalar va boshqalar).
Oldingi tahrirga qarang.
Agarda XMI/XHMT tartib-taomillarida moliyaviy bitimni imzolashdan oldin xaridlar tartib-taomillarini tashkil qilish nazarda tutilgan bo‘lsa, loyiha tashabbuskori mazkur Nizomda belgilangan tartib asosida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan hamda xaridlar rejasi tasdiqlangandan keyin loyiha tashabbuskori xarid tartib-taomillarini boshlashi mumkin.
(65-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
66. Xaridlar tartib-taomillariga rioya etilishini ta’minlash, xaridlar qatnashchilarining buyurtmalari (takliflarini) tartibga solish va xolis baholashda belgilangan mezonlarga muvofiq, loyiha tashabbuskori rahbari (ijro agentligi) loyiha ofisi rahbari bilan kelishilgan holda xarid tartib-taomillarini amalga oshiruvchi doimiy ishchi organi hisoblanayotgan hamda a’zolar soni toq sondan iborat (kamida 7 nafar) xarid komissiyasi tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xarid komissiyasi tarkibiga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari bilan birga:
(66-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
loyiha tashabbuskori (ijro agentligi);
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
(66-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakillari kiritiladi.
Agar xaridlar tartib-taomillari doirasida qurilish ishlarini olib borish nazarda tutilmagan bo‘lsa, xarid komissiyasi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi vakilining ishtiroki talab etilmaydi, uning o‘rniga TITK vakili qatnashadi.
(66-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) vakillari soni xarid komissiyaning umumiy tarkibida 30 foizdan oshmasligi lozim.
Xarid komissiyasi loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) rahbari tomonidan boshqariladi.
Xarid komissiyasi a’zolari, loyiha tashabbuskorlari, LAOG xodimlari va vakolatli organlar bilan bir qatorda amalga oshirilayotgan xarid tartib-taomillarining sifati va xolisligi uchun shaxsan javob beradilar.
67. Xarid komissiyasi:
XMI/XHMT roziligi olinganidan keyin (agarda moliya bitimi shartlari, qo‘llanmalar va talablarda shunday rozilik olish ko‘rsatilgan bo‘lsa) besh ish kunidan oshmagan muddatga xarid hujjatlari, shu jumladan xarid tartib-taomillarida ishtirok etish uchun taklifnoma yoki xaridlar to‘g‘risida e’lon matnlarini kelishib oladi;
XMI/XHMT xaridlar bo‘yicha qo‘llanmalarga muvofiq, xaridlar qatnashchilarining buyurtmalar (takliflar) berish va rasmiylashtirish talablarini belgilaydi;
LAOG tomonidan amalga oshirilgan dastlabki malakaviy tanlab olish (agarda xarid hujjatlari shartlarida ushbu ko‘rsatilgan bo‘lsa) natijalarini tasdiqlaydi;
XMI/XHMT xaridlar bo‘yicha qo‘llanmalar (tartib-taomillari va/yoki shartlariga) muvofiq hamda xarid hujjatlarida ularni ko‘rsatib, konvertlarni ochish, ko‘rib chiqish va baholash tartib-taomillari hamda maxfiylikka rioya qilgan holda ularni saqlash tartibini belgilaydi;
savdolar qatnashchilarining buyurtmalari (takliflari) qabul qilish va ko‘rib chiqish muddatlarini belgilaydi;
buyurtma (takliflarni)ni qabul qilish va muddatlarini uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qiladi;
xarid tartib-taomillari amalga oshirilgan yoki amalga oshirilmagan deb topish haqida yoki obyektiv sabablar asosida besh ish kunidan oshmagan muddatda yangi tender (retender) e’lon qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
xarid tartib-taomillari talablariga muvofiq XMI/XHMT amalga oshirilgan deb topilganida kontraktlarni tuzish muddatlarini belgilaydi.
