177) Firmaning uzoq muddatli o`rtacha xarajatining tarkibi qanday aniqlanadi?
Odatda, ishlab chiqarishning boshida masshtab samarasining oshishi, undan keyin o‘zgarmas va keyinchalik kamayishi ko‘pgina firmalarga xosdir. Shuning uchun ham uzoq muddatli oraliqda umumiy o‘rtacha xarajatlar chizig‘i botiq ko‘rinishga ega bo‘ladi
178) Tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holati qanday aniqlanadi?
Shuning uchun ham, tarmoqda uzoq muddatli muvozanat holatiga erishiladi, qachonki mahsulot narxi P0tarmoqning tipik vakili bo‘lgan firmaning uzoq muddatli o‘rtcha xarajati minimumiga teng bo‘lsa P0= minLAC(Q)
179) Uzoq muddatli oraliqda tarmoqning kengayish mexanizmini tushuntirib bering.
Tarmoqqa firmalarning kirishi va undan chiqishini tarmoqda uzoq muddatli muvozanatni ta`minlovchi mexanizm deb qarash mumkin.Tarmoqqa firmalar kirib keladi, agar ular ushbu tarmoqda iqtisodiy foyda olishini sezsa.Tarmoqdan firmalar chiqib ketadi, agar ular uzoq muddatli oraliqda o‘rtacha xarajtlarini qoplay olmasa. Tarmoqdan chiqish va unga kirish oxirgi (chekli) firma nolga teng iqtisodiy foydaga erishguncha qadar davom etadi.
180) Firmaning uzoq muddatli oraliqdagi taklif chizig`i nimalar bilan belgilanadi?
Uzoq muddatli oraliqdagi umumiy taklifning shakli tarmoqda ishlab chiqarish hajmi o‘sishining yoki kamayishining foydalaniladigan ishlab chiqarish omillari narxiga ta’siri darajasiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham uch turdagi tarmoq xo‘jaligi qaraladi: xarajatlari o‘zgarmas, o‘suvchi va kamayuvchi tarmoqlar.
181) Raqobatlashgan mehnat bozor muvozanati qanday o`rnatiladi?
182) Firma foydasini maksimallashtirish uchun ishchi kuchini yollashni qanday shart bajarilgunga qadar davom ettiradi?
Mehnat bozorida firma foydasini maksimallashtiradigan shart, ya’ni mehnatni chekli daromadliligining ish haqi stavkasiga tengligi iste’mol bozoridagi
MC=MR shartga o‘xshashdir.
183) Mehnat qilish va dam olish o`rtasidagi bog`liqlikni izohlab byering.
Agar u ishlamasa, uning maksimal dam olishi bir sutkaga, ya’ni, 24 soatga teng bo‘ladi va uning daromadi nolga teng. Ma`lumki, ishchi har doim sutkasiga 24 soat ishlayvermaydi. Tabiiyki, ishchining ish vaqti chegaralangan bo‘ladi, u ma`lum vaqt dam olib, o‘zining ishlash
qobiliyatini tiklashi kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |