138) Biror ne′matni ketma-ket iste′mol qilinganda maksimal naflilikka erishish sharti qanday? Birinchi shartga ko‘ra, bu ne’matlar uchun MRS, ularning narxlari nisbatiga teng bo‘lsa, ya’ni muvozanatlik sharti (S) bajarilsa.
Ikkinchi shart - iste’molchining daromadi to‘liq sarflansa (P1X1+P2X2=R tenglik bajarilsa). Agar MRS har doim narxlar nisbatidan yuqori yoki pastda bo‘lsa, u holda iste’molchi o‘z nafligini faqat bitta tovar sotib olish bilan maksimallashtiradi.
139) Chekli naflilikning kamayish qonuni asosida nima yotadi? Q miqdordagi ne’matni iste’mol qilishning umumiy nafliligi (TU) ortib boradi ammo chekli nafliligi kamayib boradi.
140) Befarqlik egri chizig`i va ne′matlarni bir-birini o`rnini bosishi zonasi nimani ifodalaydi? Befarqlik egri chizig‘i - bu iste’molchi uchun bir xil naf beruvchi ne’matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi. Befarqlik egri chiziqlari majmuasi befarqlik egri chiziqlari kartasini hosil qiladi. Ne’matlarning bir-birini o‘rnini bosishi zonasi deb - bir ne’matni ikkinchi ne’mat bilan samarali almashtirish mumkin bo‘lgan oraliqga aytiladi.
141) Byudjet chizig`i va byudjet tenglamasi nimani ifodalaydi? byudjetni to‘liq sarflash sharti bilan iste`molchi sotib oladigan tovarlar kombinasiyalarini ifodalovchi chiziq
142) Iste′molchining muvozanatlik shartini izohlab bering. Muvozanatlik shartiga ko‘ra, iste’molchi daromadini shunday taqsimlaydiki, natijada tovarlarning har biriga sarflangan oxirgi pul birligi (oxirgi so‘m, oxirgi
dollar, oxirgi rubl) bir xil chekli naf keltirsin. Agar shunday bo‘lmasa, iste’molchi kamroq chekli naf beradigan oxirgi so‘mini, ko‘proq chekli naf beradigan ne’matga
qayta taqsimlashi mumkin bo‘ladi. Muvozanatlik shartiga ko‘ra, ne’matlar narxi, ularning chekli nafligiga to‘g‘ri proporsional
143) “Daromad-iste′mol” chizig`i nimani ifodalaydi? Daromadlarning o‘zgarishiga mos ravishda iste’molchining yangi holatdagi muvozanat nuqtalari o‘rnatiladi: E1 E2 E3…… En , Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim Dj. Xiks “daromad-iste’mol” chizig‘i deb atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda “turmush darajasi chizig‘i” deb ham ataladi.