68. Xarid tartib-taomillarini tashkil qilish maqsadida loyiha tashabbuskori (ijro agentligi):
XMI/XHMT bilan kelishilgan xaridlar rejasini amalga oshirish bo‘yicha kerakli qarorlar va tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilinishini ta’minlaydi;
tender takliflarini baholash, texnik vazifalar, spetsifikatsiyalar va zarur xarid hujjatlari to‘plamini tayyorlash uchun jalb etilayotgan ekspertlar va konsultantlar bilan shartnomalar tuzadi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishga tayyorgarlik ko‘rish va amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni sarflaydi;
xarid komissiyasiga buyurtmalar (takliflarni) taqdim qilish muddatlarini uzaytirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) boshqa funksiyalarni ham amalga oshirish, shuningdek qonunchilikka muvofiq hamda imzolangan shartnomalar asosida majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
69. LAOG yoki Agentlik (tegishli loyihalar bo‘yicha) xarid tartib-taomillarini tashkil qilish uchun mas’ul organ (keyingi o‘rinlarda ― ishchi organ) hisoblanadi. Agar loyihani amalga oshirish doirasida LAOG tuzish nazarda tutilmagan bo‘lsa, unda loyiha tashabbuskori tomonidan tayinlangan konsalting kompaniyasi yoki u tomonidan tashkil etilgan mas’ul guruh ishchi organ vazifasini bajaradi.
(69-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
70. Ishchi organ loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) bilan kelishib:
xarid hujjatlarini ishlab chiqadi, rasmiylashtiradi va kelishib oladi, dastlabki malakaviy tanlab olishni tashkil qiladi hamda XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq kelib tushayotgan buyurtmalar (takliflarning) ekspert bahosini amalga oshiradi;
xaridlar sanasini e’lon qilishdan yoki ishtirok etish to‘g‘risida taklifnomani yuborishdan yetti kun oldin xarid komissiyasi ko‘rib chiqishi uchun xarid hujjatlarini yuboradi;
xarid komissiyasi a’zolariga xarid tartib-taomillari bilan bog‘liq maxfiy hujjatlar yuborilishini ta’minlaydi;
xarid komissiyasi bayonnomasi (qarori) tasdiqlangani va XMI/XHMT tomonidan ma’qullanganidan keyin xarid tartib-taomillari g‘oliblari bilan muzokaralar o‘tkazadi;
ommaviy axborot vositalarida e’lonlar joylashtiradi va/yoki taklifnomalar yuborilishini amalga oshiradi;
jalb etilayotgan ekspertlar va konsultantlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
agar xarid tender hujjatlarida ko‘rsatilgan bo‘lsa, tender oldidan uchrashuvlar tashkil qiladi;
belgilangan tartibda xarid ishtirokchisining maqbul taklifini shakllantiradi hamda xarid shartlarini tushuntirish maqsadida yozishmalar olib boradi;
o‘tkazilgan xarid tartib-taomillarining natijalariga ko‘ra xarid qatnashchilaridan kelib tushayotgan e’tirozlar va shikoyatlarga javob qaytaradi;
da’vogarlarni xarid (tender) hujjatlari bilan tanishtiradi;
xarid tartib-taomillari ishtirokchilaridan arizalar va buyurtmalar (takliflar) qabul qiladi, ularning hisobga olinishi, saqlanishi va maxfiyligini ta’minlaydi;
xarid komissiyasi yig‘ilishlari bayonnomalarini rasmiylashtiradi;
xarid tartib-taomillari amalga oshgan yoki amalga oshmagan deb e’tirof etish yoki yangi tender (retenderni) e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorni xarid komissiyasiga tasdiqlash hamda XMI/XHMTga ma’qullash uchun kiritadi;
xarid qatnashchilaridan buyurtmalar (takliflarni) o‘rganish, baholash hamda solishtirish uchun taqdim etilgan buyurtmalar (takliflar) bo‘yicha so‘rovnomalar yuboradi va yozma ravishda qo‘shimcha axborot hamda tushuntirishlar oladi.
71. Xarid tartib-taomillari boshlangan sanasi etib maxsus portallarda hamda ommaviy axborot vositalarida e’lonning rasman chop etilgan yoki XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq xarid qatnashchisiga pochta orqali, telefaks yoki boshqa shaklda rasman xabar (taklifnoma) yuborilgan sana hisoblanadi.
72. Ishchi organ kelib tushgan buyurtmalar/takliflar asosida ishtirokchilarni dastlabki malakaviy tanlab olish uchun materiallarni yig‘adi va tizimlashtiradi.
73. Xarid komissiyasi va\yoki XMI/XHMT xarid jarayonida ishtirok etishni rad qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi, ushbu qaror haqida ishchi organ xarid qatnashchilarini yozma ravishda xabardor qiladi.
