Gidrogenlash jarayonining texnologik rejimlari. Gidrogenlash rejimi gidrogenlanadigan xomashyoni sifati va yog’‘ kislota tarkibiga, salomas, gidrogenlash qurilmasi va katalizatorni turiga bog‘liq bo‘ladi.
Margarin mahsulotlari uchun mo‘ljallangan salomas odatda uzluksiz usul bilan avtoklav batareyalarida 0,05-0,2 MPa bosim ostida kukunsimon nikel-mis katalizatori ishtirokida olinadi.
Past titrli va yuqori titrli texnik salomaslar ham shu sharoitda olinadi.
10 -jadval
Texnologik rejimlar
Ko‘rsatkichlar
|
Salomas
|
oziqaviy
|
texnik
|
1-marka
|
2-marka
|
1-marka
|
2-marka
|
Qurilma unumdorligi, t/soat
|
6-8
|
6-8
|
4-6
|
3-5
|
Harorat, 0C (maksimal)
|
|
|
|
|
1-nchi avtoklav
|
200
|
200
|
200
|
200
|
2-nchi avtoklav
|
210
|
220
|
220
|
230
|
3-nchi avtoklav
|
220
|
230
|
230
|
240
|
Qurilmaga berilayotgan vodo-rod miqdori, m3/soat
|
700-1000
|
700-1000
|
Gidrogenlanayotgan yog’‘dagi nikelning massa ulushi, %
|
0,1-0,2
|
0,2-0,4
|
0,2-0,4
|
Ishlatilayotgan va yangi katali-zatorning nisbati
|
4:1
|
5:1
|
4:1
|
3:1
|
Gidrogenizatning o‘rtacha erish harorati, 0C
|
|
|
|
|
1-nchi avtoklav
|
23
|
27
|
30
|
34
|
2-nchi avtoklav
|
27
|
30
|
37
|
42
|
3-nchi avtoklav
|
32
|
34
|
42
|
48
|
Qandolatchilikda ishlatiladigan salomas davriy usulda avtoklavlarda gidrogenlash bilan quyidagi texnologik rejimda ishlab chiqariladi.
Avtoklavga beriladigan paxta yog’‘ining miqdori, t
|
6
|
Yog’‘dagi nikelni massa ulushi, %
|
0,25-0,35
|
Ishlatilgan va yangi katalizatorni o‘rtacha nisbati
|
8:2
|
Jarayonni boshlang‘ich harorati, 0C
|
190-210
|
Maksimal harorati, 0C
|
220
|
Avtoklavga berilayotgan vodorod miqdori, m3/soat
|
120-240
|
Gidrogenlashni o‘rtacha davomiyligi, soat
|
2,5
|
Gidrogenlashni barqaror sharoitida xomashyoning to‘yinmaganlik darajasi, bir maromda, salomasni ko‘rsatkichlarini o‘zgarishiga mos holda, kamayib boradi. Bu, jarayonni vodorod sarfi va salomasni ko‘rsatkichlaridan biri erish harorati yoki nur sindirish ko‘rsatkichi bo‘yicha nazorat qilish hamda borishini rostlab turishga imkon beradi.
Katalizatorning regeneratsiyasi. Ishlatilgan katalizatorning regeneratsiya jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat.
1) yog’‘sizlantirish;
2) qaynatish
3) eritmani tozalash
4) cho‘ktirish
Ishlatilgan katalizatorda yog’‘ miqdori 60-90 % oralig‘ida bo‘ladi.
Yog’‘sizlantirish. 6 m3 sig‘imli avtoklavlarda soda (Na2CO3) ning 5% li eritmasi bilan olib boriladi. 105-1070C gacha isitiladi va aralashtirilgan holda (50-60 ayl/min) 3-4 soat davomida ushlab turiladi.
Keyin avtoklavga 1,6m3 issiq NaCl eritmasi quyiladi, 30 min. davomida aralashtirib, 6-8 soat tindiriladi. Yog’‘li qatlam bakka quyiladi, o‘rta-tuzli qatlam soapstok yig‘uvchi bakga quyiladi. Quyi qatlam – katalizatorni esa 3-4 marta issiq suvda yuviladi, bunda yuvilgan suvdagi ishqor 2-3 g/l bo‘lishi kerak. 1 t ishlatilgan katalizatorga 2m3 Na2CO3 eritmasi qo‘shiladi.
Qaynatish. Bu jarayon chanlarda amalga oshiriladi, bunda katalizator H2SO4 bilan 6-8 soat davomida qaynatiladi. Nikel-mis katalizatorini temir gidrat oksidi ishtirokida qaynatiladi. Qaynatish vaqtida NiSO4 va CuSO4 tuzlari hosil bo‘ladi. Bu tuzlar eritmasida temir tuzlari bor. Shuning uchun ularni tozalash kerak.
Tozalash. Bu jarayon gipoxlorid natriy-javel suvi bilan amalga oshiriladi. Bunda quyidagi reaksiyalar sodir bo‘ladi.
CaOCl + Na2CO3 === NaOCl + NaCl + CaCO3
2 FeSO4 + 2NaOCl + 2 Na2CO3 + 3H2O 2Fe(OH)3 + 2Na2SO4 + 2CO2 +2NaCl
Tozalangan eritma filtrpresslarda filtrlanib va cho‘ktiruvchi changa yuboriladi. U yerda soda (Na2CO3) bilan cho‘ktiriladi.
Gidrogenlangan yog’‘larni sifat ko‘rsatkichlari. Sanoatda ishlab chiqa-rilayotgan gidrogenlangan yog’‘lar oziqaviy va texnik salomaslarga bo‘linadi. Oziqaviy salomas olish uchun yuqori sifatli o‘simlik moylari va eritilgan mol yog’‘laridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |