184) Mehnat bozoriga kasaba uyushmasi qanday ta′sir ko`rsatadi va uning oqibatlarini izohlang. Amalda kasaba uyushmalarini monopolist deb qarash mumkin. Ular ishchilarga o‘z ta’sirini o‘tkazib, mehnat taklifini qisqartirib, ish haqini oshiri shga harakat qiladilar. Mehnat bozorida kasaba uyushmasi monopol hokimiyatga ega bo‘lganligi uchun, u band bo‘lgan ishchilar sonini Le dan Lmga qisqartirib, ish haqini We dan Wm ga oshirishi mumkin.
185) Lorens egri chizig`i yordamida daromadlar taqsimlanishi qanday tahlil qilinadi? Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig’i o’rtasidagi farq daromadlartengsizligi darajasini aks ettiradi.Bu farq qanchalik katta bo’lsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo’ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng bo’lsa, bunda Lorens egri chizig’i va bissektrisa o’qi bir-biriga mos kelib farq yo’qoladi.
186) Kapital bozori va uning asosiy ko`rsatkichlari nimalardan iborat? Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo‘lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi. Uning asosiy ko’rsatkichlari: mahsulot sifati va foydalanishga qulayligi
187) Asosiy va aylanma kapital bir-biridan qanday farq qiladi? Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u qayta takror ishlab chiqaradi, ya’ni u ishlatilishi davomida o‘z qiymatini ma`lum qismini mahsulot qiymatiga o‘tkazadi. Kapitaldan foydalanish davomida u ham ma`naviy, ham jismoniy eskiradi. Aylanma kapital bir yil davomida o‘zining butun qiymatini mahsulot qiymatiga o‘tkazib qayta tiklanadi. Kapitalning qiymati undan foydalanib, kelajakda qancha daromad olishga
bog‘liqdir. Kelajakda ko‘proq daromad olish ishtiyoqi ko‘pchilikni bugungi iste’molining bir qismidan voz kechib, uni jamg‘arishga undaydi.
188) Loyiha, investitsiya va investitsiyalash jarayonlarini xarakterlab bering. Loyiha deganda, ma`lum maqsadga erishish uchun qilinadigan resuslar investitsiyasi tushuniladi. Investitsiya - daromad olish uchun qo‘yiladigan kapital mablag‘. Investitsiyalash - bu kapitalni yaratish yoki kapital zahirasini to‘ldirish jarayonidir. Investitsiyalash deganda, yalpi va sof investitsiyalash tushuniladi.