161) Ishlab chiqarish xarajatlari grafikda qanday tasvirlanadi?
Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot i.ch. maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda I.ch.x. tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonil-gʻi va energiya harajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va b. harajatlar kiradi. I.ch.x. ga qilingan barcha harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxinn tashkil qiladi.