74. Barcha hujjatlar ularni qabul qilish sanasi va vaqti qabul qiluvchi va topshiruvchining imzolari bilan ro‘yxatga olish daftarida qayd qilinadi. Ro‘yxatga olish daftari tikilgan, raqamlangan va ishchi organ muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
75. Ro‘yxatga olish daftari quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
tartib raqami;
ro‘yxatga olinayotgan hujjat nomi va uning asosiy ma’lumotlari bilan;
taqdim etilgan hujjatlar soni (muhrlangan paketlar);
hujjatlarni topshirish-qabul qilish sanasi va vaqti;
hujjatni imzo bilan topshiruvchi vakolatli shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar, shu jumladan uning lavozimi yoki hujjatni yetkazib beruvchi kuryerlik xizmati nomlanishi va ro‘yxat raqami;
hujjatni imzo bilan qabul qiluvchi vakolatli shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar, shu jumladan uning lavozimi yoki hujjat kanselyariyada qabul qilingan ro‘yxat raqami.
Oldingi tahrirga qarang.
76. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va/yoki O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari ishtirok etishi sharti bilan XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq hamda xarid hujjatlarida belgilangan muddatlarda buyurtmalar (takliflarni) ochishda, xarid komissiyasi yig‘ilishini o‘tkazish uchun kvorum bo‘lishi talab etilmaydi.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
77. Xarid komissiyasi tomonidan barcha kelib tushgan takliflar rad etilganida, ishchi organ rad etish sabablarini tahlil qiladi va takroriy xarid takroriy tartib-taomillari oldidan xarid hujjatlariga tegishli tuzatishlar kiritadi.
78. Xaridlarda ishtirok etish to‘g‘risida taklif belgilangan tartibda e’lon qilinganida hamda malakaviy mezonlar sababsiz cheklanmagan holda, xaridlar tartib-taomillarining natijalari bo‘yicha bitta taklif kelib tushganida, ular XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq haqiqiy deb topilishi mumkin.
79. Xaridlarning natijasi va baholanishi hisobotlari XMI/XHMT uchun maqbul shaklda tuziladi va xarid komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi.
80. Baholash natijalari rasman e’lon qilinmagunga qadar, buyurtmalar (takliflarni) ko‘rib chiqish va baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlar baholash tartib-taomillariga rasman aloqasi bo‘lmagan shaxslar hamda xaridlar ishtirokchilariga ma’lum qilinmaydi.
Xarid komissiyasi a’zolari va jalb etilgan ekspertlar, loyiha tashabbuskori (ijro agentligi), LAOG ma’lumotlar oshkor etilmasligi uchun javobgar hisoblanadilar.
81. Xarid komissiyasi yig‘ilishlari va qabul qilgan qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomalar xarid komissiyasining hozir bo‘lgan a’zolari tomonidan imzolanadi hamda xarid komissiyasi raisi tomonidan yig‘ilish o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘n kundan kechiktirmasdan tasdiqlanadi.
Bayonnomani imzolashdan oldin baholash natijalari bo‘yicha hisobot XMI/XHMT tomonidan ma’qullangan bo‘lishi kerak.
Ishchi organ bayonnoma tasdiqlangan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq, bayonnoma nusxasini ma’qullash yoki ma’lumot uchun XMI/XHMTga yuboradi.
82. XMI/XHMT va xarid komissiyasi bilan kelishilganida, buyurtmalar (takliflarni) baholash natijalari kontrakt tuzilganidan keyin uch kun ichida ishchi organ tomonidan maxsus portallarda hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
83. O‘tkazilgan xaridlar tartib-taomillari natijalari bo‘yicha tuzilgan kontraktlar, shuningdek, ularga tuzatishlar va qo‘shimchalar imzolangan kundan boshlab yoki kontraktlarda ko‘rsatilgan boshqa shartlar bajarilganida, jumladan ekspertizani o‘tkazmasdan, keyinchalik monitoring qilish maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida hisobga olinadigan XMI/XHMT talablariga zid bo‘lmaganida kuchga kiradi.
(83-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
84. Tuzilgan kontraktlarni hisobga olish maqsadida loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) kontrakt tuzilgan sanadan boshlab ikki hafta muddat ichida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
(84-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
mazkur Nizomning 5-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda ariza;
tuzilgan kontraktning asl nusxasi;
tuzilgan kontraktning nusxasi (belgilangan tartibda raqamlangan va tikilgan);
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan loyiha tashabbuskori yuridik xizmatining kontrakt bo‘yicha huquqiy xulosasi;
agar bu XMI/XHMT tartib-taomillarida nazarda tutilgan bo‘lsa, XMI/XHMT tomonidan baholash natijalari bo‘yicha hisobotning ma’qullanganligi;
tomonlarning kontrakt tuzishga vakolatini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (ustav, ishonchnoma va boshqalar);
xarid komissiyasi a’zolari tomonidan imzolangan va xarid komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan baholash natijalari bo‘yicha bayonnomaning nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
amalga oshirilayotgan loyihaning xususiyatlarini inobatga olib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi so‘rovnomasiga muvofiq boshqa har qanday hujjat yoki ma’lumotlar.
