1. Moliya / Xorijdan mablag‘ jalb qilish]


III. Loyihaning tahlil qilish va baholash



Yüklə 241,65 Kb.
səhifə7/10
tarix18.05.2023
ölçüsü241,65 Kb.
#116118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
PQ-3857 16.07.2018

III. Loyihaning tahlil qilish va baholash
3.1. Texnik baholash
3.2. Loyihaning moliyaviy va iqtisodiy samaradorligi tahlili
3.3. Tashabbuskorning moliyaviy tahlili (agarda qarz (kreditni) qaytarish loyiha tashabbuskori hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshirilishi nazarda tutilganida kiritiladi).
3.4. XMI/XHMTning jalb etilgan qarzi (kreditiga) xizmat ko‘rsatish
3.5. Loyiha bo‘yicha xavf-xatarlar tahlili
IV. Ijtimoiy va ekologik jihatlar
V. Xulosalar
I-bo‘limda loyihani amalga oshirish zarurati, sektor tavsifi va sektordagi holat, loyihaning asosiy maqsad va vazifalari, mamlakatda amalga oshirilayotgan dasturlarga loyihaning muvofiqligi, loyihani tayyorlash uchun asos, loyiha ishtirokchilari va h.k.ning qisqacha tavsifi ko‘rsatiladi.
II-bo‘limda qisqacha tavsifi ko‘rsatiladi, loyihaning mazmuni, loyiha qiymatini komponentlari bo‘yicha, moliyalashtirish manbalari bo‘yicha, yillar bo‘yicha, shuningdek, loyihaning xarajatlar toifalari bo‘yicha taqsimlanishi taqdim etiladi.
III-bo‘limda loyihaning moliyaviy va iqtisodiy tahlili natijalari kiritiladi (FNPV, FIRR, ENPV va EIRR hisobi), umumiy investitsion xarajatlarning hisobi, loyiha bosqichlari va moliyalashtirish manbalari bo‘yicha moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarni taqsimlash, ishlab chiqarish xarajatlari hisobi (ekspluatatsiya xarajatlari), loyihaning boshqa xarajatlari hisobi, shu jumladan xodimlarni o‘qitish, mahsulotning tannarxi, tariflar, mahsulot (xizmatning) chakana narxi va savdodan tushgan daromadlarni hisoblash, taqsimlanmagan foyda hamda sof foydani hisoblash, pul mablag‘lari oqimining jamlanma hisobi, moliyaviy baholashning oddiy usullari orqali loyihani tahlil qilish, shu jumladan o‘zini qoplash muddatini hisoblash, daromadning oddiy normasi, qarzdorlikni so‘ndirish koeffitsiyenti, asosiy parametrlar bo‘yicha sezuvchanlik tahlili (sotish hajmi va narxi, to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar), soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan, oxirgi ikki yil davomida kredit va budjet mablag‘lari oluvchilar, loyiha ishtirokchilarining buxgalterlik hisobotlari shakllari, kredit yoki budjet mablag‘lari oluvchilar hisoblanadigan loyiha ishtirokchilarining joriy moliyaviy ahvoli, shu jumladan:
korxonaning likvidligini baholash;
korxonaning avtonomligini baholash;
shaxsiy kapitalning daromadliligini baholash;
majburiyatlarni hisobga olgan holda kiritilgan mablag‘larning daromadliligini baholash;
o‘zgarishlarning taxminiy xarakteri va doirasi, xavf-xatarning asosiy faktorlarini belgilovchi moliyaviy xavf-xatarlarni baholash, xavf-xatarlarni kamaytirishga mo‘ljallangan chora-tadbirlar.
IV-bo‘lim loyihaning ijtimoiy va ekologik jihatlarini hamda benefitsiarlar bo‘yicha loyihani amalga oshirishdan foydani ko‘rsatib beradi.
Xulosalar loyihaning asosiy afzalliklari va kamchiliklarini, loyiha bo‘yicha asosiy xavf-xatarlar va boshqa xulosalarni ko‘rsatib beradi.
TIA mazmuni va tarkibining biron bir talablari uning xarakteriga ko‘ra loyihalarga to‘g‘ri kelmaganida, TIAga ushbu talablar yoki hisoblar asosli ravishda kiritilmaydi.
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari


Yüklə 241,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin