186) Kapital bozori va uning asosiy ko`rsatkichlari nimalardan iborat?
Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo‘lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi. Uning asosiy ko’rsatkichlari: mahsulot sifati va foydalanishga qulayligi
187) Asosiy va aylanma kapital bir-biridan qanday farq qiladi?
Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u qayta takror ishlab chiqaradi, ya’ni u ishlatilishi davomida o‘z qiymatini ma`lum qismini mahsulot qiymatiga o‘tkazadi. Kapitaldan foydalanish davomida u ham ma`naviy, ham jismoniy eskiradi. Aylanma kapital bir yil davomida o‘zining butun qiymatini mahsulot qiymatiga o‘tkazib qayta tiklanadi. Kapitalning qiymati undan foydalanib, kelajakda qancha daromad olishga
bog‘liqdir. Kelajakda ko‘proq daromad olish ishtiyoqi ko‘pchilikni bugungi iste’molining bir qismidan voz kechib, uni jamg‘arishga undaydi.
Dostları ilə paylaş: |