(84-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tuzilgan kontrakt bir necha tilda rasmiylashtirilganida, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga barcha tillarda rasmiylashtirilgan kontraktlarning asl nusxalari va boshqa nusxalari taqdim etiladi.
(84-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
85. Kontraktlarga qo‘shimcha bitimlar qo‘shimcha xarid tartib-taomillarini amalga oshirmasdan, Agentlik bilan kelishilgan holda hamda XMI/XHMT roziligi bilan quyidagi hollarda tuziladi:
(85-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
kontrakt shartlarida nazarda tutilgan o‘zgartirishlar kiritish;
ishlar hajmi va/yoki kontrakt qiymati tuzilgan kontrakt umumiy hajmi va/yoki umumiy qiymatining 15 foizidan oshmagan miqdorda o‘zgarganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Shuningdek, qo‘shimcha bitim ham kelgusida ekspertizadan o‘tkazmasdan monitoring o‘tkazish maqsadlarida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida hisobga olinadi.
(85-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
86. Tuzilgan qo‘shimcha bitimni hisobga olish uchun loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) qo‘shimcha bitim imzolangan sanadan boshlab ikki hafta muddat ichida, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(86-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
mazkur Nizomning 6-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda ariza;
tuzilgan qo‘shimcha bitimning asl nusxasi;
tuzilgan qo‘shimcha bitimning nusxasi (belgilangan tartibda raqamlangan va tikilgan);
qo‘shimcha bitim bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan loyiha tashabbuskori yuridik xizmatining huquqiy xulosasi;
agar bu XMI/XHMT tartib-taomillarida nazarda tutilgan bo‘lsa, XMI/XHMT tomonidan qo‘shimcha bitim tuzilishining ma’qullanganligi;
tomonlarning qo‘shimcha bitim tuzishga vakolatini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (ustav, ishonchnoma va boshqalar);
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik bilan qo‘shimcha bitim imzolashni kelishilganligi;
amalga oshirilayotgan loyihaning xususiyatlarini inobatga olib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi so‘rovnomasiga muvofiq boshqa har qanday hujjat yoki ma’lumotlarni.
Tuzilgan qo‘shimcha bitim bir necha tilda rasmiylashtirilganida, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga barcha tillarda rasmiylashtirilgan qo‘shimcha bitimning asl va boshqa nusxalari taqdim etiladi.
(86-bandning sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
87. Mazkur Nizom bilan nazarda tutilgan xarid tartib-taomillari XMI/XHMT grant mablag‘lari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasidagi xaridlarga nisbatan joriy etiladi.
Mazkur Nizom bilan nazarda tutilgan xaridlar tartib-taomillari XMI/XHMT mablag‘larini qayta moliyalashtirayotgan tijorat banklari va boshqa moliyaviy tashkilotlar tomonidan benefitsiar tanlaydigan loyihalar doirasidagi xaridlarga qo‘llanilmaydi.
9-bob. Loyihalarni amalga oshirish umumiy masalalari
Oldingi tahrirga qarang.
