179) Uzoq muddatli oraliqda tarmoqning kengayish mexanizmini tushuntirib bering.
Tarmoqqa firmalarning kirishi va undan chiqishini tarmoqda uzoq muddatli muvozanatni ta`minlovchi mexanizm deb qarash mumkin.Tarmoqqa firmalar kirib keladi, agar ular ushbu tarmoqda iqtisodiy foyda olishini sezsa.Tarmoqdan firmalar chiqib ketadi, agar ular uzoq muddatli oraliqda o‘rtacha xarajtlarini qoplay olmasa. Tarmoqdan chiqish va unga kirish oxirgi (chekli) firma nolga teng iqtisodiy foydaga erishguncha qadar davom etadi.
180) Firmaning uzoq muddatli oraliqdagi taklif chizig`i nimalar bilan belgilanadi?
Uzoq muddatli oraliqdagi umumiy taklifning shakli tarmoqda ishlab chiqarish hajmi o‘sishining yoki kamayishining foydalaniladigan ishlab chiqarish omillari narxiga ta’siri darajasiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham uch turdagi tarmoq xo‘jaligi qaraladi: xarajatlari o‘zgarmas, o‘suvchi va kamayuvchi tarmoqlar.
Dostları ilə paylaş: |