Metan neftga hamroh gazlarining asosiy qismini tashkil etadi. Konvertorlarda nikel, magniy oksid yoki kobalt katalizatorlari ishtrokida 1000-11000 S haroratda metan gazi suvg’i yordamida oksidlanadi.
CH4+H2O = CO+3H2; CH4+2H2O = CO2+4H2;
Hosil bo‘lgan gaz bosim ostida bilan etanolamin eritmasi bilan yuvish jarayonida CO gazidan tozalanadi. 5000C haroratda CO gazi temirxrom katalizator yordamidag’ yordamida CO2 gaziga aylantiriladi.
CO+H2O = CO2+H2 Suvni elektroliz qilish bilan vodorod ishlab-chiqarish.
Elektrolitning suvli eritmasiga joylashtirilgan 2ta elektrod (katod va anod) elektroliz apparatini hosil qiladi (elektrolitik yacheykalar). Elektrodlarga doimiy kuchlanish berilsa, elektrokimyoviy reaksiyalar ya’ni oksidlanish-qaytarilish jarayonlari kechadi. Suvning sanoat korxonalarida vodorod va kislarodga elektrolitik parchalanishida ishqoriy elektrolit eritmalaridan foydalaniladi. (KON-gidroksid kam holatda, NaON – natriy gidroksid).
Ishqoriy elektrolitik eritmalaridan elektr toki o‘tkazilganda qo‘yidagi reaksiya kechadi.
Katodda suvning qaytarilish jaraenida molekulyar (N2) va gidroksid ionii hosil bo‘ladi.
2H2O + 4e = 2H2 + 4OH-