88. XMI/XHMT missiyalari va vakillarini kutib olish ishchi jadvallari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi va ularning natijalariga ko‘ra Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vazirlik, idora va tashkilotlarga ular bilan rejalashtirilgan uchrashuvlar to‘g‘risida xabar beradi. Mazkur xabarnomalar vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
(88-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Agar XMI/XHMT missiyalari va vakillari tashriflarini tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi uchun xarajatlar keltirib chiqarsa, uchrashuv va qabullar jadvali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
89. Loyihalarni amalga oshirish muddatlarini uzaytirish (qarz yoki kreditlarni so‘ndirish), xarajatlarni toifalar va loyiha komponentlari o‘rtasida qayta taqsimlash, loyiha bo‘yicha tejalgan mablag‘lardan foydalanish, foydalanilmagan qarz (kredit) mablag‘larini bekor qilish, loyiha hujjatlari va moliyaviy bitimlarga o‘zgartirish kiritish masalalari quyidagi tartibda hal etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga ilova xati bilan birga, qiymati va xarajatlarini ko‘rsatib, batafsil ma’lumot kiritadi, shuningdek, Moliya vazirligiga ― loyihani amalga oshirish muddati uzaytirilganida, jalb qilinadigan XMI/XHMT qarz (kredit) mablag‘lariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘ summasiga keyinchalik ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganida;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi taklifni ko‘rib chiqadi va,agar loyiha tashabbuskoridan so‘rovnoma kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida yozma shakldagi xulosa ko‘rinishida taqdim etilgan Moliya vazirligi yoki loyiha tashabbuskorining pozitsiyasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi fikriga mos kelsa, O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan XMI/XHMTiga tegishli so‘rovnoma yuboriladi. Agar XMI/XHMTga qoidalari va tartib-taomillarida imzo qo‘yuvchi tomonidan tegishli so‘rovnomani yuborish nazarda tutilgan bo‘lsa, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligidan ijobiy xulosa kelib tushgan sanadan boshlab ikki kun muddat ichida imzo qo‘yuvchiga xabarnoma yuboradi. Imzo qo‘yuvchi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidan xabarnoma olgan kunidan boshlab ikki kun mobaynida XMI/XHMTga tegishli so‘rovnomani yuboradi. Zaruriyat tug‘ilganda, imzo qo‘yuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar loyihalarini olgan sanadan besh ish kuni ichida kelib tushgan ushbu moliyaviy bitim va loyiha bo‘yicha boshqa bitimlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni rasmiylashtiradi;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligining fikrlari bir-biriga to‘g‘ri kelmaganida, loyiha tashabbuskori mazkur masalani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) takliflari ma’qul bo‘lganida, ularni ko‘rib chiqadi va so‘rovnoma kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida roziligi to‘g‘risida tegishli rezolyutsiyani taqdim qiladi va zaruriyat tug‘ilganida imzo qo‘yuvchi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga (XMI/XHMT talablaridan kelib chiqib) XMI/XHMTga tegishli so‘rovnoma yuborish to‘g‘risida topshiriq beradi.
(89-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
90. Loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) yer uchastkalari olib qo‘yilganda kompensatsiya to‘lashda, uy-joylar, boshqa inshootlar va ekinlarni buzishda, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda moliyaviy bitimlarda havolalar mavjud boshqa masalalar bo‘yicha moliyaviy bitim hamda XMI/XHMT qoida va tartib-taomillari bajarilishini ta’minlaydi.
10-bob. Loyihani yakunlash
Oldingi tahrirga qarang.
91. Loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) loyiha yakunlangan sanadan boshlab uch oy muddat ichida loyiha yakunlangani to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi. Agarda XMI/XHMT bilan tuzilgan moliyaviy bitimning shartlari bo‘yicha mazkur hisobotni ishlab chiqish va taqdim qilish talab etilganida, loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) XMI/XHMTga ma’qul bo‘lgan shakl va muddatlarda hisobot tayyorlaydi. Loyiha tashabbuskori loyiha yakunlangani to‘g‘risidagi hisobotini XMI/XHMTga va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuboradi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
92. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyiha bo‘yicha bajarilgan chora-tadbirlarni o‘rganish uchun, shu jumladan boshqa vazirlik, idora va loyiha institutlaridan jalb etilgan mutaxassislarni yuboradi va o‘rganish natijalari bo‘yicha loyiha tashabbuskori (ijro agentligiga) loyiha yakunlangani to‘g‘risidagi hisobotga xulosa beradi hamda natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etadi.
(92-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
93. Agentlik loyiha foydalanishga topshirilgandan so‘ng, zarurat bo‘lganda, malakali mutaxassislarni jalb etgan holda 5 yil davomida yilda kamida bir marotaba loyiha hududiga chiqib, tasdiqlangan texnik-iqtisodiy parametrlar bajarilishi yuzasidan monitoring va baholash ishlarini amalga oshiradi.
(93-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
94. XMI/XHMT tomonidan amalga oshirilgan loyiha natijalarini mustaqil baholashda, Agentlik va loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) xodimlari mustaqil baholashda missiyani kuzatishni ta’minlaydi hamda uning ish faoliyatida bevosita ishtirok etadi.
(94-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
95. Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakolatli organlar va tashkilotlarning kira olishini ta’minlovchi, xaridlar tartib-taomillari natijalari, shuningdek, loyiha, loyiha oldi va xarid hujjatlarini majburiy e’lon qilishni nazarda tutuvchi XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni monitoring qilish elektron tizimining ishlashini ta’minlaydi.
96. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
LexUZ sharhi
Ilova norasmiy tarjima.
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
XMI/XHMT ishtirokida istiqbolli va amalga oshirish uchun taklif etilayotgan loyihalar
RO‘YXATI